Mavzu: to’qimachilik tovarlari


Hosilali to‘qilishlar bosh to‘qilishlardan murakkablashtirilgan holda olinadi. Ularga reps, ragojka, siniq sarja, diagnolli kabi to‘qilishlar kiradi


Download 0.55 Mb.
bet4/7
Sana14.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1773127
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
toqimachilik tovarlari

Hosilali to‘qilishlar bosh to‘qilishlardan murakkablashtirilgan holda olinadi. Ularga reps, ragojka, siniq sarja, diagnolli kabi to‘qilishlar kiradi.

Qurama to‘qilish. Bu bir necha oddiy yoki hosila to‘qilish turlaridan foydalanish yo‘li bilan hosil qilinadi. Bularga naqshli, krepli, bo‘rtma, vafelli, diagnolli va chiziq-chiziq to‘qilishlar kiradi.

Murakkab to‘qilishlar u chyoki to‘rt tizim iplar qo‘llanishi bilan tavsiflanadi. Murakkab to‘qilish turlariga bir yarim va ikki qatlamli, pike, patli, halqali hamda chirmashma to‘qilishlar kiradi. Bular draplar, patli, halqali hamda har xil naqshli to‘rsimon gazlamalar olishda ishlatiladi. Bunday gazlamalarning ko‘pchiligi katta issiqlik saqlash xususiyatiga ega bo‘ladi.

Murakkab to‘qilishlar u chyoki to‘rt tizim iplar qo‘llanishi bilan tavsiflanadi. Murakkab to‘qilish turlariga bir yarim va ikki qatlamli, pike, patli, halqali hamda chirmashma to‘qilishlar kiradi. Bular draplar, patli, halqali hamda har xil naqshli to‘rsimon gazlamalar olishda ishlatiladi. Bunday gazlamalarning ko‘pchiligi katta issiqlik saqlash xususiyatiga ega bo‘ladi.

Yirik naqsh (gul) li. Bunday to‘qilish rapportining kattaligi, to‘qish gullari va turlarining xilma-xilligi bilan farqlanadi. Ytrik naqshli gazlamalar jakkard stanoklarida olinadi. Bu to‘qilishlar mebellarni bezatish uchun, paltobop gazlamalar, dasturxonbop, adyollar, qo‘l sochiqlari va ko‘ylak-kostyumbop gazlamalar va boshqa buyumlar olishda qo‘llaniladi.

Gazlamalarni pardozlash jarayonlari

To‘qilishdan so‘ng ishlov berilgan tayyor gazlamalar xom mato, deb yuritiladi. Bunday matolarning iste’mol xususiyatlari to‘liq shakllanmagan. Shuning uchun ularning iste’mol xususiyatlarini, ayniqsa, tashqi ko‘rinishini yaxshilash maqsadida kompleks fizik-kimyoviy va mexanik ta’sirlari ko‘rsatiladi, ya’ni pardozlanadi. Pardozlash jarayonlari quyidagi jarayonlardan iborat: dastlabki pardozlash, oqartirish, bo‘yash, nafis rangli gullar olish, yakunlovchi va maxsus pardozlash.

Dastlabki pardozlash gazlamalarni kelgusi pardozlash jarayonlariga tayyorlash yoki gazlamalarga kerakli xususiyatlar berish maqsadida o‘tkaziladi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling