Toshkent arxitektura qurilish universiteti


Download 159.81 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi159.81 Kb.
#1513715
TuriReferat
Bog'liq
Eldornikim


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRI

TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI
‘‘QURILISHNI BOSHQARISH” fakulteti

KO’CHMAS MULK VA IQTISODIYOTNI BOSHQARISH’’ kafedrasi


LOYIHALASH ASOSLARI’’ fanidan

REFERAT
MAVZU: Investitsiyalar loyihalar va dasturlari hamda ularni iqtisodiyotini modernizatsiyalashdagi o`rni


BAJARDI: 31-20 guruh
Aminov. E

QABUL QILDI: I.Karimov

Toshkent-2023

REJA:


I.KIRISH

II.ASOSIY QISM

1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida investitsiya siyosatining mohiyati va xususiyatlari.
2. Investitsiya-qurilish jarayoni, uni tashkil qilish va samaradorligi.
3. Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari.
III. XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.



Bugungi sharoitlarda, masalan, O‘zbekistonda bu siyosat shahar va qishloqlarni qayta ta’mirlash va obodonlashtirishga, yangilarini qurishga, sanoat va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va texnik qayta jihozlash, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish, qazilma boyliklar zahirasini xo‘jalik aylanmasiga samarali jalb qilishga, tabiatni muhofaza qilish va hokazolarga qaratilgan.
Demak, investitsiya siyosati - bu davlatning ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirishni, iqtisodiyotni modernizatsiyalashga qaratilgan siyosatidir. Bu siyosat ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning ustivor yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir.
Investitsiya-qurilish jarayoni ham zamonda, ham makonda amalga oshiriladi. Umumiqtisodiy va ijtimoiy jarayonning tarkibiy qismi bo‘lgan investitsiya jarayoni investitsiya maqsadlarining texnik-iqtisodiy asoslashni (T1), ob’yekt va inshootlarni o‘rganish va loyihalashni (T2), qurilishning o‘zini (T3) va ob’yektni foydalanishga topshirishni, uni sinash, tekshirish va ekspertlar tomonidan baholashni o‘z ichiga oladi. Bundan kelib chiqqan holda vaqtda o‘lchanadigan investitsiya jarayoni quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:
Tip = T1 + T2 + T3 + T4
Kapital qo‘yilmalarining umumiy (absolyut) samaradorligini quyidagi tarzda hisoblanadi:
a) respublikaning xalq xo‘jaligi va uning tarmoqlari, umuman xalq xo‘jaligi bo‘yicha Exx – solishtirma baholarda yillik daromad (sof mahsulot) o‘sishi(∆D)ning, kapital qo‘yilmalarning o‘sishi(K)ga nisbati sifatida aniqlanadi:
Exx = ∆D / K
Exx kattaligi normativ umumiy (absolyut) samaradorlik En bilan qiyoslanishi lozim, agar Exx>En bo‘lsa kiritilayotgan kapital qo‘yilmalar samarali hisoblanadi;
b) sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo, kapital qurilishlarning kompleks dasturlari sohalari, alohida texnik-iqtisodiy muammolar bo‘yicha umumiy (absolyut) samaradorlik ko‘rsatkichi Exxt – sof mahsulot yillik o‘sishining(∆SM), ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi:
Moliyaviy munosadatlarni boshqarishning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi ko`p jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog`liq. Bu esa o`z navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning budjet siyosatini asosiy belgisi budjet mablag`laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo`lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bo`lib soliq yukining iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida optimal nisbatini belgilashdir.
Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir.
Darhaqiqat, mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga, ya`ni tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda va vertikaliga, ya`ni boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi.
Investitsion loyiha yuzaga kelgan vaqtdan toki u tugatilgunga qadar oʻtgan vaqt oraligʻiga investitsion loyihaning hayot davri, loyiha bosib oʻtishi lozim boʻlgan holatlarga esa fazalar, bosqichlar deyiladi. Loyihalar hayot davri(LHD) ning quyidagi bosqichlari farqlanadi:
1. Investitsiya oldi bosqichi.
a) investitsiya imkoniyatlarining tahlil;
b) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash;
v) texnik-iqtisodiy asoslash;
g) investitsiya imkoniyatlari toʻgʻrisida doklad.
2. Investitsiya bosqichi.
a) muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish;
b) loyihalashtirish;
v) qurish(qurilish ishlarini amalga oshirish);
g) marketing;
d) xodimlarni oʻqitish.
3. Ekspluatatsiya bosqichi.
a)qabul qilish va ishga tushirish;
b) uskunalarni almashtirish (yangilash);
v) kengaytirish, innovatsiya. Investitsiya loyihalarini yaratish va uni amalga oshirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- investitsiya gʻoyalarining shakllanishi, ya’ni gʻoyani tanlash va dastlabki asoslash, yangilik, ekologik nuqtai nazardan bir qarorga kelish, uni amalga oshirish davomida qoʻyiladigan talablarga javob berish va davlat idoralari bilan kelishuv;
- investitsiya imkoniyatlarini izlash, ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulotga yoki xizmat turiga boʻladigan talabni oʻrganish loyiha ishtirokchilari tarkibi boʻyicha takliflar, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash;
- loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi;
- shartnoma hujjatlarini tayyorlash;
- tender savdolariga tayyorgarlik;
- saloxiyatli (potensial) investorlar bilan muloqotlar;
- loyiha hujjatlarini tayyorlash;
- nostandart texnologik jihozlarni tayyorlovchi va yetkazib beruvchilarni aniqlash;
- qurilish-montaj ishlari;
- obyektni ishlab chiqarishda tajribadan oʻtkazish, iqtisodiy koʻrsatkichlar monitoringi va obyektni loyiha quvvatiga yetkazish. Investitsiya loyihasini ishlab chiqishning asosiy bosqichi boʻlib, investitsiya oldi bosqichi hisoblanadi. Bu investitsiya loyihasi boʻyicha dastlabki izlanishlardan to uni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilingungacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Investitsiya oldi bosqichi, asosan, investitsiyalarni loyihalashtirishga taalluqlidir. Investitsiya oldi bosqichida bajariladigan ishlarni quyidagi jadval asosida ifodalash mumkin. Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash tartibi Loyihaning investitsiya oldi bosqichida boʻlgʻusi loyihalashtirish obyektining imkoniyatlari oʻrganiladi. Korxona (investor, loyiha tashkilotchisi) loyihaga investitsiya qilish toʻgʻrisida dastlabki qarorni qabul qiladi va qurilishi kerak boʻlgan obyektga rahbarni (boshqaruvchi, direktorni) tanlaydi. Loyihani amalga oshirishning turli xil variantlarini oʻrganish, loyihani texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) va uning samaradorligani baholashni korxona oʻz kuchi bilan yoki maxsus tashkilotlar, masalan, loyihachi, arxitektor, qurilish tashkiloti, maslahatchi firmalarning koʻmagida amalga oshirishi mumkin. Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) termini koʻp hollarda qisman notoʻgʻri tushuniladi, uning ahamiyati esa uskuna yoki texnologiyalarni yetkazib beruvchilar tomonidan aqlan ishonchsiz ochib beriladi. Koʻp hollarda uskunani yetkazib berish yoki texnologiyalarni tanlashga boshlangʻich moʻljallangan loyiha eskizini TIA deb atashadi. Garchi bu narsa loyihaning barcha jihatlarini qamrab ololmaydigan injener tadqiqot yoki tadqiqotni ta’minlashgina hisoblansa ham, ayrim hollarda ishlab chiqarish yoki sotish hajmini baholash rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladigan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar shart-sharoitlariga nisbatan zaif, kuchsiz munosabatlarga ega davlatlarning sharoitlarini hisobga olishga asoslanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta`minlash, iqtisodiyot sektorlarining investitsiyaviy jozibadorligi va faolligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirilishi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar yuqori sur`atlarda o`sishiga va aholi farovonligi oshishiga erishishda qo`shimcha turtki bo`ldi.
Buning natijasida qator yillar mobaynida Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etib kelinmoqda, shu jumladan iqtisodiyotga soliq yuki izchil kamayib borayotgan bir sharoitda uning daromad qismi bajarilishi ta`minlanmoqda, shuningdek, uning xarajat qismini ijtimoiy yo`naltirilganligi saqlab qolinmoqda.Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan holda amalga oshirilayotgan davlat moliya siyosati orqali iqtisodiyotimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya qilish yaxshi natijalar bermoqda
1.Byudjet siyosati iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi byudjet-soliq siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi byudjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet mul tiplikatori deb 6 yuritiladi. Balanslashgan byujet mul tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan samara soliqlar pasayishidan olinadigan samaradan kattaroq bo`ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol hajmiga ta`siri soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq byudjet-soliq siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o`ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Aksincha, byudjet-soliq siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo`l hisoblanadi. Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o`z funktsiyalarini bajarish maqsadida davlat qo`lida to`plangan pul mablag`larining harakati o`z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo`naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta`minlaydigan mablag`lardan ko`p mablag` talab etsa, davlat qo`shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qo`llashga majbur bo`ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va molmulkni ijaraga berish va kontsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to`ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yo`qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Hukumat mamlakatning sharoitlaridan kelib chiqqan holda, byudjet siyosatini olib boradi. Bunday siyosat mamlakatni pul potentsiali doirasida hukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bo`lishi, byudjet taqchilligi ustidan nazorat o`rnatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag` ajratishni talab etadi. Byudjet taqchilligining kelib chiqish sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin:
♦ taqchillik davlatning kredit qo`yilmalarini ko`payishida iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati yuzasidan kelib chiqishi mumkin, bunday holat iqtisodiyotda krizis holatini bildirmaydi, balki davlatni iktisodiy kon yukturasini tartibga solish, progressiv odimlanishini ta`minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi;
♦ taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda byudjetdagi zaxiralar yetarli bo`lmaydi va ortiqcha mablag`lar manbasiga ehtiyoj tug`iladi;
♦ taqchillik krizis holatidan kelib chiqadi, bunda iktisodiyot parokanda holatda bo`ladi, moliya-kredit aloqalari samarasiz bo`lib, hukumat mamlakatdagi moliyaviy holatni o`z nazorati ostiga ololmaydi.
Bunday tadqiqotlar mahalliy shart-sharoitlarga tog’ri kelmagan yoki ularga yomon bogʻlangan boʻladi, ular ishonchsiz yoʻldan borishi mumkin va rivojlanayotgan mamlakatlarda u tez-tez resurslarning notoʻgʻri joylashtirilishiga olib kelishi mumkin. TIA mavjud ishlab chiqarish omillariga, mahalliy bozor va ishlab chiqarish shart-sharoitlariga bogʻlangan boʻlishi lozim. Taxlil natijalari xarajatlar, daromadlar va sof foyda qismini yaqqol koʻrsatib berishi lozim. TIAni ishlab chiqish tadqiqot natijasida aniqlangan kerakli moliyaviy mablagʻlar yetarli darajadaligi ma’lum boʻlgandagina amalga oshirilishi lozim. TIAni ishlab chiqish tugallangandan soʻng barcha aniq boʻlgan mahsulotlari va taxmin qilingan risklar, xarajatlar va foyda bilan bogʻliq holda turli xil ishtirokchilar investitsiya loyihasini baholashda oʻzlarining shaxsiy taxliliy xulosasini beradilar. Yirik investitsiya va moliyaviy tashkilotlar yaratilgan va shakllantirilgan usullar yordamida loyihani baholashni olib boradilar va tegishli xulosalarni tayyorlaydilar. TIA sifati qanchalik yuqori boʻlsa, loyihani baholash ishi shunchalik yengil kechadi. Loyiha gʻoyasi tugʻilgan vaqtdan boshlab soʻnggi davrgacha koʻp vaqt va mablagʻlar sarfi kuzatiladi. Soʻnggi baholash xulosalari esa ushbu ishlab chiqarishdan oldingi qilingan xarajatlar oʻzini oqlashi mumkinligini koʻrsatadi va shu jihatdan yuqori ahamiyatli hisoblanadi. Mablagʻlarni loyihaga investitsiyalashdan oldin bajariladigan muhim ishlardan biri bu loyiha boʻyicha investitsiya imkoniyatlarini aniqlashdir. Salohiyatli investorlar, ular qanday boʻlishidan qatiy nazar rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarda yuzaga kelayotgan investitsiya imkoniyatlari toʻgʻrisida ma’lumot olishga qiziqishadi. Bunday investitsiya loyihalari boʻyicha ma’lumotlarni oʻrganish va tahlil etish ikki xil yoʻnalishda amalga oshiriladi:
1. Iqtisodiyot sektori darajasi boʻyicha yondashish (makro).
2. Korxona darajasi boʻyicha yondashish (mikro). Iqtisodiyot sektori darajasi boʻyicha izlanishlarni olib borish oʻsha davlatning butun investitsiya salohiyatini (potensialini) hamda bu davlatga boshqa davlatlar tomonidan investitsiya qilinishi mumkin boʻlgan mablagʻlar hajmini oʻrganish va tahlil qilishni oʻz ichiga oladi. Korxona miqyosidagi tahlil aniq investitsiya loyihasi boʻyicha qoʻyilayotgan talablardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Loyiha boʻyicha investitsiya imkoniyatlarini oʻrganish va tahlil qilishda quyidagi omillarga alohida e’tibor beriladi:
- umumiy investitsiya muhiti, shart-sharoitlar;
- qayta ishlanishi mumkin boʻlgan tabiiy boyliklar va xom ashyo resurslari;
- ishlab chiqarilishi moʻljallanayotgan tovarga (xizmatga) kelgusidagi talab (aholini oʻsishi hisobiga, aholi xarid qobiliyatining oʻsishi hisobiga va boshqa omillar);
- loyihaning atrof-muhitga ta’siri;
- boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi oʻzaro aloqasi va imkoniyatlari; - diversifikatsiyalash imkoniyati.
Masalan, neft-kimyo majmuasidan farmasevtik ishlab chiqarishga oʻtish;
- ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati;
- eksport imkoniyatlari;
- import oʻrnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish. Investitsiya imkoniyatlari boʻyicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar boʻyicha har birining alohida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi. Loyiha gʻoyasini rivojlantirish uchun aniq takliflar kiritishda talab etiladigan ma’lumotlarni miqdoriy baholash uchun investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish asosiy vosita hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlar taxlil etiladi:
- qayta ishlovchi sanoat uchun kerakli boʻlgan tabiiy resurslar;
- qishloq xoʻjaligiga asoslangan sanoat tarmogʻi uchun asos boʻlgan amaldagi qishloq xoʻjaligi tarkibi;
- muayyan iste’mol talablariga kelgusi talab, aholi oʻsishi hisobiga ortib boruvchi talab;
- atrof-muhitga ta’sir koʻrsatish;
- qayta ishlovchi sanoat sektori;
- mahalliy yoki transmilliy va boshqa tarmoqlar bilan mumkin boʻlgan aloqalar;
- umumiy investitsiya muhiti;
- ishlab chiqarish siyosati;
- ishlab chiqarish omillarining mavjudligi va qiymati;
- eksport salohiyati va boshqalar. Umumiy imkoniyatlarni tadqiq etishni quyidagi uchta kategoriyaga ajratish mumkin:
1. Hududdagi imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar. 2. Sanoat sohasidagi, masalan, qurilish materiallari yoki oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar.
3. Tabiiy resurslar, qishloq va sanoat mahsulotlaridan foydalanishga (neft, kimyo, metallurgiya, yogʻochni qayta ishlash) asoslangan imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar. Loyiha imkoniyatlarini tadqiq etish natijasida olingan ma’lumotlarni tayyorlashga biron-bir miqdordagi katta xarajatlar jalb qilinishi kerak emas, chunki u sanoat obyektini investitsiyalash boʻyicha qilinishi mumkin boʻlgan takliflarning fundamental jihatlarini aniqlashga asoslangan boʻladi. Bunday tadqiqotlarning maqsadi investitsiya imkoniyatlarining birmuncha muhim holatlarini kam xarajatlar asosida tez baholash hisoblanadi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2018-yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasi atroflicha muhokama qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Internet saxifalari
Maqolalar
Qurilishda qiymat injiniringi asoslari kitobi I Karimov.
Download 159.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling