Mavzu: To‘g‘ri chiziq va tekislikning fazodagi o‘zaro vaziyatlari. Tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro kesishishi


To‘g‘ri chiziq va tekislikning fazodagi o‘zaro vaziyatlari


Download 0.83 Mb.
bet2/7
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#186315
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tekislik

To‘g‘ri chiziq va tekislikning fazodagi o‘zaro vaziyatlari

  • To‘g‘ri chiziq va tekislik fazoda o‘zaro quyidagi vaziyatlarda bo‘lishi mumkin:
  • - to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli (aP) -to‘g‘ri chiziq tekislik bilan kesishadi (aP),
  • -to‘g‘ri chiziq tekislikka parallel (a P),
  • - to‘g‘ri chiziq tekislikka perpendikulyar (aP).

Tekisliklarning o‘zaro perpendikulyarligi

  • Ta’rif. Tekislikka perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri chiziqdan o‘tuvchi barcha tekisliklar berilgan tekislikka perpedikulyar bo‘ladi.
  • Bu ta’rifdan quyidagi xulosaga kelish mumkin, ya’ni tekislikka tegishli to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar bo‘lgan har qanday tekislik mazkur tekislikning o‘ziga ham perpendikulyar bo‘ladi (1.1 -rasm).
  • Demak, bir-biriga perpendikulyar bo‘lgan tekisliklarni yasash ikki usul bilan bajarilishi mumkin:
  • Tekislikka perpedikulyar to‘g‘ri chiziqdan tekislik o‘tkazish
  • Tekislikka tegishli to‘g‘ri chiziqqa perpedikulyar tekislik o‘tkazish.
  • Ta’rif. Agar biror tekislik ikki tekislikka umumiy bo‘lgan to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar bo‘lsa, u holda bu tekislik har ikkala tekisliklarga ham perpendikulyar bo‘ladi.
  • Ma’lumki, Q va P tekisliklarga umumiy bo‘lgan to‘g‘ri chiziq ularning l kesishish chizig‘i bo‘ladi. Tekisliklarning l kesishish chizig‘ida ixtiyoriy B nuqta tanlab olamiz (1.2-rasm). Bu nuqtadan l ga perpendikulyar qilib a va b chiziqlarni o‘tkazamiz. Natijada ab kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlar T tekislikni hosil qiladi. Bu tekislik esa berilgan Q va P tekisliklarga perpendikulyar bo‘ladi.
  • Demak, berilgan T tekislikka perpedikulyar bo‘lgan l to‘g‘ri chiziqdan o‘tuvchi har qanday tekislik unga perpendikulyar bo‘ladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling