Mavzu: To’g’ri burchakli proeksiyalar..
Dars maqsadi:
|
Ta’limiy maqsad:
|
Bilimlar: Proyeksiya haqida tushuncha,proyeksiya turlari, ularni hosil bo’lishi haqida ma’lumotlar berish Proyeksiya hosil qilishni o’rgatish..
|
Ko’nikmalar: Jismlarni tekisliklaridagi proyeksiyalarini to’g’ri bajara olish.
|
Malakalar: Detallarning chizmalarini chizishda proyeksiyalsh usullaridan amalda foydalana olish.
|
Tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
Rivojlantiruvchi maqsad:
|
Tayanch kompetensiya
| |
Axborot bilan ishlash
|
Shaxs sifatida o’z - o’zini rivojlantirish
|
Umummadaniy
|
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish (1 Izoh. Tayanch kompetensiyalar)
|
Xususiy kompetensiya
|
Ish qurollaridan to’g’ri foydalanish
|
Chizmalarni chizishni o’rganish, tahlil qilish va o’z - o’zini nazorat qilish
|
Chizmalarni o’qish tartibi va chizmani ketma - ketlikda to’g’ri bajarish
|
Chizmachilikda qo’llaniladigan atamalarni bilish va
chizmalarni o’qishda qo’llay olish (2 Izoh. Xususiy kompetensiyalar)
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Dars turi:
|
aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi
|
Dars shakli:
|
interfaol mashg’ulot: amaliy, savol – javob, jamoa bo’lib ishlash
|
Dars metodi:
|
interaktiv metodlar: kichik guruhlar bilan ishlash, Klaster metodi
|
Dars usuli:
|
vizual ma’ruza, taqdimot, suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy mashg’ulot
|
Dars jihozi:
|
darslik, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT
|
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI:
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod va usul
|
Vaqt
|
I - bosqich:
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash,
sinfni darsga tayyorlash
|
Savol - javob
|
2 min
|
II - bosqich: O’tilgan mavzuni takrorlash
|
O’tilgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash,
|
Savol - javob, guruhlarda ishlash
|
5 min
|
III - bosqich: Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzuni tushuntirish, o’tilgan mavzu bilan bog’lash
|
Visual ma’ruza, ko’rsatmalilik
|
10 min
|
IV - bosqich:
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, o’tilgan mavzu bilan umumlashtirish
|
“Klaster”,
kichik guruhlarda ishlash
|
15 min
|
V - bosqich:
Baholash
|
O'quvchilarni baholab, rag’batlantirish (5 ballik reyting)
|
Individual so’rov,
Frontal so’rov
|
4 min
|
VI - bosqich:
Uyga vazifa
|
Uyga vazifani tushuntirish,
grafik ish topshiriqlarini tarqatish
|
Suhbat, ko’rsatmalilik
|
4 min
|
Tushuncha va atamalar:
Proyeksiya – narsalarni tekislikdagi tasviri
Ortogonal - orto-to’g’ri,gonal-burchak,ya’ni to’g’ri burchak.
Uch – qirralarning o’zaro kesishgan joyi (nuqtasi).
Qirra – yoqlarning o’zaro kesishgan joyi (chizig’i).
Yoq – qirralar orasidagi tekis joy.
D A R S N I N G B O R I S H I
Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash va sinfni darsga tayyorlash
Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
Dars shiori: “ Ilm sahroda- do’st,hayot chorraxalarida-tayanch,yolg’iz damlarda-yo’ldosh,bahtiyor daqiqalarda-raxbar,qayg’uli onlaarda-madadkor,odamlar orasida-zebu-ziynat,dushmanlarga qarshi kurashda-quroldir’’
2.O’tilgan mavzuni takrorlash.
O’qituvchi qo’l harakati orqali geometrik jismlarning shakllarini fazoda tasvirlaydi. Guruh a’zolari ko’rsatilgan geometrik jismlarning proyeksiyalarini eskiz sifatida ish daftarlariga 20 soniya ichida chizishlari zarur. (3 Izoh)
2.Tarqatmali savollarga javob berish.
1.Chizmachilik fani nimani o’rgatadi?
2.Chiziq turlari necha xil?
3.Shrift nima?
4.Mashtab va uning turlari?
5.Gorizontal chiziq deb nimaga aytiladi?
6.,,Girih’’ so’zining ma’nosi nima?
Yangi mavzuni o’tilgan mavzuga bog’lagan holda, darslik asosida yoritiladi. Qo’shimcha ma’lumot va chizmalar kiritilgan slaydlardan foydalaniladi.
Paint dasturida geometrik jismlar proyeksiyalarini chizish. (2 Ilova. 2 – Slayd)
Word matn muharririda geometrik jismlar proyeksiyalarini chizish (2 – Ilova.3 Slayd)
3.Yangi mavzuni bayoni:
Buyumning shakli, o’lchamlari haqida to’liq ma’lumot beruvchi vosita chizma hisoblanadi.Chizma tasvirlash usullari orqali hosil bo’ladi. Tasvir yasashning asosi proyeksiyalash usuli hisoblanadi.
Narsalarni chizmalarda tasvirlash usullari. Narsalarning tekislikdagi tasviri proyeksiya deyiladi. “Proyeksiya” lotincha so’z bo’lib - oldinga, ilgariga tashlamoq- degan ma’noni anglatadi. Proyeksiyalash usuli ikki hil bo’ladi. 1 Markaziy proyeksiyalash
2 Parralell proyeksiyalash.
Markaziy proyeksiyalash: Biror narsaning tekislikdagi proyeksiyasini hosil qilish uchun o’sha narsaning o’zi tasvir (proyeksiya) tushirish uchun tekislik va yoritgich manbai bo’lishi kerak.
Parallel proyeksiyalash: Yoritgich manbai sifatida Quyosh yoki Oy olinsa, parallel proyeksiyalash hosil qilinishi mumkin. Chunki yoritgich markazi bu yerda cheksizlikda bo’lib, Quyosh va Oydan kelayotgan yoritish nurlari o’zaro parallel hisoblanadi. Parallel proyeksiyalash, o’z navbatida, ikki hil ko’rinishda: qiyshiq burchakli va to’g’ri burchakli bo’ladi. To’g’ri burchakli parallel proyeksiyalashni orthogonal (yunoncha orto- to’g’ri gonal- burchak, ya’ni to’g’ri burchakli) proyeksiyalash ham deyiladi1.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Tez yordam”. Geometrik jismlar nomini yozish.
“ Klaster”. Geometrik jismlarning kombinatsion tasvirlari ko’rsatiladi. Guruh a’zolari bir - birining javoblarini to’ldirgan holda tasvirdagi geometrik jismlar nomlarini aytishadi. (1 Ilova. 4 TM. KGJ)
V .Baholash. O’quvchilar ballari ekspert tomonidan hisoblab chiqiladi. Guruh a’zolari geometrik jismlar maketlari bilan taqdirlanadi va umumiy ballar to’planib, g’olib guruh aniqlanadi.
VI.Uyga vazifa.
Mavzuga oid ”Topshiriqlar blankasi” (darslik bilan birgalikda individual ishlashga mo’ljallangan).
.
Do'stlaringiz bilan baham: |