Mavzu: Tojik kovragi o’simligining bioekologiyasi va urug’chiligi (Ferula) Reja


Shira tayyorlashda qo‘yidagi qoidalarga rioya qilish kerak


Download 1.3 Mb.
bet7/9
Sana14.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1003443
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tojik kovragi o’simligining bioekologiyasi va urug’chilig

Shira tayyorlashda qo‘yidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
-smola-yelimni yetilgankatta yoshdagi o‘simlikdan olish tavsiya etiladi;
-biologik jihatdan yetilmagan 2-3 yoshli o‘simliklardan smola-yelim
Olinmasligi kerak;
-har bir maydonda 10 m2 maydondagi 5 ta yetilgan o‘simlikdan uchtasidan yelim-smola olish lozim;
-tayyorlash davrida gullagan o‘simlikdan mahsulot tayyorlashga yo‘l qo‘ymaslik
Kerak, toki kelasi yillarda ko‘payishlari uchun urug‘ olish maqsadida, har bir 400-500m2 maydonda 2-3 tup gullagan va urug‘ boylagan o‘simliklarni qoldirish maqsadga muvofiq.
Kovrakning tabiiy zaxiralarini kamayib ketishini oldini olishning yo‘llaridan biri bu, kovrak o‘sadigan tabiiy sharoitda ularni ekib plantatsiyalar tashkil etish orqali ko‘paytirshdan iboratdir.
Buning uchun,yozda pishib yetilgan kovrak urug‘idan tayyorlanib,tozalangan urug‘ni kovrak o‘sadigan maydonga qulda 5-10 sm chuqurchalar kovlab (qo‘rg‘oqchillik vaqtida 3.5 sm chuqurchalar) 1 donadan urug‘ qadab,ustini tuproq bilan yopib chiqish tavsiya qilinadi. 1 gektar maydonga 200 -300 kg mineral ug‘it kaliy-sulfat berilishi tavsiya etiladi.
1-chi yil ekilgan maydonda 60 foiz ko‘chat olishga erishiladi. Shu sababli 2-chi yilda to‘ldirish hisobiga ko‘chatlar soni 100 foiz ta’minlanadi. 1 gektar maydonda o‘rtacha 2500 dona ko‘chat yetishtiriladi.
Bundan tashqari, kavrak o‘sadigan tabiiy xududning ochiq yalanglik yerlar uni yaxshilab shudgorlab, tosh-shag‘allar va begona o‘tlardan hamda butalardan tozalab, egat olib, pushtalarga saralangan kovrak urug‘larini kuzda va erta bahorda uyalab ekib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Bunda 1 gektar maydonga 5-6 kg sara urug‘ sarflanadi, shu tariqa tabiiy sharoitlarda kovrak sanoat plantatsiyalarini tashkil etish mumkin. Tashkil etilgan plantatsiya maydonlarini chorva mollari payxon qilishidan asrash, yilning qurg‘oqchil fasllarida sug‘orish tadbirlarini o‘tkazish, imkon boricha tashkil qilingan plantatsiya mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish kerak.
Bunday tavsiya kovrak o‘simligini biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda taklif qilinmoqda,chunki kovrak tabiiy sharoitda yetilgan urug‘idan ko‘payadi va keng maydonga tarqaladi.
Kelajakda mutaxassislar tomonidan kovrakning suvli maydonlarda bio-ekologik xususiyatlarini o‘rganib,ularni madaniy holda ko‘paytirish va yetishtirish muammosini hal qilish fanimiz oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
1 gektar maydonda 2500 dona sassiq kovrak o‘simligi yetishtiriladi va
Ularning har biridan 7 yildan so‘ng o‘rta hisobda 100- 125 kg shira olinadi.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling