Mavzu. Tizimlarning sinflanishi. Tizimlarning asosiy turlari va sinflari Reja


Download 60.5 Kb.
bet3/3
Sana15.03.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1268981
1   2   3
Bog'liq
3 Maruza

S = k ln W,
bunda k=1,38×10-16 (erg / grad) – Bolsman doimiyligi, W – tizim holatining ehtimoliyligi. Holatlarning ehtimoliyligi turlicha bo’lganda bu formula quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:

Misol. Iyerarxik tizimning uni iyerarxiyasi darajasi soniga nisbatan murakkabliligini aniqlash talab etilsa, bunda tadqiqot qilinayotgan murakkab tizim murakkabliligini oshirish, mos ravishda maqsadga erishish va qabul qilingan qarorga erishish uchun zarur bo’lgan katta zaxiralar talab qiladi.
Dastlab tizimning qism tizimlari miqdori kabi, chiziqli strukturaning murakkabliligini aniqlab olish zarur. So’ngra maqsadga erishishning turli strategiyalariga mos keladigan barcha chiziqli strukturalar ichidan eng yuqorisi sifatida tarmoqli strukturaning murakkabliligi aniqlanadi. Matrisali struktura tizimning murakkabligini tizimlar qism tizimlari miqdori bilan aniqlash mumkin. Tabiiyki, tizimning ba’zi qism tizimlarining murakkablashishi chiziqli struktura holatida shuningdek iyerarxik, tarmoq va matrisali strukturalar holatida ham butun tizimning murakkablashishiga olib kelishi mumkin.
Misol [13]. L dasturiy kompleksining murakkabliligi mantiqiy murakkablilik sifatida aniqlanishi va L = L1 /L2 + L3 + L4 +L5 ko’rinishda o’lchanishi mumkin, bunda L1 - barcha mantiqiy operatorlarning umumiy soni, L2 - barcha bajarilayotgan operatorlarning umumiy soni, L3 – barcha sikllari murakkabliligining ko’rsatgichi (sikllar soni va ularning qo’shiluvchanligi yordamida aniqlanadi), L4 – sikllar murakkabliligining ko’rsatgichi (kiritilganlikning har bir darajasida shartli operatorlar soni bilan aniqlanadi), L5 – barcha shartli operatorlardagi tarmoqlanish soni bilan aniqlanadi.
Mustaqil tayorlanish uchun nazorat savollari

  1. Tizimlar qanday tasniflanadi?

  2. Qaysi tizim murakkab deb ataladi?

  3. Murakkab tizim katta tizimdan nimasi bilan farq qiladi?

  4. Tizimning strukturali murakkabligi qanday aniqlanadi?

  5. Tizimning dinamik murakkabligi qanday aniqlanadi?

  6. Ochiq tizimlar qanday tavsiflanadi?

  7. Yopiq tizimlar nimani namoyon qiladi?

  8. Strukturali murakkablik tizimlarning qanday murakkabliklariga ta’sir ko’rsatadi?

Muammoli topshiriqlar

  1. Murakkablilik darajasi sifatida ba’zi bir tashkiliy–texnik tizimni tanlab, ushbu tizimning murakkabliligini (xilma-xililigini) baholang.

  2. Ushbu tizimdagi tizimli tahlil proseduralarining mohiyatini va o’zaro ta’sirini tushuntirib bering.

Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling