Mavzu: tillarning o'zaro munosabatlari va rivojlanishi reja
Download 91.5 Kb.
|
TILLARNING O\'ZARO MUNOSABATLARI VA RIVOJLANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. O’rol tillari oilasi
II. Semit-xami tillari (ba’zan Afroosiyo tillari deyiladi) oilasi quyidagi til guruhlarini o’z ichiga oladi:
1. Semit tillari guruhi (187 mln) arab (140 mln), amxar (Efiopiyaning rasmiy tili,) (17 mln), Tigrinya (17 mln), tigre (700 ming) tillarini o’z ichiga oladi. Kushit tillari guruhi bedayye (yoki bedja, Sudanda tarqalgan 1,2 mln), Somali (6,5 mln), afar yoki danakil (800 ming), oromo (yoki galla 16,7 mln) iraki (Efiopiyada,350 ming) tillarini o’z ichiga oladi. Berber tillari guruhiga (tahminan 9 mln). tuareg (yoki tamashek tili, 1 mln.dan ortiqroq, Niger daryosi bo’yida, Mali, Nigeriyada tarqalgan), kabil (yoki zuav tili, Jazoir shimolida 1,5 mln aholi so’zlashadi), mazigt (yoki tamazit, braber tili, Marokashdagi Atlas tog’lari etagida), shelx (Marokash janubida, 2,5 mln), zenag (yoki taddungiyax, Mavritaniyada 10 ming) kiradi. Bu guruhga ba’zi o’lik tillar, jumladan, qadimiy berber, numidiy tillari kiradi. Chad tillari guruhiga (tahminan 28 mln) xausa (24 mln, Sharqiy Kamerun, Sharqiy Nigeriya, Nigar va Chad, Gana va Beninda tarqalgan), ngizim, karekere (300 ming Nigeriyada), kotoko (150 ming Chad va Kamerunda), bura (1,5 mln Nigeriya va Kamerunda), mandara 300 ming 300 ming-Kamerunda, 10 ming Nigeriya va Chadda , angas va sura tillari (250 ming Nigeriyada), musgu (200 ming Kamerunda), mubi va sokoro (130 ming Chadda) tillari kiradi. Bu guruh tillari ayniqsa Kamerunda (Afrika) tarqalgani qiziqdir. III. O’rol tillari oilasi uch guruhga bo’linadi : 1. Samodiy guruhi selkup (4 ming Rossiyadagi Tomsk oblasti va Krasnoyarsk o’lkasi, Yamal-Nenets milliy okrugida tarqalgan, 1930 yilda kirillitsa yozuvini qabul qilgan), nenets tili (30 ming Tundrada), enets (200 ming,Yenisey bo’yida tarqalgan), nganasan (800 ming, Taymir shimolida) tillaridan iborat. 2. Fin –ugor tillari guruhiga venger tili kiradi (15 mln, Vengriyadan tashqari Ruminiya, Xorvatiya, Sloveniya, Slovakiyada tarqalgan). Ugor nomi onogur, ongur (grekcha) so’zlaridan kelib chiqib, keyincha Magyar, madyar deb atalgan. Bu guruhda yana Suomi tili (yoki fin tili-5,3 mln – Finlandiyada, 300 mingga yaqin AQSH da, Kanada (53 ming), Norvegiya (22 ming), Shvetsiya (310 ming) Rossiya (47 ming) da tarqalgan), eston (1.1 mln dan ortiq), vep (100 ming), liv (100 ming Riga ko’rfazi bo’ylarida), karel (80 ming, Kareliyada), ijor (1 ming Fin ko’rfazi bo’yida) tillari kiradi. Bu guruhdan mordov (moksha) (1 mln 300 ming), erzya tillari ham o’rin olgan. Bu guruhga perm tillari deb ataluvchi udmurt (votyats, taxminan 700 ming), komi-ziryan (350 ming, Komida), komi-permyats (150 mingdan ortiq Perm oblastida), komi-yazvin (5 ming, Perm oblastining sharqiy – shimoliy tomonida), yukagir (250 ming, Magadan va Yoqutiya chegarasida) tillari ham kiradi. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling