Mavzu: tillarning o'zaro munosabatlari va rivojlanishi reja


Download 91.5 Kb.
bet4/5
Sana23.03.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1289615
1   2   3   4   5
Bog'liq
TILLARNING O\'ZARO MUNOSABATLARI VA RIVOJLANISHI

IV. Turkiy tillar oilasi ba’zan oltoy tillari oilasining bir guruhi deb ataladi va unga mo’g’ul hamda tungus-manchjur tillari guruhlari ham kiritiladi. Bu til oilasi hind-ovrupo tillari oilasidan keyingi eng katta 100 mln.ga yaqin tillar oilasi hisoblanadi. Ba’zan bu guruhlarning har biri alohida til oilasi deb hisoblanadi. Turkiy tillar oilasi asosiy, sharqiy va g’arbiy til guruhlariga bo’linadi. Ularning kelib chiqishi eng qadimiy asrlarga borib yetadi. Ba’zi turkiy tillar hozir yoq: bulg’or, hazari, xorazmiy tillari ana shunday tillardir. Hazar tilining mahsuli deb hisoblanuvchi chuvash tili (1,7 mln) o’zining turkiy tillarga hos xususiyatlarini yoqotgani sababli ba’zan bu oilaga kiritilishi ham taxmin qilinadi. Shimoliy-sharqiy turkiy tillarga hozirgi tuva (180 ming), tofalar (1 ming, Rossiyaning Irkutsk oblasti janubiy-g’arbiy tomoni), xaladj (20 ming, Eron, Tehronning janubiy-sharqiy xududi), xakas (70 ming, Rossiyaning Kransnoyarsk o’lkasida) sharqiy shor (yoki mras tili-6 ming), sariq-uyg’ur (4 ming, g’arbiy Xitoyda) tillari kiradi. Etnik jihatdan qarindosh bo’lgan turklarni o’g’iz, qarliq va qipchoq guruhlariga ajratiladi. O’g’iz va qarliq guruhida turk (45 mln.dan ortiq, Turkiyada, 1,5 mln Germaniyada, 115 ming Kiprda, 940 ming Bolqon mamlakatlarida, 243 ming arab mamlakatlarida va x.k.), ozori (6 mln Kafkazda, Azarbayjonda, 7 mlndan ortiqroq sharqiy-g’arbiy Eronda va Iroqda, ja’mi 15 mln) kiradi. Bu guruhga janubiy o’g’iz-kashkay tili 5 mln, g’arbiy Erondagi ko’chmanchi qabilalar tili, turkman (taxminan 2,1 mln O’rta Osiyoda, 1 mlndan ko’proq Eronda va Afg’onistonda, mingdan ortiqroq Turkiya va Iroqda, ja’mi 4 mln), salar tili (taxminan 30 ming g’arbiy Xitoyda) kiradi.
Qipchoq tillari guruhi karaim (6 ming), qumiq (3,26 ming), qorachay-bolqor (129 ming), tatar (5,7 mln), boshqirt (1,5 mln) turkiy tillaridan qozoq (6 mln), qirg’iz (3 mln), qoraqalpoq (311 ming), no’g’oy (55 ming), tillarini o’z ichiga oladi.
Janubiy-sharqiy turkiy tillari guruhiga O’zbek (16 mln O’zbekistonda, tahminan 2 mln Afg’onistonda va 7 ming Xitoyda va x.k.), uyg’ur (tahminan 6 mln Xitoyda, 40 ming salar va sariq uyg’ur tillari) kiradi. O’zbek tili so’zlovchilar soniga ko’ra turkiy tillar ichiga Turkiya turkchasidan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi.
Turkiy tillari morfologik belgilariga ko’ra agglutinativ tillar guruhiga kiradi. Unda so’z o’zagiga oltitagacha qo’shimchalarni qo’shish mumkin. Fonologik jihatdan ko’proq turkiy tillari vokalizmi sakkizta unli fonema to’rtburchak shaklida bo’lib, unlilarning tilning va labning holatiga ko’ra uyg’unlashuvi (singarmonizm) borligi bilan izohlanadi. Ba’zi turkiy tillari (o’zbek tili) bundan mustasnodir.Turkiy tillarini ilmiy tadqiq qilishda nom qozongan olimlar: Polivanov (1891-1938),Andrey Nikolaevich Kononov (1906-1986), Nikolay Aleksandrovich Baskakov (1905-1996), Vasiliy Vasilyevich Radlov (1837-1918), Aleksandr Nikolaevich Samoylovich (1880-1938), Ayub G’ulomov (1914-1986) , Aleksandr Konstantinovich Borovkov (1904-1962), Vladimir Dmitrievich Arakin (1904-1983) va boshqalardir.
Mo’g’ul tillari guruhuga (6.1 mln) quyidagi tillar kiradi: Halha mo’g’ul tili (5mln) shundan 1,3 mln Mo’g’ulistonda, 1 ming Afg’onistonda, oyrat tili (150 ming), kalmiq (200 ming), buryat tili (320 ming). Xitoyda yana bir qancha yozuvsiz tillar bor: dagur, mongor, basan, dunsyan (taxminan 550 ming).
Tungus – Manchjur guruhiga (100 ming) manchjur (4 mln), nanay (6 mln), ulch (1 ming), orok (400 ming), oroch (480 ming), iudegey (500 ming), negidal (200 ming), evenkiy (19 ming), even (7 ming), koreys (64 mln) tillari kiradi. Ko’pincha koreys tilini alohida til oilasi va guruhiga kiritiladi.
Chukot-Kamchatka tillari oilasiga uchtadan sakkiztagacha tillar kiradi. Ular qatorida chukot (11 ming), alyutor (2 ming), koryak (4 ming), itelmen (300 ming) tillari kiradi.
Yenisey tillari oilasi birgina ket tilidan (700 ming) iborat.
Sibir va Uzoq sharqdagi alohida tillar oilasiga yukagir (300 ming), nivx (1,3 ming), aiyn (10 ming), yapon (120 mln) tillari kiradi.
Janubiy va janubiy-sharqiy Osiyo va Okeaniya tillari
Xitoy-tibet oilasi uch guruhga bo’linadi: 1) xitoy tili; 2)tibet-birma tillari va 3) karen tili.
Xitoy tili (tahminan bir milliyard) Xitoy, Gonkong, Makao,Singapur (1,3 mln), Tailand (6 mln), Malayziya (4,5 mln), Indoneziya (5 mln) mamlakatlarida tarqalgan. Bu guruhga O’rta Osiyoda gungan tili (50 ming) ham kiradi.
Tibet-birma guruhi (62 mln) tibet (4,5 mln), nevari (60 mingdan ortiq), tripuri (500 ming), manipuri (1 mln), mizo (350 ming), naga (800 ming), kechin (700 ming), birma (29 mln) tillaridan iborat.
Karen guruhi (3 mln) karen tilidan iborat bo’lib, unda Myanma va Tailand chegarasidagi aholi so’zlashadi.
Myao-yao (8 mln) oilasi myao (6 mln), yao (1,5 mln) tillarini o’z ichiga oladi va ularda Tailandning janubida yashaydigan aholi so’zlashadi. Bu oilaga she (350 ming) tili (Xitoyda) ham kiradi.
Tai-chjuan oilasiga (67 mln) chjuan (14 mln), shan (3 mln), tay (27 mln) tillari kiradi va ularda Laos va Tailand aholisi so’zlashadi.
Dravid tillari oilasi (190 mln)
tamil (55 mlnga yaqin), Malayalam (30 mln), kannada (30 mln), tulu (1,6 mln), telugu (63 mln) tillari kiradi va ular Hindiston, Shri Lankada tarqalgan. Bu oilaga gondi (2,8 mln), kurukx (1,5 mln), braui (800 mln) tillari ham kiradi.
Avstraosiyo tillari oilasi
Bu oila bir necha guruhlarga bo’linadi: Munda (tahminan 9 mln) guruhidagi eng ko’p tarqalgan santali (5 mln) tili Hindistonning Bihar va G’arbiy Bengaliya shtatlarida qo’llanadi.
Mon-kxmer guruhi (10 mln) khasi (650 ming), mon (700 ming), nikeobar (20 ming)kxmer (8 mln, Kombodjada) tillarini o’z ichiga oladi. Bu guruhga kirgan kichik tillar Hindi-Xitoy mamlakatlarining tog’lik va o’rmonlik xududlarida tarqalgan.
Malak guruhi (40 ming) tillarida Malayadagi ovchilar va hunarmandlar so’zlashadi.
Viet-miong guruhiga (53 mln) Vietnam (53 mln), miong (700 ming) va tog’lardagi aholi so’zlashuvchi ko’pgina shevalar kiradi.
Avstraneziya tillari oilasi
Hind va Tinch okeanlari sohilidagi aholining yarmi bu oila tillariga kiradi. Bu oila to’rt guruhga bo’linadi:
Indonez guruhi (220 mlndan ortiqroq) Yava, Malaya, Indoneziya va Madura, Bali, Lombon orollari, Fillipindagi ba’zi aholisi o’rtasida tarqalgan. Bu tillar guruhiga kiruvchi tillar: ache (2,3 mln), bataq (3,5 mln), minangkabau (6 mln), sundan (20 mln), yavan (75 mln), madur (9 mln), baliy (2,8 mln), bugiy (4 mln), dayak (2,6 mln), visaya (20 mln), va loko (5,5 mln, Fillipinda) tillarini o’z ichiga oladi. Bu guruhga Indoneziya va Malaziyada ko’p tarqalgan 18 mln aholi so’zlashivchi malaya tili kiradi. Indoneziyada malaya tilini indonez tili deb ataladi. Shuningdek Fillipinda tagal yoki tagalog tili (tahminan 11 mln) rasmiy ravishda Fillipino tili deb ataladi.
Bu guruhga malgash (10 mln, Madagaskarda), cham (550 ming, Vietnam janubida) tillari ham kiradi.
Mikroneziy guruhi (180 ming) tillarida Marshal va Karolin orollari hamda Mariyan va Gilbert orollarining sharqiy qismida joylashgan aholi so’zlashadi.
Polineziy guruhi (900 ming) tillariga maori (250 ming, Yangi Zelandiyaning shimolidagi aholi tili), samoan (200 ming, Samoa orollarida), tongan (100 ming, Tonga orollarida), taityan (70 ming, Taiti orolida), gavay (20 ming, gavay orollarida) tillari kiradi.
Melanaziy guruhi (3 mln) tillari Yangi Gvineya, Solomon orollari, Yangi Gibrid va Fidji orollari va Yangi Kaledoniyada tarqalgan. Bu guruhga Yangi Gvineyadagi yuzlab tillar kiradi, biroq bu tillar yahshi ilmiy, o’rganilmagan. Avstraliyadagi aborigenlar tillari (100 ming) ham chuqur ilmiy tadqiq etilmagan.
Andaman orollarida 5 kishi so’zlashuvchi andaman tili 1961 yilda kashf etilgan, biroq bu tilning qaysi til oilasi yoki guruhiga kirishi hali aniq emas.
Afrika tillari
Afrika tillari hali yahshi o’rganilmagan. Afrika tillari Mande (14 mln), kva (67 mln), Atlantik oilasi (26 mln), gur (15 mln), benue-kongo (170 mln), adamave-ubangi (7 mln), shri-nil (27 mln), sahara (5 mln) oilalariga bo’linadi. Bu oilalarning har biri yana o’nlab guruhlarga bo’linadi va ular yuzlab tillarni o’z ichiga oladi.
Amerika tillari
Amerika tillarida 27 mln aholi so’zlashadi, ulardan 900 mingi Sharqiy Amerikada, qolgan qismi Lotin Amerikasidadir. Amerika tillari quyidagi oilalarga bo’linadi va o’z navbatida ular ko’p til oilalariga ajratiladi: eskimos-aleut (70 ming), atapask (180 ming), algonkin (120 ming), irokez (40 ming), maskodji (20 ming), sin (30 ming), yuto-atstek (1,1 mln), mayasoke (3 mlndan ortiq), otomang (1,1 mln). Bu tillarni ko’pchiligida Amerikadagi hinduslar so’zlashadi. Ulardan kechua tili (13 mln, shundan 7 mln Peruda, 4 mln Ekvadorda, 2 mln -Boliviyada), guarani tili (2,3 mln, Amazonka daryosi sohilida) ko’proq aholi so’zlashadi, qolgan ko’pchiligi juda kam aholi so’zlashuvchi tillar hisoblanadi. Masalan, shoni, shahaptin, tlingit, krou, xidatsa tillarida bir mingtagacha odam so’zlashadi. Chinuk tilida Vashington va Oregon shtatlarida bor-yo’g’i 300 kishi so’zlashadi.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling