Mavzu: tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Reja: Kirish. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


TJ ABSlar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi


Download 60.25 Kb.
bet3/4
Sana23.09.2023
Hajmi60.25 Kb.
#1686356
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Reja K

TJ ABSlar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi
Kimyo va oziq-ovqat sanoatining moddiy asosini texnologik jarayonlar tashkil qiladi, ularni boshqarish natijada esa ishlab chiqarishning kerakli koʼrsatkichlari yaratiladi. Texnologik jarayon tushunchasiga texnologik jarayonning aynan oʼzi yoki boʼlimi va bu jarayonni amalga oshiradigan texnologik uskunalar kiradi. Shuni taʼkidlab oʼtish kerakki, datchik va ijro etuvchi mexanizmlar texnologik uskunalarning tuzilish elementi boʼlishiga qaramay, TJАBT ning texnik vositalari qismiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaralganda texnologik jarayonni yoki boʼlimni boshqarish - uskunalar, apparatlar yoki agregatlarning ish holatini boshqarish demakdir.

1-rasm. TJАBT faoliyatining umumlashtirilgan tizimi.



Bu maʼnoda boshqarilayotgan texnologik jarayon deganda kirishdagi nazorat qilinayotgan parametrlari aniqlangan, obʼektning kirishidagi taʼsirlari bilan chiqish parametrlari orasidagi bogʼlanishi topilgan va jara¬yonning boshqarish usullariga asoslangan jarayonga aytiladi.
1-rasmda TJАBT ishining umumlashtirilgan blok-sxemasi berilgan, bunda, U(t) - kirishda nazorat qilinayotgan boshqaruvchi taʼsirlar; X(t) - kirishda nazorat qilinayotgan parametrlar; Z(t) - kirishda nazorat qilinayotgan parametrlar, lekin boshqarilmaydigan parametrlar; Y(t) - texnologik jarayonning chiqishdagi oʼzgaruvchisi.
Texnologik jarayonning kirish va chiqish parametrlari haqidagi axborot oʼlchov asboblarining datchigi va axborotni kiritish-chiqarish kompleksi orqali raqamli hisoblash mashinasiga (RHM) boradi. Bu axborotni (yoki uning bir qismini) operator ham aloqa qurilmasi orqali RHM ga kiritishi mumkin. Bu holda operator nazorat qurilmasidagi koʼrsatkichlardan foydalanadi. Boshqaruvchi RHM oldindan belgilangan algoritmlar va boshqaruv dasturi, boshqarish maqsadi, tanlangan optimallash simvoli, cheklashlar asosida maʼlum bir tartib bilan kirgan axborotni qayta ishlaydi. Tizim texnologik jarayonini avtomatik rejimda bosharishi mumkin yoki boshqarish rejimi shunday boʼlish mumkinki, unda boshqaruvchi raqamli hisoblash mashinasi (RHM) aloqa qurilmasi orqali operatorga texnologik jarayonni ijro etuvchi organlar yoki topshiriq bergichlarni masofadan turib boshqarish uchun maʼlum tavsiyalar beradi (yaʼni, «maslahat rejimi»). TJАBT larni loyihalash shunday tashkil qilinishi kerakki, unda operatorlar va texnik vositalarning imkoniyatlari toʼla foydalanib, kelajakka avtomatik boshqarish tizimlari (АBT) keng oʼrin egallasin, inson esa faqat texnologik uskunalar va boshqarish tizimlarining aniq buzilmasdan ishlashini nazorat qilish hamda yordamchi amallarni bajАRTin. Umumiy koʼrinishda tizimning matematik modelini quyidagicha ifodalash mumkin:

Bu yerda, - TJАBTning harakat sikli boshidan bu harakat natijasida olingan nazorat axborotgacha ketgan vaqt; - hisoblashning boshlanishi; T – jarayonni kuzatish vaqtining muddati; A – TJABT butun harakatining operatori; B va C – boshqarishning va boshqarilmaydigan kirish taʼsirlarining operatorlari.
Boshqarish tizimining dastlabki vaqtdagi harakat natijasi TJАBT uchun y(t) funktsiya boʼlak - tekis kamaymas funktsiya koʼrinishiga ega.
Matematik modelning koʼrinishi boshqarish taʼsirini amalga oshirish vaqti va texnologik jarayon siklining muddati orasidagi nisbatga bogʼliq. Umumiy holda boshqaruv taʼsirining kechikish vaqti texnologik jarayon holatining oʼzgarishiga nisbatan quyidagicha bogʼlangan:

бунда,  - кириш параметрлари ҳолатининг ўзгаришидан чиқиш координаталарининг ўзгаришигача ўтган вақт (жараён вақти); n – қандайдир константа (0< n <  ). Агар 0<  1 бўлса, ТЖАБТ реал вақт масштабида синхрон бошқариш имконини беради, у ҳолда

бу ерда,  - жараён ҳақида ахборотни РҲМ га киритилган жараён ҳақидаги ахборотни ҳисоблаш вақти ;  - бошқарув таъсирини ҳисоблаш вақти;  sof kechikish vaqti (yangi boshqaruv taʼsirlarining harakati natijasida chiqish oʼzgaruvchisining yangi qiymati haqida nazorat axborot olinguncha oʼtgan vaqt).
Bunday boshqarishga mutanosib (P), mutanosib-integral (PI) yoki mutanosib-integral-differentsial (PID) rostlash qonunlarini amalga oshiruvchi va RHM dan bevosita raqamli boshqarish (BRB ) rejemida ishlovchi koʼp konturli stabillash tizimlari misol boʼladi.
TJАBT tarkibiga 1-rasmga binoan, quyidagi qurilmalar kirishi lozim:
1. Fizik-texnik parametrlarni oʼlchashni taʼminlovchi avtomatik oʼlchash asboblarining komplekti. Bunda oʼlchash natijalari unifikatsiyalashgan signallar holida boʼlish (elektr-analogli yoki diskret) va qabul qiluvchi qurilmaning kirish xarakteristikalari bilan moslashgan boʼlishi lozim. Meʼyorlovchi oʼzgartgichlar guruh holida boʼlganda bir turli oʼlchash oʼzgartgichlari kommutatorlar yoki aylanuvchi qurilmalar yordamida navbatma-navbat kirish axborotini hisoblovchi umumiy qurilmaga ulanadi. Kimyoviy tahlil natijalari, tex nologik jarayonni boshqarish uchun berilgan topshiriqlar, texnika-iqtisodiy maʼlumotlar RHM ga operator pulьtining klavishli registrlari orqali, shuningdek, perfokarta, perfolenta, magnitli kartalar yordamida kiritiladi.
2. Ijro etuvchi mexanizmlarning yordamchi asbob va elektr signallarni, texnologik jarayonlarni boshqarish buyrugʼiga oʼzgartiruvchi qurilmalar, RHM hisoblab chiqqan boshqarish taʼsirlari quyidagi qurilmalarga yuborilishi mumkin:
1) «kod-elektr signalli» oʼzgartgichiga, soʼngra analogli rostlagichga yoki bir vaqtda quvvat kuchaytirgichi va uni rostlovchi organni (RO) harakatga keltiruvchi vazifasini bajaruvchi pozitsion harakatli ijro etuvchi mexanizmga (IEM); 2) «kod-vaqt intervali» oʼzgartgichiga, soʼngra IEM ni boshqarishga; 3) «kod-impulьslar qiymati» oʼzgartgichiga, soʼngra qadamli dvigatellarni boshqarishga; 4) bir nechta xonali diskret chiqishlardan iborat boʼlgan diskret-kodli signallar koʼrinishida; 5) ikki pozitsiyali RO ni boshqaruvchi releli yoki kontaktsiz diskret signallar koʼrinishida.
3. Boshqaruvchi raqamli hisoblash mashinasi, bunga boshqaruvchi hisoblash qurilmalari hamda RHM va obʼekt orasida ikki tomonlama axborotli aloqani amalga oshiruvchi chetki texnika kiradi. Bunda RHM lar texnika-iqtisodiy masalalarni hisoblashda ishlatiladi va boshqarishning yuqori bosqichlarida foydalaniladi. BHM da obʼekt bilan aloqa qurilmasi (OAK) boʼlib, u oʼlchov oʼzgartgichlaridan kelgan axborotni qabul qiladi va dastlabki hisoblash ishlarini bajaradi. Hisoblash komplekslarining agregat asosida tuzilishi jarayonning quvvatini oshirish, xotirani koʼpaytirish va OАQ ni ulab, kerakli strukturaga ega boʼlgan hisoblash tizimini tuzish imkonini beradi. Tizimning ishlashi uchun boshqaruv-hisoblash kompleksi tarkibida standart dasturlar nazarda tutilgan (standart dasturlar kutubxonasi, xizmat qiluvchi, tashkil etuvchi va uzaytiruvchi dasturlar).
4. TJАBT ni vazifalari va tizim hal qilayotgan masalaga binoan dasturlar kompleksiga ega boʼlgan funktsional dasturlar bilan taʼminlash;
5. BRHM va obʼekt orasida apparatli aloqa oʼrnatuvchi obʼekt bilan aloqa qurilmasi (kabelli, simli, releli aloqa yoʼllari va kirish-chiqish signal parametrlarini moslashtiruvchi qurilmalar).
6. Texnolog-operatorni texnologik jarayonning ketishi haqida kerakli axborot bilan taʼminlash, shuningdek, masofadan turib boshqarishni bajarish,hisoblash kompleksiga tizimni ishga tushirish va toʼxtatish signallarini kiritish imkonini beruvchi operator bilan aloqa qurilmasi (boshqa¬rish pulьti, axborot tablosi va boshqalar).
7. Texnolog-operatorlar, uskuna sozlovchilar va yuqori malakaga ega boʼlgan boshqarish mutaxassislarini oʼz ichiga oluvchi operatorlar xizmati.
Har bir konkret avtomatlashtirilgan tizim oʼzining hal etayotgan koʼp sonli masalalari va ularning murakkab ierarxik oʼzaro bogʼlanishi; boshqa texnik vositalarni hamda hisoblash tizimlari tashkil etishning maxsus usullarini qoʼllash zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.
Xulosa
Аvtomatlashtirishning printsipial sxemasi loyihaning asosiy texnikaviy hujjati boʼlib, u texnologik qurilmaning avtomatlashtirilish darajasi va printsipini koʼrsatadi. Bunda boshqarish tizimini tuzishning bosh bosqichida qabul qilingan barcha printsipial yechimlar oʼz ifodasini topadi. Chizma boshqarish obʼekti, nazorat, rostlash, dasturli boshqarish, signalizatsiya, blokirovka, himoya va avtomatlashtirishda ishlatiladigan vositalar haqida tushuncha berishi lozim. Odatda signalizatsiya, blokirovka va himoya maxsus chizmalarda kengaytirib beriladi. Printsipial chizmalarda boshqarish organlari va kommunikatsiyalar bilan birga texnologik qurilmalarning chizmasi, avtomatlashtirish vositalarini, texnologik agregatlarning turli qurilmalari bilan avtomatlashtirish vositalari oʼrtasidagi oʼzaro bogʼlanishlarni sxematik koʼrsatiladi.
Аvtomatlashtirish masalalari texnologik vositalardan foydalanib hal etiladi, bu vositalarga tanlangan qurilmalar, dastlabki axborotni aniqlovchi vositalar, axborotni almashtirish va qayta ishlov berish vositalari, xizmat koʼrsatuvchi xodimlarga axborotni tanishtirish va chiqarib berish vositalari hamda yordamchi vositalar kiradi.


Download 60.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling