mavzu: To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli Reja


Download 39.46 Kb.
bet1/5
Sana17.11.2023
Hajmi39.46 Kb.
#1782574
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mavzu To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarining iqtisodiy-hozir.org


mavzu: To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli Reja

4.2 – mavzu: To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli
Reja:


1.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli




2.

Xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar va kafolatlar




1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda TTXIlarning salmog‘i va ulardan qanchalik darajada samarali foydalanayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, TTXI mablag‘lari rivojlanayotgan davlatlar uchun juda zarur hisoblanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) kapitalni joylashtirish shakli bo‘lib, investorni qimmatli qog‘ozlarga yoki mulkka bo‘lgan bevosita huquqidan dalolat beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, kapital qo‘yuvchi davlat yoki uning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan investitsiyalarni kapital qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga joylashtirishini anglatadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya bu transchegaraviy investitsiyalarning shunday turiki, unda bir iqtisodiyotdagi rezident boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonaga investitsiya kiritishi uning boshqaruvini nazorat qilish yoki unga salmoqli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Bunda boshqaruvni nazorat qilish uchun korxonaning kamida 50 foiz ovoz berish huquqi, unga salmoqli ta’sir ko‘rsatish uchun esa 10-50 foiz ovoz berish huquqi talab qilinadi. BMTning Savdo va rivojlanish tashkilotining 1999 yildagi Jahon investitsiya hisobotida aytilishicha esa TTXI bu bir iqtisodiyotdagi rezident birlikning (xorijiy investor yoki bosh korxona) boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonaga uzoq muddatli aloqa, davomli manfaat va nazoratni ko‘zlab kiritgan investitsiyasidir.
TTXIni investor mamlakat nuqtai nazardan gorizontal, vertikal va konglomerativ turlarga ajratish mumkin. Gorizontal TTXI xorijiy mamlakatda o‘z mamlakatida ishlab chiqaradigan mahsulotlar turi bilan bir xil mahsulot ishlab chiqarish uchun yo‘naltirilgan investitsiyalardir. Shu sababli gorizontal TTXI uchun mahsulot differensiatsiyasi bozor tuzilmasining muhim elementi sifatida qaraladi. Boshqacha aytganda, gorizontal TTXI monopolistik yoki oligopolistik ustunliklardan yanada to‘liqroq foydalanish uchun amalga oshiriladi. Bu ayniqsa, monopolistik ustunliklardan mahalliy bozorlarda foydalanish monopoliyaga qarshi qonunlarga zid kelib qolgan holatlarda ayni muddaodir.
Vertikal TTXI esa chet eldagi xom ashyo materiallardan foydalanish yoki distribyuterlik savdo shoxobchalari orqali iste’molchilarga yaqinlashish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda turli mamlakatlar ishlab chiqarishning turli bosqichlari yoki omillari bilan qatnashadi. Masalan, uzoq vaqt mobaynida AQSH avtomobil ishlab chiqaruvchilari Yaponiya avtomobil bozoriga kirishda qiyinchiliklarga duch kelganlar. Chunki Yaponiyalik avtomobil dillerlari o‘z ishlab chiqaruvchilari bilan yaqin biznes aloqalariga kirishgan va bu xorijiy avtomobillarga nisbatan qarshilikni tug‘dirayotgan edi. AQSH avtomobil dillerlari bu to‘siqni yengib o‘tish uchun Yaponiyada o‘z mahsulotlarini sotishda o‘z dillerlik tarmoqlarini ochishga kirishganlar.

Download 39.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling