Mavzu: Tonnellarini sovuq iqlim sharoitlarida ekspluatatsiya qilish


Download 1.17 Mb.
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1461847
  1   2
Bog'liq
17. амалиёт


Mavzu: Tonnellarini sovuq iqlim sharoitlarida ekspluatatsiya qilish.

Sovuq haroratli havo va suvning tonnel konstruksiyalari va qurilmalariga ta’sirining oqibatlari turlicha bo‘lib, harakat xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi omillari kuyidagilar:



  • tonnel gabaritini buzilishiga olib keluvchi, qoplama va qatnov qismining buzilishini tezlatuvchi muz qatqalog‘i hosil bo‘lishi;

  • muz qatqalog‘ini qatnov qismiga chiqishiga sabab bo‘luvchi, drenaj va suv chetlatish qurilmalarining muzlashi;

  • tonnel qoplamasi va qatnov qismi konstruksiyasiga qo‘shimcha bosim hosil qiluvchi gruntlarning sovuqdan ko‘pchishi;

  • konstruksiyalar deformatsiyalanishi va buzilishiga olib keluvchi, tonnel qoplamasidagi katta miqdordagi harorat kuchlanishlari paydo bo‘lishi.

Tonneldagi muz qatqalog‘i – bu suv oqimi yoki tomchilashi natijasida muz hosil bo‘lishidir. Muz qatqalog‘i faol va o‘zgarmas bo‘lishi mumkin. Faol muz qatqalog‘i – bu tushayotgan suv va tomchilar ta’siri uning issiqlik yo‘qotishidan yuqori bo‘lgan jarayon bo‘lib, bunda muz xajmining o‘sib borishi kuzatiladi. O‘zgarmas muz qatqalog‘i – bu muz hajmining o‘smasligiga mos keluvchi holatdir.

Tonneldagi harakat xavfsizligiga, ayniqsa elektrlashtirilgan temir yo‘l tonellarida, sumalak muz qatqalog‘lari katta xavf tug‘diradilar. Tonnel gumbazidagi muz qatqalog‘i hosil bo‘lishini kamaytirishda, drenaj qurilmalarining o‘z vaqtida muzdan tozalash va ularni isitish katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu narsa yer osti suvlarini suv chetlatish lotoklariga uzatishga ko‘maklashadi.
Tonnel ichi va tonnel qoplamasi haroratlarining keskin o‘zgarishlari ( plyusdan – minusga), qoplamada ba’zi hollarda betonning cho‘zilishiga bo‘lgan mustaxkamligi chegarasidan oshuvchi, cho‘zuvchi kuchlanishlarni hosil qilishi mumkin. Bu holat konstruksiya butunligini turlicha yunalgan yoriqlar hosil bo‘lib buzilishiga olib keladi. Past haroratlar mavjud yoriqlarning yanada kengayishiga, yuqori haroratlar esa, ularning jipslashishiga olib keladilar. Tonnel qoplamasining ichki va tashqi (grunt bilan munosabati tufayli) yuzalaridagi haroratlar farqlari ham katta ahamiyatga egadir. Izlanishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, 500 – 600 mm kalinlikdagi beton qoplamasining ichki yuzasida harorat 100S ga farq qilganda, 0.4 MPa cho‘zuvchi kuchlanish hosil bo‘lar ekan. Bunday kuchlanishlarning eng faol rivojlanishi tonnel ravoq oldi bo‘laklariga to‘g‘ri keladi.

Tonnel qoplamalarida yoriklar paydo bulishining sabablaridan biri – bu qoplama bilan gruntning o‘zaro bikr ta’sirida ekanligi bo‘lib, bu holat haroratning o‘zgarishida, qoplam tashqi yuzasi siqilishi natijasida hosil bo‘luvchi “tirbandlik” kuchlanishlari hosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari, tonnel qoplamasi qalinligi, boshqa bir xil sharoitlarda, qancha kam bo‘lsa, unda hosil bo‘luvchi harorat kuchlanishlari miqdori shuncha past bo‘ladi. Demak harorat kuchlanishlari miqdorini, qoplama va uni o‘rab turgan grunt bilan yopishish darajasini pasaytirish, tonnel sun’iy bo‘shlig‘i yuzasiga chegaraviy qatlam yotqizish, qoplama kalinligini kamaytirish, betonning cho‘zilishga mustaxkamligini oshiruvchi va beton elastiklik modulini pasaytiruvchi qo‘shimchalar qo‘shish yuli bilan pasaytirish mumkin.
Tonnellar kesib o‘tuvchi gruntlarda yer osti suvlarining yig‘ilishi qish davrida tonnelni o‘rab turgan gruntlarda ko‘pchish hollarini, eriganda esa – tonnel qoplamasi asosidagi jinslarning cho‘kishlari va suyuqlanishiga olib kelishi mumkin. Ekspluatatsiya qilinayotgan tonnellardagi devorlar cho‘kishi va teskari gumbazlar buzilishi kabi deformatsiyalar, ko‘pchish kuchlarining miqdori tog‘ bosimi miqdorining prognoz qilinayotgan miqdordan oshib ketishi natijasida ro‘y beradi.
Katta jadallikdagi ko‘pchish jarayoni kulsimon va lyossimon gruntlarda namayon bo‘ladi. Tonnel sun’iy bo‘shlig‘i qazilgan tuproqli gruntlarda ko‘pchish qobilyati, davriy muzlashlar tasisida ularning suv o‘tkazmaslik xususiyatlari yo‘qolishi uchun zarur bo‘lgan qurilishdan bir necha yil o‘tgandan so‘ng paydo bo‘ladi. Gruntlar ko‘pchishi tonnel yurish qismining shikastlanishi bilan bir qatorda shuningdek tonnel qoplamasida sezilarli deformatsiyalar hosil bo‘lishi va tonnel gabaritining buzilishiga olib kelishi mumkin.



Qish paytida tog‘ tonnellarini ekspluatatsiya qilish davrida, gruntning sovuqdan ko‘pchishi negativ oqibatlarining oldini olish maqsadida, tutash kesimli (teskari gumbazli taqasimon yoki aylana ko‘rinishidagi) qoplamalar qurish, shuningdek ko‘pchish hosil bo‘luvchi gruntlar suvlashining oldini olish zarur. Bu yo‘nalishdagi samarali tadbirlardan biri – bu tonnelni isitishdir.
XX asr boshlarida tonnellarni isitish tonnel ichiga katta temir pechlar o‘rnatib va ravoqlarni brezent bilan yopib amalga oshirilgan. Keyinchalik suv chetlatish lotoklari issiq suv yoki ravoqlar yonida quriladigan issiqlik qurilmalaridan chiquvchi bug‘lar bilan isitila boshlandi, XX asrning 60 yillariga kelib lotoklarni isitish uchun TEN (quvurli elektr isitgichlar) dan foydalanildi. 1970 yillardan boshlab esa isituvchi kabellar va lentalar ko‘rinishidagi chiziqli isituvchi elementlardan foydalanila boshlandi. Isituvchi lentalarning afzalligi – ularning elektr xavfsizligi va elastikligidir.

Katta uzunlikdagi tonnellarni isitish – shamollatish tartibini boshqarish uchun konstruktiv va texnologik tadbirlar qo‘llaniladi.
Konstruktiv tadbirlarga qoplamani issiqlik himoyalovchi ashyolar bilan isitish, mexanik ravoqoldi to‘sqichlari, issiqlik himoyalovchi zontlar o‘rnatish kiradi. Keyingi yillarda ichki yuzasida yoki birlamchi va ikkilamchi qoplama orasida o‘rnatiluvchi issiqlik himoyalovchi ko‘pqatlamli konstruksiyalar – adiabatik qoplama qo‘llanila boshladi. Bunda isituvchi qatlam sifatida rulon yoki listlar ko‘rinishidagi sintetik ash’yolar (penopolimetilen, penoureban, metall folga ichidagi mineral vata va b.) qo‘llaniladi.
Texnologik tadbirlarga issiqlik – havo pardalari o‘rnatish, havo oqimini isitish va rerikulyatsiya qilish, issiqlik boshqaruvchi zontlar o‘rnatish kiradi.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling