Mavzu. Tizimlarning sinflanishi. Tizimlarning asosiy turlari va sinflari Reja


Tizimning barcha xususiyatlari bo’yicha sinflanishi


Download 60.5 Kb.
bet2/3
Sana15.03.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1268981
1   2   3
Bog'liq
3 Maruza

2. Tizimning barcha xususiyatlari bo’yicha sinflanishi
Deyarli barcha darsliklarda “murakkab masala”, “murakkab muammo” “murakkab tizim” kabi so’z birikmalarini uchratish mumkin. Ichki his bilan odatda bu tushunchalar ostida tizim yoki jarayonning tasvirlashni, tadqiqotni, yoki harakatni baholash, tizimning rivojlanish imkoniyati bo’lmagan qandaydir muhim harakati tushuniladi.
Murakkablilikning ta’riflanishi - turlicha.
Tizimda (holatlarni, ishlash qonunlarini) samarali tasvirlash va tizimni boshqarish – boshqaruvchi parametrlarni aniqlash yoki bunday tizimlarda qarorlar qabul qilish uchun zaxiralar (asosiysi, axborot zaxiralari) yetarlicha bo’lsa, tizim murakkab deb ataladi.
Murakkab tizimlarda ishlash natijalarini oldindan berib bo’lmaydi, hatto biroz o’xshashlikni baholash ehtimoli mavjud bo’lgan taqdirda ham. Bunday noaniqlikning sababi – tuzilishidagi va ishlashini tasvirlashdagi tashqi va ichki evolyutsiyalardir. Murakkab tizim tashqi va ichki bo’lishi mumkin.
Ichki murakkablilik, tizimning namoyon bo’lishi va tizimdagi boshqaruvning murakkabliligi bo’yicha yashirin baholanadigan ko’plab ichki holatlarning murakkabliligi bo’yicha aniqlanadi.
Tashqi murakkablilik atrof muhit bilan o’zaro munosabatlarning murakkabliligi, tizim va muhitning teskari aloqalari bo’yicha yashirin baholanadigan tizimni boshqarishning murakkabliligi bilan aniqlanadi
Murakkab tizimlar murakkabliligi bo’yicha turli tiplarga bo’linadi:

    • Tuzilishli yoki tashkiliy (yasash, tasvirlash, tuzilishini boshqarish uchun zaxiralar yetarlicha emas);

    • Dinamik yoki vaqtinchalik (tizimning harakat dinamikasini va uning trayektoriyasini boshqarishni tasvirlash uchun zaxiralar yetarli emas);

    • Axborot yoki axborot-mantiqiy (tizimni axborot yoki axborot-mantiqiy tasvirlash uchun zaxiralar yetarli emas);

    • Hisoblash yoki amalga oshirish, tadqiqot (samarali istiqbol, tizim parametrlarining hisoblari uchun zaxiralar yetarli emas, yoki zaxiralarning yetishmovchiligi tufayli murakkablashgan);

    • Algoritmik yoki konstruktiv (ishlash yoki tizimni boshqarish algoritmini tasvirlash uchun, tizimning ishlash tafsilotlari uchun zaxiralar yetarli emas);

    • Rivojlanish yoki evolyutsiya, o’z-o’zini tashkil etish (barqaror rivojlanish, o’z-o’zini tashkil etish uchun zaxiralar yetarli emas).

Qarab chiqilayotgan tizim qancha murakkab bo’lsa, uning ishlashi va rivojlanishi uchun turli xil murakkab ichki axborot jarayonlarini faollashtirilishini qat’iy talab etadi
Misol [5]. Tarmoqdagi texnik vositalarning ishlarini soddalashtirish, masalan kompyuterni bevosita tarmoqqa, “elektr tarmog’i rozetkasiga” ulash imkonini beradigan ilmiy muvaffaqiyatlar, tarmoqlarning o’zlarini murakkablishtirish bilan birga, masalan, Internetda abonentlar va axborot oqimlari sonining ortishi bilan kuzatiladi. Internet tarmog’ining o’zini murakkablashtirish bilan birga, unga bo’lgan qo’yilmalar vositalari (foydalanuvchi uchun!) soddalashadi, uning hisoblash imkoniyatlari soni ortadi.
Tizimning tuzilish murakkabligi dinamik, hisoblash murakkabliligiga ta’sir ko’rsatadi. Dinamik murakkabliligining o’zgarishi, bu majburiy shart hisoblanmasligiga qaramay, tuzilmaviy murakkabliligining o’zgarishiga olib kelishi mumkin.
Katta tizim hisoblanmaydigan tizim ham murakkab tizim bo’lishi mumkin; bunda elementlar va tizimlar qism tizimlarining aloqadorligi (aloqalilik kuchi) bo’lishi mumkin.
Tizimning murakkabliligi avvalombor, ko’rib chiqilayotgan masalaning maqsadlari va zaxiralari bilan aniqlanadi.
Misol [4]. Telekommunikasion tarmoqning murakkabliligi quyidagicha aniqlanadi:

  • ma’lumotlarni uzatishning zaruriyligi bilan;

  • bayonnomalar, aloqalar va aloqa vositalari bilan (masalan, selektor yig’ilish uchun tovushli telekonferensiya zarur);

  • videokuzatuvning zarurati bilan.

Tizimning murakkabliligi tushunchasi nisbiy hisoblanadi va dinamik tarzda, holatdan-holatga, uning xususiyatlariga qarab o’zgarishi mumkin. Bunda qism tizimlarning kuchsiz aloqalari, o’zaro aloqalari tizimning murakkabliligini oshirishi mumkin.
Turli strukturali tizimlar uchun murakkablilik darajalarini belgilashn masalasi, oddiy masala emas. Bu savolga bir ma’zmundagi va aniq javob topish ancha mushkul.
Tizimlar murakkabliligi darajalarini belgilashning turli usullari bo’lishi mumkin. Tizim strukturasining murakkabliligini topologik entropiya bilan - struktura (tizim) konfiguratsiyasining murakkabliligi bilan aniqlash mumkin:

Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling