Mavzu: toshkent viloyatining iqtisodiy rayon sanoati va uning hududiy ixtisoslashgan tarm


Download 50.44 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi50.44 Kb.
#1593908
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TOSHKENT VILOYATINING IQTISODIY RAYON

2.2. Rivojlangan iqtisodiy tarmog'lar
Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iktisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat xoʻjalik kompleksi, asosan, poytaxt xoʻjalik kompleksini toʻldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20 %ni, elektr energiyasining 45 %ni, koʻmirning 98 %ni, sementning 43 %ni, poʻlat va metall prokatining 100 %ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Vshtoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qoʻshma, 20 mingdan ortiq kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Eng muximlari: „Gʻishtchi“ (Angren), „Agat va Farhod“ (Boʻstonliq tumani), „Metallurfemont“ (Bekobod), „Orion“ (Qibray tumani).
Sanoatining yetakchi tarmoklari — energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini qayta ishlash.
Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinati ishlab turibdi.
Chirchikdagi „Elektrkimyosanoat“, Olmalikdagi „Ammofos“ va Angrendagi „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. va boshqa tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. „Oʻzbekkimyomash“, „Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“, „Transformator“ korxonalarida qishloq xoʻjaligi. uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va boshqa ishlab chikariladi.
Viloyatdagi „Toshkenttibtexnika“ (Qibray tumani), „OʻzBMZ“ (Toshkent tumani), „Gidravlika“, „Uskuna quruvchi“ (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʻ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, „Angrengazmash“ (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi.
Viloyatda, shuningdek, „Ohangaronsement“, „Santexquyma“, „Ohangaronshifer“, „Ohangaronlinplast“, „Bekobodsemtaʼmir“, „Gʻazalkentoyna“ kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʻlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʻisht, linoleum, temirbeton konstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi.
Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat goʻshtsut, yogʻmoy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va boshqa tarmoklarni oʻz ichiga oladi.
Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va boshqalarga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʻl sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʻ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fabrikalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren shaharlari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʻp.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning koʻp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 72 %ni tashkil etadi (2004).
Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda.
Toshkent viloyati 1990-yillargacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi. ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. Toshkent viloyatida 168 shirkat xoʻjaligi, 8 parrandachilik fabrikasi bor. Chorvachilik goʻshtsutga ixtisoslashgan.
Toshkent viloyatidagi barcha jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʻchqa, 446,1 ming qoʻy va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003).
Chirchiq — Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 315 ming ga, shu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga oʻrmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sugʻorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi.
Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʻsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren shaharlari atrofidagi xoʻjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʻdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʻlarda asosan, nok va olma oʻstiriladi. Bogʻlarning asosiy qismi Boʻstonliq, Qibray, Yangiyoʻl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy togʻli va togʻ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qoʻy va echkilar boqiladi. Echkilarning 40 % angor echkilari, qoʻylar esa hisor va jaydari qoʻylardir.
Viloyatda Quyi Chirchiq „Baliqchi“ tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyoʻl baliq chavoqlari yetishtirish davlat xoʻjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va boshqa bor.
Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 19-mart kuni Nurafshon shahrida oʻtkazilgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyatini ikkiga boʻlishni taklif qildi. Bunga sabab qilib, viloyatda birlik yoʻqligini, agar ikkiga boʻlinsa 2 ta ixcham viloyat boʻlishini qayd etgan:
Toshkent viloyatini ikkiga boʻlmoqchiman. Birlik yoʻq bu viloyatda, agar boʻlsak ixchamgina ikkita viloyat boʻladi. Lekin koʻp oʻylayapman yangi hokimga imkon beraman. Men bu yerga viloyat aholisining shart-sharoitini yaxshilashga kelganman.
Shavkat Mirziyoyev viloyat ikkiga boʻlinsa, qanaqa nom berishni ham oʻylab qoʻyganini maʼlum qilgan: Xafa boʻlmanglar, ammo sizda shu xususiyat yoʻq. Angrendagi oqsoqolning gapi Bekobodga toʻgʻri kelmaydi. Bekobodning gapini Chinoz olgisi kelmaydi. 22 ta hududni birdan boshqarishni vallomat hokim ham eplay olmayapti. Hozircha bu fikrni oʻzimda ushlab turibman. Mana hozir Hidoyatovni sizga rahbar sifatida tavsiya etyapmiz. Yana bir marta imkon berib koʻrmoqchiman. Toshkent viloyatida 150 mingta ish oʻrni yaratsa boʻladi. Oʻzidagi ishsizlar tugul, boshqa viloyatlardan keladiganlarni ish bilan taʼminlash mumkin. Yo hozir birlashib, viloyatni koʻtarishga birdamlik bilan harakat qilasiz, yoki boshqa qaror qabul qilamiz. Ochigʻini aytaman, viloyatni ikkiga boʻlsak, qanaqa nom berishni ham oʻylab qoʻyganman


XULOSA
Toshkent viloyati oʻzining moʻtadil iqlimi, yer osti boyliklari zaxirasi, togʻ-kon, metallurgiya, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish salohiyati yuqoriligi bilan mamlakatimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Bu eʼtirof viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayevning Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida hudud aholisiga murojaatida ham bir necha bor taʼkidlandi. Deputatlar ishtirokida 2021-yil yakunlari sarhisob qilinib, 2022-yilning ustuvor yoʻnalishlari belgilangan ushbu anjuman, hududdagi, “mendan ketgunicha, egasiga yetgunicha” qabilida ish tutuvchi ayrim boqibegʻam rahbarlar, hokimlar va mutasaddilarni hushyorlikka chaqirdi.
Viloyat rahbari taʼkidlaganidek, 3 million nafarga yaqin aholi istiqomat qiluvchi hududda yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ortmoqda. Sanoat, xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, qurilish-pudrat ishlari rivojlanmoqda. Ayniqsa, kichik biznesni taraqqiy ettirish hamda investitsiya loyihalari koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar taqdim etgan tahlillarga qaraganda, viloyatda metallurgiya, yengil sanoat, qurilish materiallari hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,4 dan 2 barobarga ortgan. Ayniqsa, mahalliy sanoatni rivojlantirish negizida 139 ta loyiharni amalga oshirish hisobiga jami, 850,0 mlrd. soʻmdan ortiq mahalliylashtirilgan, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishilib, chetdan keladigan mahsulotlar hajmi 85 mln dollarga kamaygan. Bu, albatta, viloyat gʻaznasiga qoʻshilgan muhim ulushdir. Shuningdek, kooperatsiya aloqalarini kengaytirishda ham dadil qadamlar tashlanmoqda. Viloyatning Ohangaron, Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq kabi sanoat hududlarida eksport qilinuvchi mahsulotlar hajmi yil sayin ortayapti. Ishlab chiqarish korxonalaridagi iqtisodiy oʻsish natijalari albatta, birinchi navbatda ishchi-xizmatchilar va shu hudud aholisi turmush farovonligini yuksalishiga yoʻnaltirilmoqda.
Toshkent viloyati rahbari bu yutuqlarni qisqacha shunday baholadi: “47 ta kichik sanoat va 3 ta erkin iqtisodiy hududlarda 11847 ta, jumladan, kichik sanoat hududlaridagi 137 mlrd. soʻmlik 21 ta loyihalar hisobiga 674 ta, ish oʻrinlari yaratildi.
Dasturga asosan rejalashtirilgan 296 mln. dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 340,1 mln. Dollarga yoki rejaga nisbatan 114,9 foizga, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan esa, 105,4 foizga oshishi kutilmoqda.
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida hududiy investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 4 025 mlrd. soʻmga teng boʻlgan 636 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 13.334 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
2021-yil yakuniga qadar barcha dasturlar hisobiga jami 15,1 trln. soʻmlik investitsiyalar oʻzlashtirilib, 983 ta (reja 357 ta) loyihalar ishga tushirilishi natijasida 4,5 trln. soʻmlik yangi ishlab chiqarish quvvatlarida 24,8 mingdan (reja 11,8 ming) ziyod yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi”.
Deputatlar eʼtiboriga havola etilgan keyingi yutuqlarni Z. Mirzayev quyidagicha sharhladi:
“Viloyatda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida ham bir qator ijobiy natijalar mavjud. Jumladan, maktabgacha taʼlim sohasida mahalliy byudjet va homiylik mablagʻlari hisobiga 14 ta, davlat xususiy sheriklik asosida 6 ta, xususiy tashabbus hisobiga 11 ta, oilaviy nodavlat yoʻnalishida esa 625 ta tarbiya maskanlari barpo etildi. Bular hisobiga viloyatdagi 218,6 ming nafar bogʻcha yoshidagi bolalarning 144,9 ming nafari yoki 66,3 foizi qamrab olindi”.
Xalq taʼlimi tizimida ham ushbu dasturlar doirasida mahalliy byudjet hisobidan ajratilgan jami 458,9 mlrd. soʻm mablagʻ hisobiga yangi maktablar qurish, eski inshootlarni joriy va mukammal taʼmirdan chiqarish, yangi sport zallarini oʻquvchilar ixtiyoriga topshirish ishlari amalga oshirilgan.
Iqtisodiy tahlillar natijasi shuni koʻrsatmoqdaki, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, davlat maqsadli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish borasida ham talaygina muammolar mavjud. Xizmat koʻrsatish sohasida ham yutuqlar bilan maqtanib boʻlmaydi. Ayniqsa, Ohangaron, Piskent, Quyi Chirchiq, Chinoz tumanlarida bu boradagi ishlar achinarli ahvolda.
Viloyatning 13 tumanida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun zarur boʻlgan — sement, sirtqi toshlar, ohaktosh, qum-shagʻal, gʻisht-cheripitsa, silikat buyumlar, keramzit kabi 8 turdagi noyob xomashyo zxhirasi mavjud boʻlsa-da, ulardan samarali foydalanib, bu hududlarda sanoatni rivojlantirish, minglab yangi ish oʻrinlari yaratish tashabbusi yoʻq.
Toshkent viloyati rahbari bu muammolarni oʻrtaga tashlarkan, bunday oʻziboʻlarchilik holatlariga tezda barham berish deputatlarning ham vazifasi ekanini uqtirdi.
Bugungi kunda Olmaliqda yirik togʻ-kon korxonasi mavjud boʻlsa-da, qimmatbaho toshlar va rangli metallarni qayta ishlaydigan zargarlik sanoati faoliyati yoʻlga qoʻyilmagani kishini oʻylantiradi. Agar joylarda aholiga xizmat koʻrsatuvchi zargarlik ustaxonalari, doʻkonlari ochilsa, odamlar oddiy zirak yoki uzuk xarid qilish va taʼmirlatish uchun poytaxtga qatnash muammosidan xalos boʻlishardi. Shuningdek, qishloq joylaridagi 527 ta mahallalarda odamlar uchun eng zarur boʻlgan sartaroshxona, etikdoʻzlik ustaxonasi, goʻzallik saloni, dorixonalar yetishmaydi.
Viloyatdagi yana bir dolzarb muammo bu — hududda yetishtirilayotgan 1 600 tonna pillaning 70 foizi shu yerda birlamchi qayta ishlansa-da, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tayinli korxonaning yoʻqligidir. Ayniqsa, bir qator tumanlarda ipakchilik borasida katta imkoniyatlar boʻla turib, aholining ipak va shoyi matolari toʻqishga boʻlgan intilishlari, tajribasi inobatga olinmayotir. Pilla yetishtiruvchi tumanlar aholisining kosiblik va hunarmandchilikka yoʻnaltirish loyihalari ishlab chiqilganida edi, viloyatdagi ishsizlik koʻrsatkichi sezilarli darajada kamaygan boʻlardi. Chunki, bugungi tahlillarga koʻra, hududda mehnatga layoqatli aholining 124 ming nafari ishsizlar roʻyxatiga kiritilgan. 135 ming nafar kishi esa xorijiy davlatlarga mehnat migranti sifatida chiqib ketishgan.
Viloyat rahbari yana bir dolzarb masalada ibratli tashabbusni ilgari surdi. “2021-2022 oʻquv yilida 30624 nafar 11-sinf oʻquvchilari oʻrta taʼlim dargohlarida tahsilni tugallaydi. Ularning bilim saviyasini bugundan kechiktirmay mukammallashtirish lozim. Shu bois viloyatdagi OTMlarda faoliyat olib boruvchi 110 nafar professor-oʻqituvchilar oliy taʼlim dargohlariga kirish imtihonlarida talab etiladigan bilim saviyasi past, deya qayd etilayotgan maktablarga biriktiriladi”,-deya, taʼkidladi Z. Mirzayev.
Toshkent viloyatida sanoat yalpi mahsuloti ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmi ortishi barobarida xorij bozorlarini meva-sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlash rejalarida uzilish sezilmoqda. Bu oqsoqlik Boʻstonliq, Bekobod, Ohangaron va Qibray tumanlarida yaqqol koʻzga tashlanadi.
Jumladan, Boʻstonliq tumanidagi “Bananza tade export” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 9,3 mln dollar, Ohangaron tumanidagi “Expo ohan”da 3,4 mln. dollar, Qibray tumanidagi “Serious status” MCHJda esa 2,8 mln. dollarlik eksport rejalari umuman amalga oshirilmagan.
Bu tahlillar, meva-sabzavot yetishtirish borasida boy tajriba toʻplagan ushbu tumanlar imkoniyatidan unumli foydalanish ilinjida tashkil etilgan tegishli korxonalar rahbarlarining xoʻjakoʻrsinga faoliyat yuritayotganini bildirmaydimi?! Afsuski, shunday!
Viloyat rahbari taʼkidlaganidek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida Yangiyoʻl, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq, Piskent, Zangiota tumanlari hamda Angiren va Yangiyoʻl shaharlaridagi ahvol hudud koʻrsatkichidan ham past darajada qolayotir.
Maʼlumotlarda viloyatda jami 39 ta klasterlar faoliyat yuritayotgani qayd etilsa-da, mavjud 6 ta paxta-toʻqimachilik, 16 ta meva-sabzavotchilik klasterlari zamon talablariga toʻliq moslashmagan. Ularda tegishli mahsulotlarni chuqur qayta ishlash imkoniyati mavjud boʻla turib, undan samrali foydalanish mexanizmlari yoʻlga qoʻyilmagan. Shu bois, birgina paxtani qayta ishlash borasida ip-kalava yigirish jarayoni soʻnggi bosqich boʻlib qolayotir. Uni toʻqib matoga aylantirish, boʻyash, tayyor mahsulot holida chetga eksport qilish jarayonlarini oʻzlashtirish tufayli minglab yangi ish oʻrinlarini yaratish mumkin. 



Download 50.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling