Ma’ruza: 4 Loyihani tegishli organlar bilan kelishish, ekspertiza, tasdiqlash tartibi, mualliflik nazorati. Avtomatik tizimda loyihalash haqida umumiy ma’lumotlar


Download 148.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi148.71 Kb.
#1512126
Bog'liq
4-Maruza (1)



Ma’ruza: 4 Loyihani tegishli organlar bilan kelishish, ekspertiza, 
tasdiqlash tartibi, mualliflik nazorati. Avtomatik tizimda loyihalash haqida 
umumiy ma’lumotlar. 
 
1. Loyihani tegishli organlar bilan kelishish, ekspertiza, tasdiqlash 
tartibi, mualliflik nazorati. 
2. Avtomatik tizimda loyihalash haqida umumiy ma’lumotlar. 
1. Konchilik korxonasini loyihalashni bir bosqichda yoki ikki bosqichda 
loyihalash tartibi buyurtmachini qaroriga muvofiq ijro etiladi. Bu masala ham 
loyihalashga topshiriq tuzilganida buyurtmachi tomonidan topshiriqga shu shartlar 
kiritiladi.
Bosh loyihachi, har bir loyihalanadigan obyekt uchun loyihani bosh 
muhandisini tayinlaydi, u loyihalash bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni 
muvofiqlashtirib, loyihani sifatiga, konchilik korxonasi qurilishiga sarflanadigan 
mablag’i, ya’ni smeta narxi qiymatiga javobgardir.
Bosh loyihachi, loyihani sifatiga smeta hujjatlarini to’g’ri tuzilishiga, ularning 
bo’laklarini birini–ikkinchisi bilan muvofiqlashtirilganligini va loyiha ishlarini 
muddatida bajarishga javobgardir. Loyihalash ishiga tortilgan maxsus loyihalovchi 
tashkilotlar ham loyihani bir qismini bajarishga yoki loyiha qidiruv ishlarini 
shartnoma asosida bajaradigan bo’lganligi uchun bosh loyihachi oldida javobgardir. 
Loyihalashga topshiriq olgandan so’ng loyihalash tashkiloti aniq bir obyektni 
loyihasini ishlab chiqarishga kirishadi. Loyihani buyurtmachi qabul qilguniga qadar 
ekspertizadan o’tkaziladi. Ekspertizadan yoki ekspertiza komissiyasidan ijobiy 
xulosa olinsa u loyihani yoqlash va tasdiqlashga taqdim etishi mumkin bo’ladi.
Loyihalovchi tashkilot, tuzilgan loyihaga olingan ekspertiza xulosasi ijobiy 
bo’lib tasdiqlangan bo’lsa ham, buyurtmachiga topshirilgandan so’ng ham loyiha va 
smeta hujjatlarida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarini tuzatishga javobgardir. 
Tasdiqlashga taqdim etilayotgan loyiha materiallari (ishchi loyiha) loyihalash 
instituti rahbarlari tomonidan imzolanadi:
loyihani tushuntirish tekstini (titul varog’ini) institut direktori, bosh 
muxandisi, loyihani bosh muxandisi va yana loyihani bosh rejasini bosh muxandisi 
va yana loyihani bosh rejasini smetasi bo’lim boshlig’i va ijrochi shaxslar 
tomonidan ham imzolanadi
boshqa materiallarni loyihani bosh muxandisi, bo’lim boshlig’i, me’yorlarga 
rioya qilish ishlarini nazoratchisi va loyihani ishlab chiqargan shaxs imzolaydi; 
smeta hujjatlari belgilangan shaklga muvofiq mansabdor shaxslar tomonidan 
imzolandi.
Loyiha (ishchi loyiha) va ishchi hujjatlar bosh loyihalovchi institut tomonidan 
buyurtmachiga asosan 4 nusxada, subpudratchi loyihalovchi bosh institutga 5 
nusxada topshiradi. Obyekt va lokal smetallar buyurtmachiga belgilangan sonida bir 
nusxa ortiq beradi. 
Rudnikni qurish uchun tuzilgan loyiha – smeta hujjatlari amaldagi me’yoriy
hujjatga, qoidalarga, yo’riqnomalarga va davlat standartiga mos tuzilgan bo’lsa, 


davlat nazorat organlari bilan kelishish shart emas shu jumladan loyiha kompleksiga 
kiruvchi ishchi chizmalar ham. 
Yuqorida keltirilgan hujjatlardan chekingan holda tuzilgan loyiha hujjatlari 
tegishli nazorat organlari bilan kelishgan bo’lishi shart. Bunday kelishish ishlari
nazorat organlariga loyiha-smeta hujjatlari taqdim etilgandan so’ng 15 kun 
muddatida, alohida holatda 30 kun ichida ko’rib chiqib, loyiha hujjatlari asoslangan 
bo’lsa, kelishilganligi haqida hujjat rasmiylashtiriladi. 
Buyurtmachi loyihani “Qurilishni tashkil etish” bo’limini va ishchi chizmalar 
asosida tuzilgan smeta hisoblarini bosh pudratchiga ko’rib chiqib kelishilganligini 
rasmiylashtirish uchun topshiradi. 
Bosh pudratchi loyiha smeta va ishchi chizmalarni ko’rib chiqib 45 kun ichida 
belgilangan tartibda loyiha-smetadagi kamchiliklar va ularni tuzatish zarurligi 
ko’rsatilgan hujjatni buyurtmachiga topshirilmasa, loyiha-smeta hujjatlar 
kelishilgan hisoblaniladi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi mumkin, agar 
kamchiliklar ko’rsatilsa, buyurtmachi bosh loyihachiga ko’rsatilgan kamchiliklarni 
bir oy muddatda tuzatishni so’rab talabnoma yuboradi. 
Konchilik korxonalarining loyihasi albatta davlat ekspertizatsiyasidan 
o’tgandan keyingina tasdiqlashga taqdim etiladi. 
Loyiha (ishchi loyiha) korxona buyrug’i, vazirlik, Respublika hukumati qarori 
bilan tasdiqlanishi mumkin, agar loyihalangan korxonani quyidagi ma’lumotlari 
keltirilgan bo’lsa: 
1) Korxona (rudnik) ning nomi, uning joylashgan o’rni; 
2) Qurilish xarakteri (yangi rudnik, kengaytirilayotgan texnikaviy jixatidan 
qayta uskunalanayotgan); 
3) Rudnikni yillik ruda qazib chiqarish quvvati, t/yil va yillik ishlab 
chiqariladigan tovar mahsulotini natural o’lchamini million so’m yoki dollardagi 
qiymati; 
4) Qurilishni umumiy smeta qiymati shu jumladan: 
a) qurilish-jamlash ishlarining smeta qiymati; 
b) ishlab chiqarishga mo’ljallangan obyektlar; 
v) uy joy qurilish obyektlari; 
g) sog’liqni saqlashga xizmat qiluvchi, madaniy–maishiy va ta’lim–tarbiya 
obyektlari; 
d) qurilish sanoati obyektlari
5) Asosiy fondlar qiymati, shu jumladan ishga tushiriladigan, ishlab 
chiqarishga mo’ljallangan barcha obyektlar va qurilish jarayonida ishdan chiqadigan 
obyektlar qiymati; 
6) Yillik qazib chiqariladigan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan solishtirma 
kapital-qo’yilmalar miqdori; 
7) Ishlovchilar soni; 
8) Ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligi ming so’m/yil yoki doll/yil; 
9) Ishlab chiqarishga mo’ljallangan obyektlar bo’yicha 1 so’m yoki shunga 
to’g’ri keladigan 1 dollarli asosiy fonddan olingan mahsulot, fondni qaytarilishi 
so’m yoki doll. bilan o’lchanadi; 
10) Ekspluatatsiya harajatlari, so’m/yil yoki doll/yil; 


11) Foyda miqdori, so’m/yil yoki doll/yil; 
12) Ishlab chiqarishni rentabelligi; 
13) Kapital qo’yilmalarni o’z-o’zini qoplash muddati; 
14) Qurilishning davomiyligi; 
Rudnikni qurilishini boshlashni rejalash va uni moliyaviy ta’minoti 
yechimining asosi tasdiqlangan loyiha bo’lib, asosiy uskunalarga buyurtma berish, 
kapital qurilishni boshlashga, shartnoma tuzishga imkon yaratadi.
2. Kon korxonalarini loyihalashda hal qilinadigan asosiy masalalar to’rt 
turga: texnik, kon-geometrik, iqtisodiy va texnik-iqtisodiy turlarga bo’linadi.
ЭҲМ ҳал қилинадиган, очиқ усулда қазиб олиш масалалари 
Кон геометрик 
Техник 
Техник-иқтисодий
Иқтисодий
Бошқариш 
Лойиҳалаш
Режалаш
Тахминий ва аниқ
Б
¢
лу
вчи
Т
ех
но
ло
ги
к 
Б
¢
лу
вчи
К
он
-гео
ло
ги
к 
Т
ех
но
ло
ги
к 
Т
ех
но
ло
ги
к 
Т
ех
но
ло
ги
к 
К
он
-гео
ло
ги
к 
Б
¢
лу
вчи
Т
ех
но
ло
ги
к 
К
он

ео
ло
ги
к 
Район
Тармоқ 
Комбинат
Карьер
Участка
Анамитик 
Турђун
Динамик 
Сонли
Variantlarni iqtisodiy baholashni shart emasligi, masalalarni bir xilda 
yechilishi texnikaviy masalalarning ajralib turuvchi o’ziga xos xususiyatlari 
hisoblanadi. Texnikaviy masalalar odatda klassik usulda hal etiladi. Ular dam-
badam standart, matematik usulda yechiladi. Kon ishlab chiqarishida bu turdagi 
masalalarga kon bosimini bort va pog’ona qiyaligining ustuvorligi, quritish, ish 
mashinalarining parametrlarini aniqlash masalalari, kavjoy elementlari, 
mashinalarning unumdorligi, qurilish, santexnika, issiqlik texnikasi v.b. masalalar 
kiradi. 
Kon geometrik masalalarga kon bo’yicha ruda turlari va sortlariga 
bo’lingan foydali va qoplama jinslarining yuzasini, hajmini aniqlash masalalari, 
gidrogeologik ma’lumotlar asosida aniqlanganlik toifasi, skvajinalarga asosiy 
gorizontlar bo’yicha planlarni qurish masalalari, ko’ndalang kesimlarni gorizontal 
planlarga o’zgartirish, karyer maydonlarini geometrik tahlili, kon ishlari rejimi 
jadvallarini tuzish kiradi. 


Iqtisodiy masalalarga harajatni va daromadni, mahsulotning tannarxini, 
qurilishning smeta narxini, mehnat sig’imini, foyda va rentabellikni aniqlash 
kiradi. 
Texnik-iqtisodiy masalalarga optimal qarorlarni tanlash masalalari 
kiradi.Texnik va texnologik talablarga javob beradigan, lekin texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichlarning natijalari bilan farqlanadigan qarorlarning ko’pligi ularning 
ajralib turuvchi o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Shu tufayli berilgan me’zonga 
ko’proq darajada javob beruvchi variantlarni iqtisodiy baholash va optimal 
qarorlarni tanlash zaruriyati tug’iladi. Texnik-iqtisodiy masalalar turli xildadir. 
Ular karyerni loyihalash paytida karyerni asosiy ko’rsatkichlarini optimal 
variantlari, texnologiya va mexanizatsiya kabi bosh prinsipial masalalarni, 
shuningdek texnologiya va mexanizatsiyalashtirish bo’limlarining optimal 
variantlari bo’lgan ikkinchi darajali masalalarni ham o’z ichiga oladi. Ular texnik-
iqtisodiy tahlilning turli usullari bilan hal etiladi. 
Hisoblash aniqligi bo’yicha masalaning toifasi dastlabki ma’lumotlardagi 
ijozatli xatoliklarga bo’lgan talabni, hal etish usulini, hisoblash aniqligini, mehnat 
sig’imini va masalani hal etish davomiyligini aniqlaydi. Konditsiyani asoslash 
bosqichida, balans zahiralarni belgilashda, loyihalashga topshiriqni ishlab 
chiqishda va ayrim hollarda TIA tuzishda masalalar taxminan hal etiladi. 
Loyihalash obyektining masshtabi bo’yicha loyihalash masalalari besh 
guruhga bo’linadi: 
Tarmoqni loyihalash masalalari, obyekti kon sanoati tarmog’i hisoblanadi; 
tuman-tarmoqni (tumanni) loyihalash masalalari, obyekti iqtisodiy-
geografik tuman yoki havza hisoblanadi; 
bir necha korxonalarni, karyerlarni, boyitish fabrikalarini o’z ichiga olgan 
yirik sanoat birlashmalari va kon-boyitish kombinatlarini loyihalash masalalari; 
karyer yoki uchastkani loyihalash masalalari, obyekti alohida kon 
korxonalari hisoblanadi; 
uchastkani loyihalash masalalari, obyekti alohida uchastka yoki karyer 
parametri, texnologiya, taraqqiyotning bo’g’ini yoki elementi hisoblanadi. 
Turli xil masalalar uchun baholash me’zonlari, baholanadigan variantlar 
soni, hal qilish usullari, hal qilishda ijozatli xatolik, dastlabki ma’lumotlarni 
topshirish shakli turli xil bo’ladi. Tarmoq yoki tuman masalalari odatda kompleks 
loyihalash, TIA yoki havza, tumanni rivojlantirishning istiqbolli rejasi predmeti 
hisoblanadi. Uchastka masalalari odatda mahalliy loyiha va korxonaning joriy 
rejalari predmeti hisoblanadi. 

Download 148.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling