Mavzu: Tola uzunligi va miqdorining irsiylanishi. Reja


Download 15.56 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi15.56 Kb.
#1699825
Bog'liq
1-seminar


Mavzu:Tola uzunligi va miqdorining irsiylanishi.
Reja:
1.G’o’za o’simligi tolasining tuzilishi.
2.Tola uzunligining irsiyligi.
3.Nav doirasida tola miqdorining o’zgarishi.
Tola uzunligining irsiyligi.Paxta tolasining uzunligi g’o’zaning parvarish qilish sharoitiga,sug’orish,o’g’itlash,harorat rejimi va shu kabilarga juda o’zgaruvchan bo’ladi.Tola uzunligi bitta o’simlikda ko’sakning joylanishiga qarab.chanoqlarda va hatto chigitda ham o’zgargan bo’ladi.Chigitdagi farqi 5-6 mm gacha bo’lishi mumkin.Tupning o’rta qismidagi ko’saklarda,chanoqlarning markazida joylashgan chigitida,chigitning xalaza qismida tolalar odatda eng uzun bo’ladi. Genetik jihatdan analiz qilishda bu o’zgaruvchanlikni hisobga olish kerak. Paxta tolasi uzunligining irsiyligi XX asr boshlaridan o’rganila boshlandi. G’o’za tolasi uchun ekiladfi,shu sababli tolaning uzunligiga qiziqish kastta bo’ladi. Turlararo va tur ichida chatishtirish natijasida olingan duragaylarning birinchi bo’g’inida tola uzunligi oraliq o’rinda bo’lib,ko’proq uzun tolali ota-ona tomonga o’zgaradi.Uzun tolali navlar chatishtirilganda duragaylarda bu belgilasr nisbatan geterozis kuzatiladi,ya’ni ularning tolassi ota-onasinikidan ham uzun bo’lishi mumkin. Ikkinchi bo’g’indagi duragaylarda tolaning uzunligi ota-ona formanikiga nisbatan oraliq o’rinni egallaydi.Odatda o’rtacha ko’rsatkichlarga qaraganda,F2 duragaylar tolasi F1 duragaylarnikiga nisbatan kaltaroq bo’ladi. Ikkinchi va undan keying bo’g’inlarda ota-ona formalarga nisbatan tolasi birmuncha uzun o’simliklar ajralib chiqishi mumkin,ya’ni trangissiv ajralish ro’y beradi. Transgressiv seleksiya yo’li bilan uzun tolali o’simliklar olinganligi to’g’risida juda ko’p misollar keltirish mumkin.
Seleksioner Ye.A.Arkatova 138-f bilan C-5405 navlarini chatisdhtirib olingan duragay populyasiyasdidan 133 navni chiqasrgan va rayonlashtirgan.Bu nav paxta tolassining sdifati va uzunligiga ko’ra har ikkala ota-ona formadan Afzal.138-f navi tolasining uzunligi 34-35 mm bo’lib,sifati V sanoat tipiga yaqin,biroq pishiqligi past:4,0-4,2 gr orasida ,C-5405 navi tolasining uzunligi 32-33 mm bo’lib,sifati V sanoat tipiga kiradi. 133 navi tolasining uzunligi 36- 38mm,metric №6230,pishiqligi 5,2 gr,cho’zilish uzunligi 32,4mm, tola III sanoat tipiga mos keladi,ya’ni har ikkalasi ota-onasidan afzal.
Tola miqdori murakkab brelgi, bo’lib chigitning vazni va tolaning indeksi bilan aniqlanadi.Tola indeksi 100 dona chigit tolasining gramm hisobidagi vazni bo’lib,u chigitning yirik maydaligiga hamda chigitda tolalarning joylanish zichligiga bog’liq.
Tola miqdori irsiy belgi bo’lib,nav va turga mansublik bilan aniqlanadi.Nav doirasida bu belgi kuchli paratipik o’zgaruvchanlikka uchragan,u o’simlikda ko’sakning va chanoqlarda chigitning joylanishiga qarab o’zgaradi.O’simlik tupining o’rta qismida joylashgan ko’saklarda va chanoqning yuqori tomonida joylashgan chigitda tola miqdori ko’p bo’lib, tupning chekka qismida joylashgan ko’saklardagi chigitda tola miqdori chigit vaznining, indeksining pasayishi hisdobiga kamayadi.Nav doirasida tola miqdori iqlim va tuproq xususiyatlariga, meteorologik sharoitga hamda agrotexnikaga qarab kuchli o’zgaradi.
Bu holda tola miqdorining o’zgaruvchanligi 3-4% va ko’proq bo’lishi mumkin.Havo namligi yuqori bo’lgan ,suv bilan yaxshi ta’minlangan rayonlarda odatda chigit vaznining ortishi hisobiga tola miqdori kamayadi.Aksincha qurg’oqchil sharoitda chigit vaznining kamayishi hisobiga tola miqdori ortadi;chigitning vazni indeksining keskin pasayishi bilan bir vaqtda kamaygan hollarda tola miqdori ham kam bo’lishi mumkin.Agar tola miqdori kam navlar tola miqdori ko’p navlar bilan chatishtirilsa,birinchi bo’g’in duragayning tola miqdori o’rtacha bo’ladi,


Mavzu yuzasidan savollar.
1.G’o’za tolasi uzunligi qancha bo’ladi?
2.G’o’za tolasining uzunligi qanday aniqlanadi?
3.Tola miqdori deganda nimani tushunasiz?
Download 15.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling