Mavzu: Tosh-g'isht va armotosh ko'prik va yo'l o'tkazgich konstruksiyalari. Reja


Download 258.67 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi258.67 Kb.
#1313282
  1   2
Bog'liq
21. Tosh-g\'isht va armotosh ko\'prik va yo\'l o\'tkazgich konstruksiyalari


Mavzu: Tosh-g'isht va armotosh ko'prik va yo'l o'tkazgich konstruksiyalari.
Reja:

  1. Tosh-g'isht konstruksiyalari haqida
    umumiy ma'lumotlar.

  2. Yo'l o'tkazgichlar to’g’risida ma’lumot

  3. Yo'l o'tkazgich konstruksiyalari.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Tosh-g'isht konstruksiyalari haqida


umumiy ma'lumotlar

Tabiiy toshdan ishlangan konstruksiyalar insoniyat tarixida birinchi
qurilish konstruksiyalari bo'lgan. Tosh asridayoq tabiiy toshdan dastlabki inshootlar qurilgan. Jarniyatning ishlab chiqarish kuchlari taraqqiy etishi bilan yo'nilgan tosh, birinchi sun’iy tosh — xom g'isht va nihoyat pishiq g'isht ishlatila boshlandi.
Bizning eramizgacha III asrda Xitoy devorining bir qismi pishiq g'ishtdan qilinganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Pishiq g'isht eramizdan 2000 yil oldin paydo bo'lgan. Tosh materiallari siqilishga cho'zilishga nisbatan yaxshi qarshilik ko'rsatadi. Shuning uchun ular asosan siqilishga ishlaydigan elementlarda foydalanilgan.
Armaturali tosh konstruksiyalar, ya’ni po'lat armatura qo'yilgan konstruksiyalar X IX asrda paydo bo'ldi.
Markaziy Osiyo o'zining madaniy va me’moriy yodgorliklari bilan dunyoga dong taratgan o'lkadir. Ko'hna va navqiron yurtimizda toshg'ishtdan qurilgan me’moriy obidalar hozirgi kunda ham Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent shaharlarida, Surxon va Farg'ona vodiylarida qad ko'tarib turibdi. Shaharlarda saroy, ma’muriy binolar, markaziy maydonlarda — Registon bunyod etilgan. Shaharlaming o'z jome masjidi bo'lgan va u shahaming markaziy qismida minoralar bilan birga qurilgan.
Bunday binolarni bunyod etishda asosiy qurilish ashyosi sifatida g'ishttoshdan foydalanilgan. Monumental me’morchilikda awal xom g'ishtlardan, keyinchalik esa pishiq g'ishtlardan foydalanilgan. Binoda g'ishtdan gumbaz, ravoq va peshtoqlar ishlana boshlangan. Buxorodagi Samoniylar maqbarasi pishiq g'ishtdan qurilgan birinchi binolardandir. XI asrda g'isht ko'pincha loy bilan terilgan. XII asrga kelib esa g'isht ganch bilan terila boshlangan, ya’ni binoning mustahkamligi ancha oshgan.
Buxorodagi jome masjidining «Kalon» minorasi awaliga ikki marotaba
qulaganidan so'ng, uchinchi marotaba 1427yilda g'ishtdan qayta tiklangan.
Devorning qalinligi o'rtacha 80 — 90 sm ni tashkil qiladi, burchaklarT 0SH -G 4SH T VA ARMATURALI TOSH KONSTRUKSIYALAR 367
da peshtoq, ravoqlarda, ya'ni gumbaz va ravoqlardan tushayotgan yuklarni ko‘tarayotgan devorlar g'ishtdan terilgan.
Zamonlar o'zgargan va vaqt o'tgan sari ravoq, gumbaz va peshtoqlar o'lchami ham kattalasha bordi. Masalan: Bibixonim maqbarasi peshtoqining o'lchami 19 m, Shahrisabzdagi Oqsaroyning gumbazi diametri 22 m, Samarqanddagi Ulug'bek xonaqohi gumbazi Sharqda eng katta gumbaz qatoriga kirgan edi. Bulami bunyod etishda faqat g'ishtdan foydalanilgan.
Me’morchilikda yangi turdagi binolardan biri — Buxorodagi Chor minordir. U o'zining ko'rkam to'rt minorasi va gumbazi bilan boshqa inshooflardan ajralib turadi. Xivadagi Tosh hovli, Qo'qondagi Xudoyorxon O'rdasi, Samarqanddagi Amir saroylari qurilishida oddiy g'ishtlar ishlatilgan.
Tosh-g'isht konstruksiyalarining olovbardoshligi, tayyorlashning osonligi, chidamliligi, ulardan foydalanishda kam mablag' sarflanishi bu xil konstruksiyaning afzalligidir.
Temirbetondan tiklanadigan muhandislik inshootlari turli-tumandir.
Ko'priklar, yo‘1 o'tkazgichlar, tonnellar, rezervuarlar, suv sovutgichlar, suv bosimi minoralari, tirgak devorlar, bunkerlar, silos saqlanadigan inshootlar, yer osti kanallari, mo'rilar, suv va kanalizasiya tizimlari va boshqalar shular jumlasidandir.
Temirbeton rezervuarlar turli suyuqliklar (neft va neft mahsulotlari, spirt va boshqalar) ni saqlash vazifasini o'taydi. Rezervuarning ichki sirti suyuqlikning kimyoviy tarkibiga qarab bo'yoq, lok yoki plitkalar bilan qoplanadi.
Temirbeton rezervuarlami loyihalash va qurishda uning devorlari va
tubining yoriqbardoshligi hamda suv o'tkazmasligiga alohida e’tibor berish
talab etiladi. Yoriqbardoshlikni oshirishning eng yaxshi usuli rezervuar devorida oldindan kuchlanish uyg'otishdir. Suv o'tkazmasligini ta'minlash uchun zich beton qo'llash va ichki sirtlarga maxsus qoplamalar qoplash tavsiya etiladi.
Shakliga ko'ra rezervuarlar odatda doira va to'g'ri to'rtburchak shakliga
ega bo'ladi. Joylanish sathiga ko'ra yer osti va yer usti rezervuarlari, qurilish usuliga ko'ra monolit, yig'ma - monolit rezervuarlar bo'ladi.
Armaturasi oddiy yoki oldindan zo'riqtirilgan bo'lishi mumkin.
Rezervuarlarning ochiq va yopiq xillari mavjud.
Rezervuarlarning shakli va o'lchamlari turli xil variantlami texnikiqtisodiy tahlil qilish asosida belgilanadi. Tajribalarning ko'rsatishicha, suv to'playdigan rezervuarlarning sig'imi 2—3 ming m3 gacha bo'lsa, uni doira shaklida, 5—6 ming m3 dan ortiq bo'lsa, to'g'ri to'rtburchak shaklida olish maqsadga muvofiqdir.
Rezervuarning devorlari va tubi mustahkamlik sinfi B15 —B30, suv
o'tkazmaslik markasi W4 —W10, sovuqbardoshlik markasi F100 —F150 bo’lgan og’ir betondan ishlanadi. Oldindan zo‘riqtirilmaydigan konstruksiyalar uchun А-I, A-II, A-III va Br-I; oldindan zo‘riqtiriladigan konstruksiyalar uchun A-IV, A-V, A-VI va Br-II sinfli armaturalar qo’llanadi.
Kichik hajmli rezervuarlarda armaturalar oldindan zo'riqtirilmaydi.
SigMmi 500 m3 va undan ortiq boMganda, devorlaming yoriqbardoshligini
oshirish uchun, armatura oldindan zo'riqtiriladi. Oldindan taranglanadigan gorizontal armatura rezervuar devorining tashqi sirtiga o'raladi.
Devorning o‘zi ikki qavat sim to'r bilan jihozlanadi. Doira shaklli temirbeton rezervuarlar o'zaro monolit bog'langan uch xil konstruktiv elementdan — tub, silindrik devor va yopmalardan tashkil topadi (1 2 .1-rasm). Doiraviy rezervuarlarning yopmalari yupqa devorli qobiq, qobirg'ali yoki to'sinsiz yassi tom ko'rinishida ishlanadi.
Diametri katta bo'lmagan rezervuarlar devorlarining qalinligi balandlik bo'ylab o'zgarmas boMadi. Katta rezervuarlarning devori trapesiya shaklida ishlanadi. Bunda foydalanish qulay bo'lsin uchun devorning ichki sirti tik olinadi. Agar suv muzlaydigan bo'lsa, rezervuarni emirilishdan asrash uchun devorning ichki sirtini qiya holatda loyihalash maqsadga muvofiq sanaladi.

Massasining og'irligi, qurishda qo'l mehnatining ko'p sarf bo'lishi esa uning kamchiligi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda tosh-g'isht konstruksiyalari asosan devor hamda
ustunlarni qurishda ishlatiladi.
Tosh konstruksiyalari ham temirbeton, metall konstruksiyalari kabi chegaralangan holatlar usulining 2 guruhi bo'yicha hisoblanadi:
Birinchi guruh — yuk ko'tarish qobiliyati bo'yicha (mustahkamligi
va turg'unligi bo'yicha).
Ikkinchi guruh — yoriqlaming hosil bo'lishi, ochilishi va deformasiyalar
bo'yicha. Terimning hisobiy qarshiligi uning muvaqqat mustahkamligini terimning xavfsizlik koeffisiyentiga bo'lish orqali topiladi:

bu yerda k —xavfsizlik koeffisiyenti.

Download 258.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling