Mavzu: tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Reja: Kirish. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Download 60.25 Kb.
Sana22.05.2020
Hajmi60.25 Kb.
#109157
Bog'liq
TJ ABSlar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi.


Mavzu: TJ ABSlar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi.

Reja:


1. Kirish.

2. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish. 

3. TJ ABSlar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining boshqa sohalari kabi farmatsevtika sanoat ishlab chiqarishni ham avtomatlashtirish jadal suratlarda olib borilmoqda, avtomatlashtirilgan agregat mashinalar, potok liniyalari, sex va zavodlar barpo bo’lmoqda.

Inson eng avval, og’ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi kuch manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo’lishga erishgan. Bu o’rinda u tabiiy manba energiyalaridan (suv, shamol va b.) foydalangan. Keyinchalik bug’ va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan fan texnika taraqqiyotining bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash fazasi boshlanadi.

Sanoatda qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng birinchi texnik vosita rus mexanigi I.I. Polzunov tomonidan 1765 yilda yaratilgan. Bu qurilma bug’ mashinasining bug’ qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga mo’ljallangan edi.

Ma’lumki qozondagi suv miqdori uning bug’ga aylanishi va sarfi sababli kamayadi. Natijada undagi bug’ bosimi ham o’zgaradi. Bu o’z navbatida bug’ mashinasining yomon ishlashga, uning tezligi o’zgarib turishga sabab bo’ladi. Shu sababli bug’ qozonidagi suv sathi balandligi va bug’ mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o’sha davrning eng muhim muammolaridan biri hisoblanardi. Polzunov yaratgan texnik vosita regulyator tufayli odam qozondagi suv sathi balandligini nazorat qilish, agar undagi suv sathi balandligi oldindan belgilab qo’yilgan suv sathi balandligidan kamaysa suv quyib ortib ketganda esa qozonga suv kelishini to’xtatish kabi og’ir jarayonni boshqarib turish funktsiyasini bajarishdan ozod bo’ldi.

Endi bu funktsiyani texnik qurilma regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz mexanigi J. Uatt ikkinchi muammoni hal qildi, bug’ mashinasining aylanish tezligining rostlay oladigan avtomatik qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki texnik qurilma yordamida o’sha vaqtda texnologik mashinalarning ishonchli va o’zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha ta’minlangan edi.

Bunday avtomatik qurilmalarining yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi texnika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bosqichi bo’ldi. Lekin bu vaqtda avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan edi.

Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatika fanining yaratilishi hamda rivojlanishida Peterburg texnologiya instituti professori I.A. Vishnegradskiyning 1876-1878 yillarda e’lon qilingan:

1. Bevosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida.

2. Bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida

nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli I.A.Vishnegradskiy avtomatika fani nazariyasining asoschisi bo’lib tanildi.

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish — mashinalashtirilgan ishlab chiqarishni nazorat qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash; ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotinnng asosiy yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, mehnat madaniyati va b. omillar ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish imkonini beradi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning qisman (lokal), yalpi (kompleks) va toʻla avtomatlashtirish bosqichlari mavjud. Qisman avtomatlashtirish bosqichida i.ch. ning alohida ish turlari (suyuklik sathi balandligi, t-ra, bosim va b.) ni rostlab turish ishlari avtomatlashtiriladi. Yalpi avtomatlashtirish bosqichida bir necha qisman’ av-tomatlashtirilgan ish turlari boʻlim, sex, korxona miqyosida oʻzaro bogʻlangan boʻladi, yagona avtomatik majmua sifatida muayyan dastur boʻyicha boshq-ariladi. Boshqarish ishlari odam (operator) nazorati ostida oʻtadi. Toʻla avtomatlashtirish bosqichida esa i.ch. jarayonining barqarorligi, ish turlari oʻzgarmasligi ishning yuqori samarali boʻlishini taʼminlaydi. Odam uchun xavfli i.ch. sharoitlarida toʻla av-tomatlashtirishdan foydalanish ay-niqsa oʻrinli boʻladi.

Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda hunarmandchilik sharoi-tvda (18-asr gacha) bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida (19-asr) i.ch. hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni mexa-nizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi (mas, yigirish, toʻqish, metall va yogʻoch ishlash korxonalarida). 20-asr boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan key-in elektr energiyasidan i.ch. da foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va avtomatliniyalar vujudga keladi. I.ch.a. tushunchasi shu davrda paydo boʻldi.



Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va i.ch. jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30y.larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi tako-millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, i.t. institutlarida avtomatika lab.lari tashkil etildi. 50-y. larga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha tar-moklarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va b. sohalar avtomatlashtirildi. I.ch.a. ning ilmiy asoslari, asosan, uch yoʻnalishda rivojlandi. Birinchidan, boshqarish obʼyektlarining qonuniyatlari, dinamikasi, turgʻunligi va tashqi omillar taʼsirini oʻrganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu masalalarni tadqiqrtchilar, konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan, boshqarish metodlarining samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi aniqlandi. Shu asosda boshqarishga oid qaror qabul qilish qoidalari belgilandi. Uchinchidan, oʻlchash, natijalarni qayta ishlash va boshqarish fun-ksiyalarini amalga oshiradigan avtomatika vositalarining tuzilishini uygʻunlashtirishning puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin I.ch.a. ni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz davom etadi. Sexlar, om-borlar va ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborot (informatsiya) larni tuzish va dastlabki ishlash klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yigʻilgan axborotlar qayta ishlashga uzatiladi. Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish qurollari — signal oʻzgartirgichlari, telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi kommutatorlar va b. dan iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari — signallarning harakteri va shaklini oʻzgartiruvchi funksional oʻzgartirgichlar axborotni berilgan algoritm boʻyicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi kuril-malar — signal tablosi, mnemonik sxemalar, milli va raqamli asboblar, elektron-nur trubkasi, harf va raqamli bosma mashinalar operatorodamga i.ch. jarayonlarining borishini kursa-tadi va muhim parametrlarni qayd qilib boradi. Boshqarish taʼsirlarini ishlab chiqadigan qurilmalar axborotlarning kuchsiz signallarini kuchli impulslarga aylantiradi. Bu im-pulslar himoya, rostlash yoki boshkdrish qurilmalarining ijro organiga taʼsir etib, ularni ishga tushiradi. Axborotlarni yigish va dastlabki ishlash vositalari majmui xalq xujaligi tarmoqlarini boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi. I.ch. jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishda i.ch. ni maqbul (optimal) rejimda olib borishga imkon beruvchi nazorat va rostlash jihrzlari, analitik texnika va dasturli boshqarish majmualari ham juda muhim. Mac, gidroelektr st-yalarida suv havzasidan chiqqan suv gidroagregat turbinalaridan uzluksiz oʻtib turadi. Avtomatik rostlagichlar turbinalarning aylanishlar sonini, ishlab chiqarilgan tok chastotasi va kuchlanishini, faol (aktiv) va reaktiv quvvatlarni rostlab turadi. Himoya qurilmalari avariyaning oldini oladi. Avtooperator agregatlarini jadvalga mos holda ishga tushirib va toʻxtatib turadi. Energotizim dispetcheri telemexanika qurilmasidan foydalanib, GES ni uzoqdan (markaziy pultdan) turib boshqaradi. Oʻzbekistondagi de-yarli hamma GES lar shunday tartibda ishlaydi.

Issiqlik elektr st-yalarini boshqarish ancha qiyinroq. Quvvati bir necha yuz MVt li "qozon — turbina — generator — transformator" bloki turli agregatlardan tashkil topgan. Mas, quvvati 800 MVt li blokda 1000 ga yaqin boshkarish obʼyekti va 1300 ga yaqin nazorat qilinuvchi parametrlar bor. Avtomat boshkarish tizimi yordamida shu obʼyekt va parametrlarni bitta muhandis-operator boshkaradi.

Texnologik jarayonlari uzluksiz oʻtadigan kimyo, neft kimyosi, gaz va farmatsevtika sanoati, suv taʼminoti, kanalizatsiya va b. ni ham avtomatlashtirish mumkin. Konchilikda tog jinslarini qoʻporish usullarini takomillashtirish bilan birga, bu ishni samarali avtomatlashtirishga imkon beradigan termik, elektr va akustik qoʻporish usullari rivojlanmoqda; shaxtalarda EHM (elektron hisoblash mashinasi) va kompyuterlar qoʻllanilmoqda.

Metallurgiyada foydali qazilmalarni qayta ishlash jarayonlari, asosan, siklli tartibda olib boriladi. Domna ishlab chikarishida barcha asosiy parametrlar avtomatik tarzda oʻlchanadi va rostlanadi. Issiklik rejimini boshqarish tizimida EHM va kompyuterlar qoʻllaniladi. Marten pechlarida gaz sarfi avtomatik rostlab turiladi.

Prokat stanlarida asosiy yuritma, qisish qurilmalarining yuritmalari va yordamchi mexanizmlarni boshqarish avtomatlashtirilgan. Hisoblash mashinalari yordamida ma-teriallarni chiqindiga chiqarmasdan bichish tizimi qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon mashinasozligida I.ch.a, texnika taraqqiyotining asosidir. Avtomat-stanoklar bilan birga koʻp operatsiyali agregatlar, gidravlik, pnevmatik, elektr yoki aralash boshqarish tizimlari yaratildi va takomillashtirilmoqda. Dasturli boshqariladigan metall ishlash stanoklarining ish sikli toʻla avtomatlashtirilganda ham stanoklarning universalligi saqlanadi. Yigʻish jarayonlarini avtomatlashtirish mashinasozlikning murakkab va dolzarb masalalaridan hisoblanadi. U katta iqtisodiy samara beradi. Yigʻilgan uzel va buyumlarning sifati yigʻish vaqtida avtomatik ravishda uzluksiz tekshirib turiladi. Mas, Toshkent q.x. mashinasozligi zavodida shpindellar avtomat liniyada tay-yorlanadi, paxta terish mashinalari avtomat konveyerlarda yigʻiladi, Andijondagi "OʻzDEU avto" korxonasida barcha ishlar avtomatlashtirilgan.

Radiodetallar, elektron lam-palar, ion asboblar, elektron-nur trubkalari, tranzistorlar, montaj simlari, radioelektron apparatlar va televizorlarni i.ch. toʻla avtomatlashtirilgan. Yengil sanoatda avtomatlashtirilgan kurilmalar va korxonalarni boshqarishning avtomat tizimlari joriy etilgan va etilmoqda. Poyabzal, galantereya va b. tarmoqlar buyumlarni yalpi ishlab chiqaradigan yuqori unumli avtomat kurilmalar bilan taʼminlangan. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ham I.ch.a. ning ahamiyati katta. Mahsulotlarni ishlash (artish, toʻgʻrash, maydalash va b.) avtomat qurilmalari masalliklarning toʻyimliligi va xushxoʻrligini toʻla saqlaydi, iyerofgarchilikni ancha kamaytiradi.

Paxta sanoatida ham yalpi avtomatlashtirish joriy qilingan. Ularda paxtan i qabul qilishdan tortib, tola, chigʻit va momiq ajratib olish va tolani toylashga qadar jarayonlarni avtomatlashtirish majmualari mavjud. Transportda yukva yoʻlovchilar tashish salmogʻining oʻsishi transportning barcha turlarini kengaytirish va mavjud liniyalarda harakatni tezlatish bilan bogʻliq. T.y. transportini ekspluatatsiya qilishni avtomatlashtirish poyezdlarning qatnash grafiklariga aniq rioya qilishga va harakat xavfsizligini taʼminlashga imkon beradi. Poyezdlar "avtomashinist" yordamida boshqarilmoqda. Yuk va passajir kemalarida koʻp ishlar avtomatlashtirilgan. Samolyotlar "avtopilot"dan foydalanib boshqarilmoqda. Obhavo xizmati turli meteorologik maʼlumotlarni oʻlchash, yigʻish,, uzatish va ishlash bilan shugʻullanadigan murakkab kompleksdir. Bu maʼlumotlar atmosferaning turli qatlamlarida havo bosimi, t-rasi va harakat tezligi, namlik, yogʻingarchilik miqdori va b. dan iborat. Gidrometeorologiyani yanada rivojlantirish uchun bu sohani avtomatlashtirish shart. Yer sunʼiy yoʻldoshlari, EHM, kompyuterlar bu sohada insonga juda katta yordam bermoqda.

Ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish — ishlab chikarishning turli tarmoqlarini boshqarishda matematik metodlar, avtomatik qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalarini qoʻllash. Uning ilmiy asosi — iqtisodiy kibernetika. Odam bilan kibernetik mashinalarning munosabatiga oid uslubiy va aniq masalalarni hal qilish uning muhim vazifasidir.



I.ch. a. da EHM dan tashqari, oʻnlab ixtisoslashtirilgan avtomatik kurilmalar, kompyuterlar ishlatiladi. I.ch.a. axborotlarni yigʻish, qayta ishlab chiqishga oid mashaqqatli ishlardan ozod qiladi, uning ijodiy rolini oshiradi, ish unumini koʻtaradi, ishlab chiqarishni boshqarish bilan band boʻlgan kishilardan boshqa maqsadlarda foydalanishga imkon beradi.

TJ ABSlar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi

Kimyo va oziq-ovqat sanoatining moddiy asosini texnologik jarayonlar tashkil qiladi, ularni boshqarish natijada esa ishlab chiqarishning kerakli koʼrsatkichlari yaratiladi. Texnologik jarayon tushunchasiga texnologik jarayonning aynan oʼzi yoki boʼlimi va bu jarayonni amalga oshiradigan texnologik uskunalar kiradi. Shuni taʼkidlab oʼtish kerakki, datchik va ijro etuvchi mexanizmlar texnologik uskunalarning tuzilish elementi boʼlishiga qaramay, TJАBT ning texnik vositalari qismiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaralganda texnologik jarayonni yoki boʼlimni boshqarish - uskunalar, apparatlar yoki agregatlarning ish holatini boshqarish demakdir.

1-rasm. TJАBT faoliyatining umumlashtirilgan tizimi.

Bu maʼnoda boshqarilayotgan texnologik jarayon deganda kirishdagi nazorat qilinayotgan parametrlari aniqlangan, obʼektning kirishidagi taʼsirlari bilan chiqish parametrlari orasidagi bogʼlanishi topilgan va jara¬yonning boshqarish usullariga asoslangan jarayonga aytiladi.

1-rasmda TJАBT ishining umumlashtirilgan blok-sxemasi berilgan, bunda, U(t) - kirishda nazorat qilinayotgan boshqaruvchi taʼsirlar; X(t) - kirishda nazorat qilinayotgan parametrlar; Z(t) - kirishda nazorat qilinayotgan parametrlar, lekin boshqarilmaydigan parametrlar; Y(t) - texnologik jarayonning chiqishdagi oʼzgaruvchisi.



Texnologik jarayonning kirish va chiqish parametrlari haqidagi axborot oʼlchov asboblarining datchigi va axborotni kiritish-chiqarish kompleksi orqali raqamli hisoblash mashinasiga (RHM) boradi. Bu axborotni (yoki uning bir qismini) operator ham aloqa qurilmasi orqali RHM ga kiritishi mumkin. Bu holda operator nazorat qurilmasidagi koʼrsatkichlardan foydalanadi. Boshqaruvchi RHM oldindan belgilangan algoritmlar va boshqaruv dasturi, boshqarish maqsadi, tanlangan optimallash simvoli, cheklashlar asosida maʼlum bir tartib bilan kirgan axborotni qayta ishlaydi. Tizim texnologik jarayonini avtomatik rejimda bosharishi mumkin yoki boshqarish rejimi shunday boʼlish mumkinki, unda boshqaruvchi raqamli hisoblash mashinasi (RHM) aloqa qurilmasi orqali operatorga texnologik jarayonni ijro etuvchi organlar yoki topshiriq bergichlarni masofadan turib boshqarish uchun maʼlum tavsiyalar beradi (yaʼni, «maslahat rejimi»). TJАBT larni loyihalash shunday tashkil qilinishi kerakki, unda operatorlar va texnik vositalarning imkoniyatlari toʼla foydalanib, kelajakka avtomatik boshqarish tizimlari (АBT) keng oʼrin egallasin, inson esa faqat texnologik uskunalar va boshqarish tizimlarining aniq buzilmasdan ishlashini nazorat qilish hamda yordamchi amallarni bajАRTin. Umumiy koʼrinishda tizimning matematik modelini quyidagicha ifodalash mumkin:

Bu yerda, - TJАBTning harakat sikli boshidan bu harakat natijasida olingan nazorat axborotgacha ketgan vaqt; - hisoblashning boshlanishi; T – jarayonni kuzatish vaqtining muddati; A – TJABT butun harakatining operatori; B va C – boshqarishning va boshqarilmaydigan kirish taʼsirlarining operatorlari.

Boshqarish tizimining dastlabki vaqtdagi harakat natijasi TJАBT uchun y(t) funktsiya boʼlak - tekis kamaymas funktsiya koʼrinishiga ega.

Matematik modelning koʼrinishi boshqarish taʼsirini amalga oshirish vaqti va texnologik jarayon siklining muddati orasidagi nisbatga bogʼliq. Umumiy holda boshqaruv taʼsirining kechikish vaqti texnologik jarayon holatining oʼzgarishiga nisbatan quyidagicha bogʼlangan:





бунда,  - кириш параметрлари ҳолатининг ўзгаришидан чиқиш координаталарининг ўзгаришигача ўтган вақт (жараён вақти); n – қандайдир константа (0< n < ). Агар 0<  1 бўлса, ТЖАБТ реал вақт масштабида синхрон бошқариш имконини беради, у ҳолда



бу ерда,  - жараён ҳақида ахборотни РҲМ га киритилган жараён ҳақидаги ахборотни ҳисоблаш вақти ; - бошқарув таъсирини ҳисоблаш вақти;  sof kechikish vaqti (yangi boshqaruv taʼsirlarining harakati natijasida chiqish oʼzgaruvchisining yangi qiymati haqida nazorat axborot olinguncha oʼtgan vaqt).

Bunday boshqarishga mutanosib (P), mutanosib-integral (PI) yoki mutanosib-integral-differentsial (PID) rostlash qonunlarini amalga oshiruvchi va RHM dan bevosita raqamli boshqarish (BRB ) rejemida ishlovchi koʼp konturli stabillash tizimlari misol boʼladi.

TJАBT tarkibiga 1-rasmga binoan, quyidagi qurilmalar kirishi lozim:

1. Fizik-texnik parametrlarni oʼlchashni taʼminlovchi avtomatik oʼlchash asboblarining komplekti. Bunda oʼlchash natijalari unifikatsiyalashgan signallar holida boʼlish (elektr-analogli yoki diskret) va qabul qiluvchi qurilmaning kirish xarakteristikalari bilan moslashgan boʼlishi lozim. Meʼyorlovchi oʼzgartgichlar guruh holida boʼlganda bir turli oʼlchash oʼzgartgichlari kommutatorlar yoki aylanuvchi qurilmalar yordamida navbatma-navbat kirish axborotini hisoblovchi umumiy qurilmaga ulanadi. Kimyoviy tahlil natijalari, tex nologik jarayonni boshqarish uchun berilgan topshiriqlar, texnika-iqtisodiy maʼlumotlar RHM ga operator pulьtining klavishli registrlari orqali, shuningdek, perfokarta, perfolenta, magnitli kartalar yordamida kiritiladi.

2. Ijro etuvchi mexanizmlarning yordamchi asbob va elektr signallarni, texnologik jarayonlarni boshqarish buyrugʼiga oʼzgartiruvchi qurilmalar, RHM hisoblab chiqqan boshqarish taʼsirlari quyidagi qurilmalarga yuborilishi mumkin:

1) «kod-elektr signalli» oʼzgartgichiga, soʼngra analogli rostlagichga yoki bir vaqtda quvvat kuchaytirgichi va uni rostlovchi organni (RO) harakatga keltiruvchi vazifasini bajaruvchi pozitsion harakatli ijro etuvchi mexanizmga (IEM); 2) «kod-vaqt intervali» oʼzgartgichiga, soʼngra IEM ni boshqarishga; 3) «kod-impulьslar qiymati» oʼzgartgichiga, soʼngra qadamli dvigatellarni boshqarishga; 4) bir nechta xonali diskret chiqishlardan iborat boʼlgan diskret-kodli signallar koʼrinishida; 5) ikki pozitsiyali RO ni boshqaruvchi releli yoki kontaktsiz diskret signallar koʼrinishida.

3. Boshqaruvchi raqamli hisoblash mashinasi, bunga boshqaruvchi hisoblash qurilmalari hamda RHM va obʼekt orasida ikki tomonlama axborotli aloqani amalga oshiruvchi chetki texnika kiradi. Bunda RHM lar texnika-iqtisodiy masalalarni hisoblashda ishlatiladi va boshqarishning yuqori bosqichlarida foydalaniladi. BHM da obʼekt bilan aloqa qurilmasi (OAK) boʼlib, u oʼlchov oʼzgartgichlaridan kelgan axborotni qabul qiladi va dastlabki hisoblash ishlarini bajaradi. Hisoblash komplekslarining agregat asosida tuzilishi jarayonning quvvatini oshirish, xotirani koʼpaytirish va OАQ ni ulab, kerakli strukturaga ega boʼlgan hisoblash tizimini tuzish imkonini beradi. Tizimning ishlashi uchun boshqaruv-hisoblash kompleksi tarkibida standart dasturlar nazarda tutilgan (standart dasturlar kutubxonasi, xizmat qiluvchi, tashkil etuvchi va uzaytiruvchi dasturlar).

4. TJАBT ni vazifalari va tizim hal qilayotgan masalaga binoan dasturlar kompleksiga ega boʼlgan funktsional dasturlar bilan taʼminlash;

5. BRHM va obʼekt orasida apparatli aloqa oʼrnatuvchi obʼekt bilan aloqa qurilmasi (kabelli, simli, releli aloqa yoʼllari va kirish-chiqish signal parametrlarini moslashtiruvchi qurilmalar).

6. Texnolog-operatorni texnologik jarayonning ketishi haqida kerakli axborot bilan taʼminlash, shuningdek, masofadan turib boshqarishni bajarish,hisoblash kompleksiga tizimni ishga tushirish va toʼxtatish signallarini kiritish imkonini beruvchi operator bilan aloqa qurilmasi (boshqa¬rish pulьti, axborot tablosi va boshqalar).

7. Texnolog-operatorlar, uskuna sozlovchilar va yuqori malakaga ega boʼlgan boshqarish mutaxassislarini oʼz ichiga oluvchi operatorlar xizmati.

Har bir konkret avtomatlashtirilgan tizim oʼzining hal etayotgan koʼp sonli masalalari va ularning murakkab ierarxik oʼzaro bogʼlanishi; boshqa texnik vositalarni hamda hisoblash tizimlari tashkil etishning maxsus usullarini qoʼllash zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.



Xulosa

Аvtomatlashtirishning printsipial sxemasi loyihaning asosiy texnikaviy hujjati boʼlib, u texnologik qurilmaning avtomatlashtirilish darajasi va printsipini koʼrsatadi. Bunda boshqarish tizimini tuzishning bosh bosqichida qabul qilingan barcha printsipial yechimlar oʼz ifodasini topadi. Chizma boshqarish obʼekti, nazorat, rostlash, dasturli boshqarish, signalizatsiya, blokirovka, himoya va avtomatlashtirishda ishlatiladigan vositalar haqida tushuncha berishi lozim. Odatda signalizatsiya, blokirovka va himoya maxsus chizmalarda kengaytirib beriladi. Printsipial chizmalarda boshqarish organlari va kommunikatsiyalar bilan birga texnologik qurilmalarning chizmasi, avtomatlashtirish vositalarini, texnologik agregatlarning turli qurilmalari bilan avtomatlashtirish vositalari oʼrtasidagi oʼzaro bogʼlanishlarni sxematik koʼrsatiladi.

Аvtomatlashtirish masalalari texnologik vositalardan foydalanib hal etiladi, bu vositalarga tanlangan qurilmalar, dastlabki axborotni aniqlovchi vositalar, axborotni almashtirish va qayta ishlov berish vositalari, xizmat koʼrsatuvchi xodimlarga axborotni tanishtirish va chiqarib berish vositalari hamda yordamchi vositalar kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy:
1. Yusupbekov N.R. va boshqalar, «Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari»
Toshkent, «O‟qituvchi», 1997y.

2. Mansurov X.M. «Avtomatika va paxtani dastlabki ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish»,

Toshkent, «O‟zbekiston», 1996y.
3. Ulug‟murodov N.X., Uljaev E.U., Mirzaraximov M.M., Usmonov T. “Avtomatika kursidan praktikum”, Toshkent, “FAN”, 2008 y.
Qo’shimcha:
4. Ulug‟murodov N.X., Uljaev E.U. «Avtomatika» fanidan laboratoriya ishlari bo‟yicha uslubiy qo‟llanma, Toshkent, 2000 y.
5. Yusupbekov N.R. va boshqalar, «Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish», Toshkent, «O‟qituvchi», 1982y.
6. Pugachyov A.V. «Kontrol i avtomatizasii pererabotki sipuchix materialov», Energoatomadat, 1989g.
7. Mansurov X.M. «Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish», Toshkent, «O’qituvchi», 1987y.
8. «Avtomaticheskie pribori, regulyatori i vichislitelnie sistemi». Spravochnoe posobie pod red.

V.D.Kosharskogo.-L: 1976y.


9. Ivashenko N.N. Avtomaticheskoe regulirovanie. Teoriya i elementi sistem. Uchebnik dlya VUZov. M: «Mashinostroenie» 1978, 736s.
10. Mayzel M.M. Osnovi avtomatiki i avtomatizasii proizvodstvennix prosessov.-M: Visshaya shkola, 1964.
Download 60.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling