Mavzu: Tog' jinslari tarkibidagi minetallar, ularning geologik tuzulishi, kelib chiqish sharoiti va qo'llanilishi. Reja
Download 32.37 Kb.
|
Tog\' jinslari tarkibidagi minetallar, ularning geologik tuzulishi, kelib chiqish sharoiti va qo\'llanilishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Minerallar va ularning xossalari
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
Cho’kindi tog’ jinslari
Choʻkindi togʻ jinslarining tuzilishi bilan genezisi orasidagi aloqa otqindi jinslarnikiga qaraganda yanada yaqqolroq koʻrinadi. Chaqiq togʻ jinslari donalarining oʻzaro joylashishi bilan aniqlanadigan teksturasi 3 xil asosiy tipda; tartibsiz, qatlamli va flyuidalli boʻladi. Chaqiq toshlar sementlangan (kvars, opal, kaltsit) yoki oʻzaro bogʻlanmagan boʻlishi mumkin. Organogen togʻ jinslarining tuzilishi, ayniqsa, keng tarqalgan karbonat jinslar (ohaktosh, dolomit) da xilmaxil boʻladi. Bu jinslar tarkib topgan organik qoldiqlar yaxshi saqlanganda, struktura butkul shu organizmlarning tavsifi bilan aniqlanadi: bu strukturalar biomorfli va yaxlit chigʻanokli deb ataladi. Biogen jinslar uchun qayta kristallanish va metasomatizm strukturalari xos. Xemogen togʻ jinslarining tuzilishi turli oʻlchamdagi kristall donalarining oʻsishi bilan tavsiflanadi. Xemogen togʻ jinslarining teksturasi orasida oolitli, massivli va qatlamlilari koʻp tarqalgan. Minerallar va ularning xossalari Mineral bu — yer qobig‘I tarkibiga kiruvchi noorganik xossali modda. Ba’zan neft, kumir va ohaktoshni ham mineral deyishadi. Aslida ular qachonlardir Yer yuzasida yashagan jonzot va o‘simliklardan paydo bo‘lgan. Odatda minerallar ikki guruhga: Metall va nometall mineral ma’danlarga bo‘linadi. Metall minerallarga— qo‘ng‘ir temirtosh (temir), mis rudasi, boksitlar (alyuminiy), nometall minerallarga — kvars, asbest, kalsitlar kiradi. Odatda minerallar kristall holatda uchraydi. Tog jinslarini minerallar bilan chalkashtirmaslik kerak, zero ular bir-biridan farq qiladi. Mineral o‘ziga xos tuzilishga ega. Yer sharining har qanday nuqtasidan topilgan minerallarking rangi, qattiqligi (pishiqligi) va yana boshqa xususiyatlari bir xil bo‘ladi. Tog jinslari tarkibida ham granit, kvars, dala shpati, slyuda va boshqa minerallar bor, lekin bir joydan topilgan granit tarkibidagi minerallar soni boshqa bir hududdagi granitdagiga nisbatan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Minerallar turli konlardan olinadi. Ularni tog jinslari va qum tarkibida ham uchratish mumkin. Minerallar tuzilish jihatdan bir-biridan farq qiladi. Masalan, ayrim minerallar "magma" deb ataluvchi vulqonli qaynoq suyuq moddaning kristallanishi yoki qotishidan yuzaga keladi. Olmoslar, slyudalar va dala shpatlari ana shunday paydo bo‘ladi. Ayrim minerallar bejirimligi va tabiatda kam uchraganligi tufayli qimmat sanaladi va ular qimmatbaho toshlar (olmos, yoqut, topaz) sirasiga kiradi. Ona tabiat boshqa minerallarga ham boy. Tabiatda, ayniqsa, kvars ko‘p. Yer sharining deyarli barcha mintaqasida uning 200 ga yaqin turi borligi ma’lum. Ko‘pchilik, olmos faqat rangsiz bo‘lishi mumkin degan xato fikrlaydilar. Haqiqatda esa, olmos ranglar palitrasiga har qaysi qimmat baho tosh havas qilishiga arziydi. Ammo, hozirda, hamma rangli olmoslar rangi ham, tabiiy emas. Ko‘pgina toshlarga sun’iy ravishda rang berishadi. Bu ularning kamyobligi bilan tushuntiriladi. Moos shkalasi (qattiqlikning mineralogik shkalasi) ishlab chiqarilganligiga qadar, toshlarni ranglarga qarab ajratishgan. Shunday qilib, barcha yashil toshlar zumrad, qizil toshlar esa, yoqutga aylangan. Haqiqiy zumrad, brilliantdan qimmat. Yoqutlarning 95%i sun’iy ravishda yaxshilantiriladi. Bundan faqatgina haqiqatdan ham katta va o‘ta chiroyli toshlar xalos bo‘lishlari mumkin. Yoqut va sapfir – bir xil narsa. Bu toshlar orasidagi farq ularning rangidadir. Barcha topilgan olmoslarning 90%i, sanoatda foydalaniladi va faqatgina 10%i zargarlik do‘konlariga boradi. Aleksandrit shoh Aleksandr, bo‘lajak imperator Aleksandr II sharafiga nomlangan. Akvamarin va zumrad – bir xil narsa, gap shundaki, turli xil kimyoviy elementlar aralashmasi, har xil rang beradi. Xrom zumradga yashil, alyuminiy esa, akvamaringa havo rang beradi. Topaz, quyoshda xiralashish va rang yo‘qotish kabi yomon odatlarga ega. Shuning uchun, bu mineral mavjud bo‘lgan zeb-ziynatlarni plyajga taqmaslik maslahat qilinadi. “Qizil zumrad” ham mavjud. Aslida esa, bu – berillning qizil rangdagi turi, Biksbit. Bu o‘ta kamyob mineral bo‘lib, u faqat AQShning Yuta shtatida topiladi. Pushti rangdagi topaz – ushbu mineralning eng nodir rangli turi. Aynan pushti topazlarni ko‘pincha soxtalashtirishadi. Ba’zi minerallar juda havfli. Masalan, charoit “minichernobыl”ga, kinovar esa “dars etgan simobli termometr”ga aylanishi mumkin. Deyarli barcha zumradlar darzlar va aralashmalarga ega (har xil ma’lumotlarga ko‘ra, 90-95%). Lekin bu ularning narxini pasaytirmaydi, chunki mineral uning rangi va to‘yinganligi bo‘yicha baholanadi. Kreml yulduzlari yoqut oynasidan yasalgan. Geologik tuzulishi, kelib chiqish sharoiti va qo'llanilishi - mineral va mineral agregatlaridan iborat togʻ jinslarining tuzilish tavsifi. "Togʻ jinslari tuzilishit." umumlashma termin boʻlib, togʻ jinslarining strukturasi va teksturasi tushunchasini oʻz ichiga oladi. Struktura minerallarning oʻlchami, shakli va oʻzaro joylanishi bilan aniklanadi; tekstura togʻ jinslarining yirikroq tarkibiy qismi (mineral agregatlar)ning umumiy hamda boʻshliqsa joylashish xususiyatlari bilan aniklanadi. Magmatik togʻ jinslarining tuzilishi. Magmatik togʻ jinslarining strukturam magmaning tarkibi va uning sovish sharoitlariga bogʻliq. Otqindi, tomir va effuziv jinslarda ular turlicha boʻladi. Otqindi jinslar uchun toʻliq kristalli strukturalar xos boʻlib, unda jinslarning barcha moddalari qayta kristallanadi. Magma tarkibida uchuvchi komponentlarning boʻlishi kristallanish trasini pasaytiradi va magmaning qayishqokligini kamaytiradi, bular esa kristallizatsiya jarayonini toʻliq boʻlishiga sabab boʻladi. Shuning uchun, nordon magmaning chuqur sharoitda, uchuvchi komponentlarni saqlagan holda sekin sovishi toʻliq kristallangan donador jinslar (mas., granit) hosil boʻlishiga olib keladi. Idiomorfizmning turli darajadagi jins hosil qiluvchi minerallar yigʻindisi boʻlgan strukturalar — gipidiomorf donadorli (granit, siyenit va dioritlar) deyiladi. Eritmadan bir vaqtning oʻzida dala shpati va kvarsning ajralishi pegmatitsimon yoki grafiksimon strukturalarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Kristallarning nisbiy oʻlchamiga qarab, tekis donador va notekis donador boʻladi. Notekis donadorlari porfirli va porfir koʻrinishli boʻladi. Porfir koʻrinishli strukturalarda togʻ jinsining massasi mayda va oʻrta donali boʻlib, aloxida minerallarning yirik porfirli boʻlakchalaridan tashkil topadi. Otqindi jinslardagi teksturalar orasida eng avvalo massivli yoki bir jinsli teksturalar boʻlib, ularda barcha minerallar jins boʻylab bir tekisda tarqalgan va hamma maydo nlarda taxminan bir xil tarkib va strukturaga ega boʻladi. Har xil jinsli taksitli teksturalar ham keng tarqalgan. Yoʻlyoʻl va flyuidal teksturalar minerallarning oriyentirli joylashuvi bilan kristallanayotgan magmaning harakatlari vaqtida vujudga keladi. Tomirli va effuziv togʻ jinslariga porfirli struktura xos boʻlib, u magmaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishiga bogʻliq boʻlgan tez kristallanishini ifodalaydi; baʼzan bu struktura otkdndi jismlarning chekka qismlarida kuzatiladi, tog jinslarining asosini tashkil qiluvchi zich (afanitli) massasida minerallarning yirik xolxol ajratmalari borligi bilan bogʻliq. Xolxolligi boʻlmagan effuziv jinslarning strukturalari afanitli deb ataladi. Asosiy massaning strukturalari orasida shisha va kris. tallar (mikrolitlar) nisbatiga qarab shishali yoki vitrofirli, yarim kristalli va mikrolitli strukturalar fark, qilinadi. Effuziv jinslarning kristallanish darajasi magmaning tarkibi va uning kristallanish geologik sharoitiga bogʻliq. Yer yuzasida lavaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishi birgalikda tez sodir boʻladi. Nordon va oʻrtacha lavalar (liparitli, andezitli) yarim kristallangan va asosiy massalarida ingichka (mm ning oʻndan va yuzdan bir kismi) mikrolitlar boʻlgan shishasimon jinslar (obsidian, pemza) hosil qiladi. Asosiy va suyuqroq lavalar Yer yuzasida yarim kristallangan jinslar koʻrinishida soviydi. Xulosa Yer poʻstini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiiy mineral agregatlardir. "Tog’ jinslari" termini hozirgi maʼnoda 1798 yildan beri ishlatilib kelinadi. Odatda tog’ jinslari deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Tog’ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Tog’ jinslaridagi minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga boʻlinadi: magmatik (otqindi), choʻkindi va metamorfik jinslar . Yer poʻstining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% choʻkindi togʻ jinslaridan iborat, ammo yer yuzasining 75% maydonini choʻkindi togʻ jinslari egallaydi. Tog’ jinslariningning kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi, ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topganini bilib olamiz FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI: Oripova M “Geomehanika. Ma’ruzalar matni” Toshkent 2001-yil. Oripova M “Geomehanika fanidan laborotoriya ishlarini bajarish uchun qo’llanma” Toshkent 1999-yil. Internet saytlari: ziyonet.uz, wikpedia.org, muloqot.uz, listverse.com. Download 32.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling