Mavzu: Tokarlik keskichlari, ularning turlari va geometriyasi. Universal tokarlik-vint qirqish stanogi va unda bajariladigan ishlar


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1361765
  1   2
Bog'liq
13-lab-1



13-laboratoriya ishi 
Mavzu: Tokarlik keskichlari, ularning turlari va geometriyasi. Universal 
tokarlik-vint qirqish stanogi va unda bajariladigan ishlar. 
ishning maqsadi: tokalik keskichlari, ularning elementlari va 
geometrik burchaklarini o`rganish. 1k62 modelli universal tokarlik – vint 
qirqish dastgohining tuzilishi, parmalash stanoklari va ularda bajariladigan 
ishlar 
Ishni bajarish tartibi: 
1. Umumiy ma`lumоt. 
2. Tokarlik keskichlari, ularning turlari va geometriyasi. 
3. Tokarlik keskichlarida bajariladigan asosiy ishlar xillari 
Ishni bajarish uchun kerak bo’ladigan uskuna va materiallar: 
tokarlik keskichlari. 1k62 modelli stanok. 
Umumiy ma'lumot: 
Tokarlik stanoklarida foydalaniladigan keskichlar bajaradigan ish 
xarakteriga ko`ra turli xil bo`lishidan tashqari, ular issiqbardosh, kam 
yeyiladigan bo`lishi lozim. Shu boisdan keskichlar ligerlangan tezkesar 
po`latlar, qattiq qotishmalar va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Har 
qanday keskich tuzilishiga va geometriyasiga ko`ra farqlanadi. 1-rasmda 
ko`proq tarqalgan zagotovkani o`ngdan chapga bo`ylamasiga yo`nuvchi 
keskich keltirilgan. Bu o`naqay keskichdir, chapdan o`ngga qarab yo`nuvchi, 
chapaqay keskichlar ham bo`ladi. Rasmdan ko`rinadiki, keskich ish va tana 
qismidan iborat bo`lib, ish qismi bevosita zagotovkadan qirindi yo`nadi, tana 
qismi keskich tutkichga o`rnatiladi.
zagotovkadan qrindi yo`nish oqilona olib borilishi uchun ish qismi 
ma'lum burchaklar ostida charxlanib, qirrali tig`lar hosil etiladi. Tokarlik 
keskichlarining asosiy turlari va ular yordamida bajariladigan ishlar 2- rasm, 
b da keltirilgan. Agar tokarlik dastgohida zagotovkani keskich bilan 
yo`nishni kuzatsak (2- rasm, b) dastgoh patroniga maxkamlangan 
zagotovkaning aylanishida keskich ma'lum qatlam qirindini o`ngdan chapga 
qarab yo`nalishini ko`ramiz. Bunda keskich asosiy tekislikda, asosiy 
kesuvchi qirrasi esa kesish tekisligida yotadi. 


1-rasm. O`ngdan chapga bo`ylamasiga yo`nuvchi keskich sxemasi: 
zagotovkadan qrindi yo`nish oqilona olib borilishi uchun ish qismi ma'lum 
burchaklar ostida charxlanib, qirrali tig`lar hosil etiladi. Tokarlik keskichlarining 
asosiy turlari va ular yordamida bajariladigan ishlar 2- rasm, b da keltirilgan. Agar 
tokarlik dastgohida zagotovkani keskich bilan yo`nishni kuzatsak (2- rasm, b) 
dastgoh patroniga maxkamlangan zagotovkaning aylanishida keskich ma'lum 
qatlam qirindini o`ngdan chapga qarab yo`nalishini ko`ramiz. Bunda keskich 
asosiy tekislikda, asosiy kesuvchi qirrasi esa kesish tekisligida yotadi. 
Keskichning ish holatidagi geometrik burchaklarni aniqlashuchun ularni 
asosiy kesuvchi qirrasidan asosiy tekislik bilankesish tekisligiga tik qilib 
o`tkazilgan tekislikda o`lchashkerak. Ma'lumki, ishlanuvchi materialning 
qattiqligi ortishi bilan kesgichning issiqlik o`tkazuvchanligipasayishi sababli kesib 
ishlashga qarshiligi ortib, kesishzonasida ancha ko`p issiqlik ajraladi, natijada 
keskich tezroq. Yeyiladi. Zagotovka sirtida karbidlar, shlaklar bo`lsaular ham 
shunday ta'sir ko`rsatadi. Shu boisdan sifatli vaunumli ishlov uchun kesib 
ishlanadigan zagotovka materialiga, uning fizik-mexanik xossalariga va sirt yuza 
holatiga 
ko`rakeskich 
materiali 
va 
uning 
geometrik 
burchaklarini 
tanlashningahamiyati 
g`oyat 
katta. 
Quyidagi 
keskichning 
asosiy 
burchaklarixaqida ma'lumotlar keltirilgan.
1. Keskichning rejadagi asosiy burchagi (

). Keskich asosiy kesuvchi 
qirrasining asosiy tekislikdagi proektsiyasi bilan uning surilish yo`nalishi 
orasidagi burchak. Bu burchak kichik bo`lsa, (

)burchak kattalashib, enli 
qirindi yo`niladi. Keskichning kesish qirrasi uzunligiga ta'sir etuvchi kuch 
qiymati ham kamayadi.keskich kesuvchi qirrasining yo`nilayotgan 
zagotovkaga urinish uzunligining ortishi issiqlikning kesish zonasidan 
tarqalishini oshiradi. Ammo radial qarshilik kuchi (ru) ortadi. Bu esa 
dastgoh, moslama, keskich va detal (smkd) sistemani titratib, keskichning 
turg`unligiga salbiy ta'sir etadi. Shu boisdan ko`pincha bu burchak 40—45° 
olinadi. 


2. Oldingi burchak (

)keskichning oldingi yuzasi bilan kesish teksligi 
iziga tik bo`lgan normal tekslik orasidagi burchak.

ortishida o`tkirlik 
burchagi (

) kichrayib, puxtaligi kamayadi va issiqlikning kesish zonasidan 
keskich tanasiga o`tishi susayadi.

kichiklashtirilsa, qirindining oldingi 
yuzaga ishqalanish yo`li ortadi va u tez qizib, turg`unligi pasayadi. 
3. Asosiy ketingi burchak (

) keskichning asosiy orqa yuzasi bilan 
kesish tekisligi orasidagi burchak. Bu burchakning kattalashishi keskich 
ketingi yuzasining kesilish yuzasiga ishqalanishini kamaytiradi, lekin 
keskichning o`tkirlik burchagi (

) kichiklashib, puxtaligi kamayadi. 
2-rasm. Tokarlik keskichlarida bajariladigan asosiy ishlar xillari 
1k62 modelli universal tokarlik – vint qirqish dastgohining dastgohning 
asosiy qismlari va vazifalari. 


Stanina. Dastgohning bu qismi tumbalarga urnatilib, unga dastgohning 
kolgan barcha qismlari urnatiladi. 
Oldingi babka. Oldingi babka staninaning chap tomoniga bikr kilib urnatilib, 
unda tezliklar kutisi joylashtiriladi. Uning uzatmalari shpindelga turli tezlikda 
aylanma xarakat beradi. Shpindel ichi xoval val, ung uchi konusga utgan bulib, 
sirtida rezbasi bor. 
Support. Support bo’ylama ko’ndalang va ustki salazkalardan iborat bo’lib, 
uning keskich tutqichiga keskich o’rnatiladi va zaruriyatga ko’ra bo’ylama yoki 
ko’ndalang yunalishda yurgaziladi.
Fartuk. Fartuk supportning bo’ylama salazkasiga biriktirilgan mexanizm 
bo’lib, u yurgizish vinti yoki valining aylanma xarakatini supportning to’g’ri 
chiziqli ilgarilanma xarakatiga o’tkazib beradi. 
Surish qutisi.yurgazish vinti yoki valining aylanishlar tezligini rostlovchi 
uzatmalardan iborat. 
Gitara. Shpindelning aylanma xarakatini surish qutisiga uzatishga va 
zaruriyatga ko’ra almashtiriladigan tishli gildirakdar yordamida yurgizish vintining 
aylanish tezligini rostlashga xizmat etadi. 
Ketingi babka. Uzun zagotovkalarni yunishda uning bir uchini markaz bilan 
kutarib turishga va uning penoli teshigiga o’rnatilgan parma, zenker va boshqa 
keskichlar bilan teshiklar ochishga xamda ularni uzil – kesil ishlashga xizmat 
qiladi


1-rasm. 1k62 tokarlik dastgohi. 

2-rasm. Dastgohning staninasi. 
3-rasm. Dastgohning fartugi 


4-rasm. Dastgohning supporti. 
5-rasm. Ketingi babka 
Ishni bajarish uchun kerak bo’ladigan uskuna va materiallar: 
2a150 modelli parmalash dastgoxi. Parmalar turlari.
Umumiy ma'lumot: 2a150 modelli bir shpindeli vertikal parmalash 
dastgoxini asosiy uskuna bo`lib, uning shpindeliga o`rnatiladigan keskich 
sifatida turli diometrli spiral parmalar, zenkerlar va boshqa keskichlardan, 
moslama sifatida esa mashina tiski, patron, konduktor, o`tish vtulkalaridan 
zaruriyatga ko`ra foydalanadi. 1-rasm a, da 2a150 modelli parmalash 


dastgoxining umumiy ko`rinishi keltirilgan. U poydevor plita 1, stanina 2, 
tezlik qutisi 3, elektr dvigateli 4, shpindel 5, surish qutisi 6 va stol 7 dan 
iborat. 
shu bilan birga zarur bo`lganda reykali tishli gildirak o`qida o`tirgan 
shturval yordamida shpindel qo`lda suriladi. Agar yanada kichikroq 
tezlikda shpindelni qo`lda surish zarur bo`lsa, dastasidan tishlari 22 va 64 ta 
bo`lgan tishli g`ildiraklar bir kirimli chervyak, tishlari 60 ta bo`lgan 
chervyak g`ildiragi va tishlari 14 ta reykali tishli g`ildirak orqali suriladi. 
Dastgoxni ishga tushirishdan avvalo stoliga mashina tiski yoki bo`lak 
mos-lama o`rnatilib, unga esa zagotovka mahkamlanadi. Zagotovkada 
ochiladigan teshik markazi shpindel o`qi ro`parasiga to`g`rilanadi. Keyin 
esa parma yoki boshqa keskichning quyrug`i shpindelga o`rnatiladi (2-rasm). 
Agar zarur bo`lsa, bunda o`tish vtulkalaridan foydalaniladi.


keyin tezliklar va surish qutisi dastalari zaruriy tezliklarga o`tkazilib, dvigatel 
yurgaziladi, so`ngra parmani zagotovka yaqinlashtirish uchun maxovikcha 8 ni 
aylantirib (yoki avtomatik ravishda), undan qirindi yo`nila boradi. Zagotovka, 
keskich materialiga va boshqa ko`rsatkichlarga ko`ra moylovchi sovitkich 
suyuklikdan foydalanib yo moylamasdan parmalash olib boriladi. 
1-rasm. 2a150 markali parmalash 
dastgoxini ko`rinishi (a). 
kesish tezligi v keskichning bosh harakat bo`ylab bir minutdagi bosgan yo`li 
bo`lib, uni quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling