Mavzu: Tilshunoslik tarixi yo'nalishlari va maktablari
Download 0.66 Mb.
|
Madina
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Mavzu: Tilshunoslik tarixi yo'nalishlari va maktablari.Reja:1.Tilshunislikda naturalizm yo'nalishi2.Avgust Shleyxer talimoti haqida3. Geyman Shteyntal4. Lingvistika maktablariTilshunoslikda naturalizm yo’nalishi haqida. Naturalism – naturalistik falsafasining mohiyati uning tilni jonli, tabiiy organizm sifatida tushunishida korinadi. U tilni jonli organizmlar kategoriyasiga kiritadi. Aniqrogi, A.Shleyxer tilning hayoti boshqa barcha jonli organizmlar – osimliklar, hayvonlar hayotidan jiddiy farq qilmaydi. Tillar ham ular kabi osib rivojlanadigan etuk davrga, songra esa osishning eng yuqori darajasiga etgan nuqtasidan uzoqlashib, qariydigan davriga ega boladi Avgust Shleyxer talimoti haqida. A.Shleyxer tilshunoslikdan tashqari botanika va falsafa kabi fanlarni ham organdi. U dastlab Bonn, songra Praga, Ien universitetlarining dotsenti va professori sifatida maruzalar oqidi, 1858 yilda Rossiya fanlar akademiyasining muxbir azosi boldi. A.Shleyxerning eng mashhur asari «Hind – german tillari qiyosiy grammatikasining kompendiumi»dir (1861). Bu asar otgan yarim asr davomida hind – Evropa tillarini qiyosiy organishning yakuni sifatida maydonga keldi va 15 yil ichida tort marta nashr qilindi.
Tilshunoslikdagi psixologik oqimning – psixologizmning eng yirik vakili, asoschisi nemis nazariyotchi tilshunos olimi Berlin universiteti professori G.Shteyntaldir (1823 – 1899). U umumiy tilshunoslik sohasida ozini Gumboldtning shogirdi, uning goyalarini davom ettiruvchi deb hisoblaydi. Psixologizm sohasida esa u Iogann Gerbert (1776 – 1841) talimotining – ассоциатив psixologiyaning davomchisi edi. Ayni talimotga kora narsa – hodisalar inson psixikasida ozaro bogliq holda bir – birlarini eslatadilar, esga tushiradilar. Tilshunoslikdagi psixologizm oqimi naturalizmni qattiq tanqid ostida oldi. Psixologizm naturalizmdan farqli unga zid holda tilni xudoning yoki odam ruhining aksi, korinishi, ifodasi deb talqin qildi. Shunga kora til sof psixik, ruhiy hodisa sifatida bayon qilindi. Psixologistlar tilning taraqqiyotini alohida shaxslarning tafakkuridagi, ruhiyatidagi taraqqiyot bilan bogliq deb hisobladilar. Demak, tildagi hodisalarning asosida ijtimoiy hodisalar, ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat taraqqiyoti emas, balki individual faoliyat, individual taraqqiyot, inson psixikasi, uning fikriy faoliyati yotadi, ular hal qiluvchi rol oynaydi. Ana shunday goyalar, qarashlar bilan qurollangan psixologizm vakillari, jumladan, G.Shteyntal talimotidagi eng muhim goya nutqning individual akti insonning faoliyatidan, ijtimoiy jarayondan ajralganligidir. G.Shteyntalning lisoniy qarashlari, talimoti uning quyidagi qator ishlarida bayon qilinadi. Bular «Tillarning tasnifi til goyasining taraqqiyoti sifatida» (1850), «Tilning paydo bolishi» (1851), «Grammatika, mantiq va psixologiya» (1855), «Til qurilishining eng muhim tiplari xarakteristikasi» (1860), «Psixologiya va tilshunoslikka kirish» (1871), «Gumboldtning tilshunoslikka oid asarlari va Gegel falsafasi» (1848), «Falsafa, tarix, psixologiya va ularning o`zaro munosabati» (1863) va boshqalar. Tilshunoslik tarixidagi yo`nalishlar va maktablar MOSKVA LINGVISTIKA MAKTABI XIX asrning oxirlarida Rossiyada alohida lingvistik maktablar vujudga keldi. Ulardan biri Filipp Fedorovich Fortunatov (1848-1914) asos solgan Moskva lingvistik maktabi bo‘lib, bu maktab tilshunoslik fanining taraqqiyotiga va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning Rossiyada rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. F.F. Fortunatov so‘zlarni shakl tomonidan tasniflab, ularni o‘zgaruvchi va shakli o‘zgarmaydigan (grammatik shaklsiz, faqat so‘z yasovchi shakllardan iborat) kabi turlarga tasniflaydi, ushbu so‘z shakllarining so‘z turkumlari va gap tarkibidagi o‘rni haqidagi ta’limotlarni ilgari suradi. Moskva lingvistik maktabida yaratilgan so‘zning shakli hamda so‘zning grammatik turlari,so‘z turkumlarining ikki tomonliligi va gap to‘g‘risidagi ta’limotlar uning shogirdlari Shaxmatov, Peshkovskiy, Pokrovskiylar tomonidan davom ettirildi. Bunga misol sifatida A.A.Shaxmatovning eng yirik asari “Rus tili sintaksisi” (1925-1927), A.M. Peshkovskiyning “Rus sintaksisining ilmiy yoritilishi” (1914), “Ona tili metodikasi, stilistika va lingvistika masalalari” (1930), M.M.Pokrovskiyning “Qadimgi tillar sohasida semasiologik tadqiqotlar” (1895) hamda “Semasiologiya metodlari to‘g‘risida” (1896) kabi asarlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. PETERBURG LINGVISTIKA MAKTABI XIX asr boshlarida Peterburgda A.X. Vostokov asos solgan rus va slavyan tillarini qiyosiy o‘rganish an’anasi asrning oxirigacha davom etdi. Yirik rus lingvisti, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi A.A Shaxmatov (1864-1920) 1908 yildan Peterburg unversitetida professor bo‘lib ishlab, asosan rus tili va uning shevalari, til tarixi hamda rus tilining Hind-Yevropa tillari bilan aloqalari, muommolari bilan shug‘ullangan. PRAGA FUNKSIONAL LINGVISTIKA MAKTABI Strukturalizmning dastlabki qarashlarii 1926 yilda Chexoslavakiyadagi Praga lingvistik to‘garagi tomonidan tashkil qilingan, 1929 yildan mustaqil oqim sifatida rivojlanib, o‘z qarashlarini 10 yil mobaynida muntazam nashr qilingan “Praga lingvistik to‘garagining asarlari”da ifoda qilingan. Bu maktab XX asrning 30-yillarida gullab-yashnadi, ammo 40-yillarga kelib, uning faoliyati pasaydi va 1953 yilda tashkiliy jihatdan tarqalib ketdi. Biroq ushbu maktabning g‘oyalari jahon lingvistikasiga katta ta’sir qildi va hozirgi kunda ham ta’sir qilib kelmoqda. Uning yetakchi namoyondalari: chex tilshunosi Vil’yam Matezius (1882-1945), Garvard universiteti professori Roman Osipovich Yakobson (1896), rus tilshunosi, slavyanist va fonologNikolay Sergeevich Trubeskoy (1890-1938)lar bo‘lganlar. AMERIKA DESKRIPTIV LINGVISTIKA MAKTABI Ushbu lingvistik maktab Amerikaning mashhur lingvisti va antropologi Frans Boas (1858-1942) ilmiy qarashlari asosida 1933-1957 yillarda AQShda vujudga keldi. F.Boas Amerika hindularining tasviriy grammatikasiga bag‘ishlangan asarlarida barcha tillarni tasvirlashning yagona tamoyilini inkor qilishga va aniq tilning o‘z mantiqi asosida, tilning “ichidan” induksiya yo‘li bilan o‘rganishga chaqirgan edi. F.Boasning ishini Eduard Sepir (1884-1939) hamda Leonard Blumfild (1887-1949) davom ettirdilar. E.Sepir Kanada, Meksika va AQShdagi mahalliy aholilar tillari bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, o‘zining asosiy “Til” (1921) asarida tilni insonning aloqa quroli bo‘lgan aniq tillar ta’siri ostida bo‘lishini, insonlarning madaniyati qanday bo‘lishi ham tillarga bog‘liq bo‘lishini ilgari surgan. Frans Boas (1858-1942) E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling