Loyixalashga kirish
Download 48.94 Kb.
|
1-мавзу
Loyixalashga kirish Kalit so‘zlar. Loyihachi, buyurtmachi, qurilish mantaj ishlari, demontaj ishlari, qurilish bosh pudratchi, komunikatsiya tarmoqlari, ekspertiza Loyiha topshirig‘ini tayyorlash va ob’ektni qurishga investitsiyalarni asoslash ishlari qurilish boshlanishidan 2-3 yil oldin amalga oshiriladi. Agar ob’ektning qurilishi texnik jihatdan mumkin bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yoki ijtimoiy ehtiyojlar nuqtai nazaridan mumkin bo‘lsa va nihoyat, zarur resurslar mavjud bo‘lsa, u tasdiqlanadi va keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyiha bosqichiga o‘tiladi. Loyihachilar texnik hujjatlarni ishlab chiqunga qadar buyyurtmachi tomonidan qurilish maydonida tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Buyurtmachi yer ustidagi binolar va yer ostida qurilgan inshootlar va muhandislik tarmoqlarini qurilish bosh pudratchi tomonidan qurilish montaj ishlariga xalaqit bermasligi uchun demontaj ishlarini, ya’ni qurilish maydonidan xalos etadi. Ob’ektni loyihalash uchun tasdiqlangan topshiriq bilan birgalikda buyurtmachi loyiha tashkilotiga tanlangan qurilish maydoniga ta’luqli barcha texnik ma’lumotlarni va kelajakdagi ob’ektga yetkazib berish bo‘lgan elektr energiyasi, gaz, suv muhandislik manbalariga va shahar aloqalariga ulash uchun texnik shartlarni o‘z ichiga olgan qurilish uchastkasi uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim yetadi. Ob’ktning loyihasini mukammal va xato kamchiliklardan xoli sifatida ishlab chiqish uchun loyihalash ishlariga ta’luqli dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish davrida ob’ektni qaysi tashkilot tomonidan qurilish ishlari olib borishi ma’lum bo‘lsa, loyiha tashkiloti quruvchilar bilan loyihanayotgan ob’ektni muhokama qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan qurilish tashkilotining texnika va jihozlar ta’minotining qanday holatda mavjudligi, loyihalangan konstruksiya va elementlarni qurish imkoniyatlari mavjudligi, turli xil konstruksiyalarning loyihaga qabul qilishda ularning sinfi, mustahkamligi va boshqa texnik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda loyiha ishlariga qabul qilishi. Loyiha tashkilotiga taqdim etilgan dastlabki hujjatlar va ma’lumotlar ko‘paytirilib loyiha ishi qiymatini aniqlash va tahlil qilish uchun mutaxassis bo‘limlariga taqdim etiladi. Loyiha ishi qiymatini ikki xil usulda aniqlash mumkin. -Birinchi usulda loyiha ishini mutaxassis bo‘limlar (arxitektura bo‘limi, qurilish-konstruktorlik bo‘limi, muhandislik tarmoqlari bo‘limi, smeta-hujjatlari bo‘limi) tomonidan ishlab chiqiladigan loyiha qiymatini belgilashadi. -Ikkinchi usulda loyiha ishining qiymati quyidagi (1) formula orqali aniqlanadi [2] Bu yerda - joriy narxlarda ishchi loyihaning qiymati (sum); - joriy narxlarda ob'ekt qurilishining qiymati (sum); - ishchi loyihani ishlab chiqish qiymatining taxminiy mezonlari (%) [2] 4-ilova. Ushbu hisob-kitoblar asosida loyihaning bosh muhandisi (GIP) yoki bosh me’mori (GAP) bilan birgalikda loyihalash va tadqiqot ishlari uchun loyiha ishi qiymati aniqlanadi. Mazkur dastlabki bosqichining yakunida mijoz va bosh loyihalashtiruvchi loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun shartnoma imzolashadi. Loyiha ishlari muayyan ketma-ketlikda (bino qurilishida qurilish ishlari kabi) amalga oshiriladi. Misol uchun, issiqlik muhandislik hisob-kitob loyiha ishlari faqat me'moriy (arxitektura) loyiha qismi tugagandan so'ng amalga oshirilishi mumkin. Issiqlik muhandislik hisob-kitob loyiha ishlari tugagandan keyin qurilish-konstruktorlik loyiha ishlari bajariladi. Loyihaning barcha qismlarini ishlab chiqilgandan keyin xulosa smetasi ishlab chiqiladi. Loyiha bosh muhandisi yoki arxitektori tomonidan topshiriq loyihasi va dastlabki ma'lumotni etakchi bo'limga berish bilan boshlanadi. Loyiha hajmiga qarab, arxitektura-qurilish yoki sanitariya bo'limi etakchi bo'lishi mumkin. Agar ishlab chiqarish sanoat binolari uchun loyihada texnologik qism ishlab chiqilishi kerak bo'lsa, texnologiya bo'limi etakchi hisoblanadi. Loyiha-tadqiqot ishlari-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, uning ekspertizasi va qurilishni mualliflik nazorati bo'yicha ishlar 1-rasmda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish turli bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin 2-rasm:
Binolar va inshootlarni loyihalashni loyiha tashkiloti turli bosqichlarda amalga oshiriladi. Ikki bosqichli loyihada dastlab arxitekturaviy loyiha ishlab chiqiladi, keyin qurilish-konstruktorlik loyihasi ishlab chiqiladi. Ushbu ketma-ketlik texnik jihatdan murakkab ob'ektlar yoki katta qiymatli ob'ektlarga xosdir. Agar loyihaning ikkinchi bosqichida ekspertizadan tasdiqlangan arxitektura loyihasiga nisbatan sezilarli o'zgartrishshlar kiritilgan bo'lsa, unda qurilish loyihasiga arxitektura loyihasiga mos holda o‘zgartirishlar, tuzatish kiritilib qaytadan ekspertiza o'tkazilishi kerak. Loyihalarning aksariyati bir bosqichda ishlab chiqilgan qurilish-konstruktorlik loyihasiga to‘g‘ri keladi. Bu tipovoy takroriy iqtisodiy individual loyihalarga, shuningdek texnik jihatdan oddiy ob'ektlarga asoslangan ob'ektlarga xosdir. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uch bosqichdan iborat: asosiy texnik qarorlar qabul qilish; ishchi loyihalar; loyihani rasmiylashtirish va topshirish. Loyiha yechimlarini baholash, qurilishning taxminiy qiymatini aniqlash va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun loyiha etarli darajada tushunarli va aniq ishlangan bo'lishi kerak. Chizmalarda yoki tushuntirish yozuvida ortiqcha detallar, chizmalar va yozuvlar bo‘lishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Qurilish maydonchasida usta yoki ish boshqaruvchilarga qurilish konstruksiyalarini yoki texnologik uskunalarni hisob-kitob qilishning hojati yo‘q. Bunday ma'lumotlarning barchasi buyurtmachiga berilmaydi, lekin loyiha tashkilotining arxivida saqlanadi. Loyihani ishlab chiqish darajasi va hajmi loyiha standartlari bilan belgilanadi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tasdiqlangan qurilish investitsiyalari, dastlabki loyiha materiallari, shartnomalar, muhandislik tadqiqot ishlari va loyihalash topshiriqlari asosida obyektni joylashtirish uchun joyini kelishilganligi to'g'risidagi tasdiqlangan qaror mavjud bo'lganda amalga oshirish mumkin. Uy-joy va fuqarolik ob'ektlarini loyihalash bo'yicha topshiriq quyidagi umumiy bo'limlarni o'z ichiga oladi. Loyihalash uchun asos; Qurilish maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Loyihalash bosqichlari. Loyihalash tanlovi va tanlov bo'yicha talablar. Qurilishning maxsus shartlari. Asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar, shu jumladan turar-joy yoki jamoat binolari, ularning vazifasi (qavatlar soni, seksiyalar va kvartiralarning soni, sig‘imi). Agar uy-joylar uchun yordamchi va qo‘shimcha binolar mavjud bo‘lsa, ushbu yordamchi va qo‘shimcha binolarning maqsadi va turlari, ularning ish hajmi, quvvati, binolarning tarkibi va maydoni, qurilish hajmi. Binoning arxitektura-rejalashtirish yechimi, blokirovka qilish shartlari, binoni suvoq ishlariga asosiy talablar. Kvartiralarning tavsiya etilgan turlari va ularning o‘lchamlarining nisbati. Konstruktiv echimlar va yuk ko'taruvchi va to‘siq konstruksiyalar materiallari uchun asosiy talablar. Muhandislik va texnologik uskunalar uchun asosiy talablar. Aholining nogiron guruhlari uchun yashash sharoitlarini ta'minlashga qo'yiladigan talablar. Atrof muhitni obodonlashtirish va atrof muhit maydonida kichik arxitekturoviy detallar uchun talablar. Fuqaro xavfsizligi muhandislik-texnik tadbirlarini va favqulodda vaziyatlarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish bo'yicha talablar. Ishlab chiqarishga mo'ljallangan korxonalarini loyihalashda shaharlar, qishloqlar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalari, turar-joy, sanoat va boshqa funktsional zonalarni tuman, shahar rejalashtirish loyihalarida qabul qilingan qarorlar hisobga olinadi. Uy-joy-fuqarolik obyektlarini loyihalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalari, tuman rejalashtirish sxemalari va loyihalariga hamda ular asosida ishlab chiqilgan qurilish loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi. Buyurtmachi tomonidan alohida murakkab va unikal bino va inshootlarni loyihalashda tegishli ilmiy-tadqiqot va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan birgalikda ularni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi maxsus texnik shartlar ishlab chiqilishi kerak. Uy-joy, jamoat va ishlab chiqarish sanoat binolarini loyihalash bo'yicha topshiriq ma’lumotlarini [3] da batafsil olish mumkin. Bino va inshootlarni qurish uchun loyiha hujjatlari, qurilish me'yoriy qoidalari va standartlariga muvofiq ishlab chiqililadi va loyiha uchun mas'ul shaxsning tegishli imzosi (loyihaning bosh muhandisi (GIP), loyihaning bosh arxitektori (GAP), loyihani boshqaruvchisi) bilan tasdiqlanishi kerak. Qurilish jarayonida loyiha hujjati talablaridan asosli o‘zgaritirishlar faqat ushbu hujjatlarni tasdiqlagan tashkilotning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Moliyalashtirish manbalaridan, mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, ob'ektlarni qurish bo'yicha loyihalar va ishchi loyihalar O’zbekiston Respublikasida belgilangan tartibga muvofiq davlat ekspertizasidan o'tkaziladi. Download 48.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling