Mavzu: Tovar moddiy zahiralarini hisobga olish


Download 31.91 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi31.91 Kb.
#1169467
Bog'liq
Abdusalomov Alisher Moliyaviy Hisob


Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Fiskal inistituti
«Moliyaviy Hisob Nazaryasi» fanidan


REFERАT


Mavzu: Tovar moddiy zahiralarini hisobga olish

Bajardi: BHA 0121 guruhi
Qabul qildi: To’layev Umid

Reja:
Kirish


1. Tovar moddiy zahiralari, ularni turkumlash va ularni baholash tartibi.
2. . TMZ xarakatini hisobini xujjatlashtirish.
3. TMZ omborxonada hisobini yuritish, ushbu hisobning buxgalteriyada yuritayotgan hisob bilan aloqasi.
4. TMZ inventarizatsiya qilish va natijalarni qayd qilish.
Аdabiyotlar roʼyxati
Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik faoliyati jarayonining yakuniy bosqichidan olinadigan tayyor mahsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muxim urin tutadi, chunki talab va taklifdan kelib chikkan xolda ularga urnatilgan baho (chunki ushbu baholarni tartibga solib turuvchi omil — bu tannarxdir) mahsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Ushbu muomalalar va talablardan kelib chikkan xolda ishlab chiqarishni tashkil kilaetganda tabiiy va modtsiy resurslardan unumli foydalanish, ikkilamchi resurslarni va yondash mahsulotlarni keng talab qilishi lozim.
Bu bo’limda subyektga tegishli bo’lgan tovar-moddiy zahiralari, shu jumladan, yo’ldagi va qayta ishlashga berilgan, ishlanadigan, qayta ishlanadigan, ishlab chiqarish va boshqa xo’jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan mexnat buyumlari, xom ashyo va materiallar, aylanma mablaglarning tarkibiga kiritilgan mexnat buyumlarining tarkibi, mikdori, xarakati, ularni tayyorlash, sotib olish, qayta baholash jarayonlari to’g’risidagi maʼlumotlarni umumlashtirishning tartib va qoidalari o’rganiladi.
1.Tovar moddiy zahiralari, ularni turkumlash va ularni baholash tartibi.
Tovar-moddiy zahiralaridan xujalik faoliyatida har xil maksadlar uchun foydalaniladi:
— tovarlar va tayyor mahsulotlar isteʼmolchilarga sotiladi;
— xom ashyo va materiallar ishlab chiqarishda tulik, isteʼmol kilinadi;
— ayrim materiallar - moylash materiallari, boʼyoqlar va shunga oʼxshashlar faqatgina uzlarining shaklini o’zgartiradilar;
— tayyorlangan mahsulotning tarkibiga o’zgarmagan xolda kiritiladi,- extiyot qismlar, mashina va agregatlarning qismlari;
— mahsulotlarni tayyorlashga yordam beradi yoki sharoit yaratadi – xo’jalik inventar-lari va jixozlar.
Tovar-moddiy zahiralaridan foydalanish va yo’nalishi bo’yicha ular asosan quyidagi guruxlarga bulinadi:
— tovarlar va sotiladigan xom ashyo va materiallar, tayyor mahsulotlar va ortiqcha xom-ashyo va materiallar;
— xom ashyolar-rudalar, paxta, kalava, ip, chuyan, neftь va xokazo;
— asosiy materiallar-yogoch, temir, kalava va xokazolar;
— sotib olingan yarim fabrikatlar — motorlar, kismlar, buyoklar va xokazolar;
— chikindilar-kirindilar, lattalar, urvoklar va xokazolar;
— idishlar-karton, yogoch, plastmassa va metal idishlar;
— yoqilgilar-kattik-yoyuch, koʼmir, suyuk-gaz, mazut yoqilgilari;
— extiyot kismlar-mashina va uskunalarning ayrim buyumlari;
— arzon baholi va tez eskiruvchan buyumlar — qiskich, kurak, ombir va boshqa jixozlar.
Tovar-moddiy zahiralarning ustidan tezkor va tizimli nazorat o’rnatish va ularni hisobga olishni tashkil qilish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:
— tovar-moddiy qiymatliklarining nomi va bahosini urnatish;
— xujjatlashtirish va xujjatlarning aylanish tartibini anik belgilash va javobgar shaxslarga birkitish;
— belgilangan tartibda va muddatda inventarizatsiya oʼtkazish;
— xozirgi davr talabi bo’lgan hisobni avtomatlashtirish tizimini joriy qilish va keng qullash.
Ushbu talabni bajarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
— saqlash va ularga ishlov berish joylarida moddiy qiymatliklar va tayyor mahsulotlarning saqlanishi ustidan nazorat qilish;
— moddiy qiymatliklar va tovarlarning xarakati bilan bogʼliq muomalalarni tugri va uz vaktida xujjatlashtirish;
mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovar va moddiy qiymatliklarni tayyorlash bilan bogʼliq xarajatlarni ajratib olish va qayd qilish;
5
— ishlab chiqarilgan mahsulotlar va sarflangan xom ashyo va materiallarning, qoldik mahsulot va materiallarning tannarxini to’gri hisoblash va saqpash joylari va balansning tegishli moddalari bo’yicha yoritish;
— tovar-moddiy boyliklarning sarfi buyicha belgilangan meʼyorlarga amal qilish va ortiqcha tovar-moddiy zahiralarni sotish ustidan nazorat qilish;
— tovar-moddiy qiymatliklarini yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar bilan buladigan hisoblashishlarni kelishilgan vaktda amalga oshirish;
— yo’ldagi tovarlar, mahsulotlar va moddiy qiymatliklarning xarakati va tovar-moddiy zahiralarni yetkazib berish sanalari ustidan nazorat o’rnatish.
Ushbu vazifalarni bajarish va nazoratni yetarli talab darajasida urnatish uchun subʼektda marketing bulimini tashkil qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bundan tashkari, omborxona xujaligining polati, uning jixozlari-o’lchov uskunalari, tokchalar, stellajlar, yashiklar xam muxim urin tutadi. Chunki xom ashyo, materiallar, tovar va mahsulotlar omborxonaning mahsus jixozlarida-yashik, stellaj-tokchalarda tegishli turlari va guruxlari buyicha saqpanishi va uning xavosi mo’tadil saqlanishi lozim~
undan tashkari, ushbu qiymatliklarni — TMZ qabul kilib oluvchi va sarfga chiqaruvchi javobgar shaxslarni tayinlash va ushbu muomalalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xujjatlarga imzo chekuvchi javobgar shaxslarni tayinlash va belgilash muxim urin tutadi.
TMZ kirimini eng avvalo marketing bulimi nazorat qiladi, chunki bu bo’lim mol yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzishda faol qatnashadi, keyinchalik taʼminlanish grafigini nazorat qiladi, uning tarkibi va qabul qilayotganda aniqlangan kamomadlari buyicha mol yetkazib beruvchilarga daʼvolar bildiradi va jarima soladi xamda yo’qolgan TMZlarni topish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Chunki tovar-moddiy zahiralari asosan sotish uchun olingan va ishlab chiqarilgan tovarlar xamda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan aktivlardan tashkil topgan bulib, ular subʼektning faoliyatida asosiy urinlardan birini egallaydi.
Tovar-moddiy zahiralar bu quyidagi shakldagi aktivlardan tashkil topgan:
a) realizatsiya uchun moʼljallangan mahsulot va tovarlar, shu jumladan, yuldagi tovarlar;
b) tugallanmagan ishlab chiqarish, yaʼni ishlab chiqarish jarayonining tugallanmagan sarflari;
v) ishlab chiqarish jarayoni yoki xizmat koʼrsatishga moʼljallangan xom ashyo va materiallar;
Аyrim xollarda subʼektning omborxonalarida mavjud bulgan tovar-moddiy zahiralarining ayrim turlari tovar-moddiy zahiralarning tarkibiga kiritilmasligi xam mumkin.
1-xol. Inventarizatsiya qilinayotgan davrda kompaniyaning egalik qilish xuquqi bo’lmagan tovarlar topilishi mumkin. Bu mijozning buyurtmasiga asosan tayyorlangan, u tomonidan qiymati to’langan (yaʼni, oldi-sotdi bitimi bajarilgan), unga qarashli va jo’natishni kutayotgan tovarlardir. Ularning realizatsiyasini qayd qilish zarur.
2-xol. Moddiy zahiralarning tarkibiga kirmaydigan tovarlarning yana bir kategoriyasi bu-konsignatsiyadagi tovarlardir. Konsignatsiya – bu komitent yoki konsignant deb ataladigan mulkdorning o’z tovarlarini boshqa kompaniyaning omborlarida joylashtirishidir. Konsignator bunday tovarlarni uzining moddiy zahiralarining tarkibiga kiritmasligi kerak, chunki realizatsiya davrigacha bu tovarlar junatuvchi konsignantning mulki hisoblanadi.
Tovar-moddiy zahiralarning hisobini yuritish jarayonida ular quyidagi tartibda, yaʼni tovar-moddiy zahiralar quyidagilarning eng kam qiymati buyicha baholanadi:
a) tannarx buyicha mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki moddiy zahiralarning xarid bahosiga transport-tayyorlov sarflari kushilgan xolda;
b) sof realizatsiya qiymati buyicha kelishilgan bahodan ularni sotishga tayyorlash va sotish bilan bogʼliq sarflarni chegirgandan keyin kolgan qiymatda.
Tovar-moddiy zahiralarni tannarx buyicha baholash tartibida tovar-moddiy zahiralarning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi:
a) tovar-moddiy zahiralarining sotib olish xarajatlari, jumladan, xarid qiymati (schyot-fakturada koʼrsatilgan summadan xarid chegirmalarining ayirmasi), bojxona tulovlari va boshka soliklar (qoplashga moʼljallanganlarning ayirmasi bilan), fraxt qiymati (yuklash, tushirish ishlari va tovarning yuldagi sugchrtasini hisobga olgan xolda), xarid bilan bevosita bogʼliq bulgan boshka xarajatlardan;
b) qayta ishlash xarajatlari va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bevosita byalik xarajatlardan, jumladan:
1. xom-ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirishda stanok va asbob-uskunalarda bevosita band bulgan ishchilarning mexnat xaqini to’lash va ijtimoiy sug’urtalash xarajatlari;
2. xom ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirish uchun sarflangan doimiy va o’zgaruvchan ishlab chiqarishning ustama xarajatlarni doimiy tartibda taqsimlashdan iborat.
v) joriy davrda TMZni tayinlangan joyga eltib berish uchun transportirovka yoki ularni kerakli xolatga keltirish jarayonida (tayyor mahsulotni omborga olib borish, tovarni shaxsiy buyurtmalar asosida bichish va yigish xarajatlari va boshkalar) sarflangan boshka xarajatlar.
7
Tovar-moddiy zahiralarning tannarxini hisoblash usullari quyidagilardan tashkil topgan:
a) yalpi identifikatsiya usuli, aniq xarajatlarga asoslangan bo’lib o’zaro almashtirilmaydigan konkret birliklari mahsus individual buyurtmalar bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot, tovarlar va xizmatlarning tannarxini hisoblash uchun qo’llaniladi.
b) o’rtacha tortilgan qiymat usuli-TMZ xar bir birligining qiymati hisobot davrining boshida bir turli TMZ birliklari va hisobot davri davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan bir turli TMZ birliklarining urtacha tortilgan qiymati buyicha aniklanadi. TMZ birligining urtacha tortilgan qiymati TMZning butun qiymatini ushbu zahiralar birliklarining soniga bulish bilan aniklanadi.
v) birinchi xarid baholari bo’yicha baholash usuli (FIFO-birinchi kirim birinchi chikim) birinchi navbatda sotib olingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotib yuborilgan tovarlarga olib borilishi kerak degan tartibga asoslangan.
g) oxirgi xarid narxlari buyicha baholash usuli (LIFO)- oxirgi xarid kilingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotilgan tovarlarning qiymatini aniklash uchun, hisobot davrining oxiriga bulgan zahiralarning tannarxi esa birinchi navbatda xarid Kilingan tovarlarning tannarxi asosida hisobga olinadi, degan taxminga asoslangan.
2. TMZ xarakatini hisobini xujjatlashtirish.
Tovar-moddiy zahiralarining hisobini yuritishga asos bo’lgan, TMZ hisobga olish bo’yicha tegishli Standartning talabiga javob beradigan vahisobni avtomatlashtirishga moslangan dastlabki hisob xujjatlari qo’llaniladi.
Xujalik yurituvchi subʼektga TMZ kirim qilinishini avvalo marketing bolimi nazorat qiladi, chunki bu bo’lim mol yetkazib beruvchilarning TMZni o’z vaktida yetkazib berishi yuzasidan tuzgan shartnomadagi grafikning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatadi, ularga miqdor va sifatining buzilishi natijasida daʼvo bildiradi. Belgilangan vaktda subʼektga kelib tushmagan TMZlarni qidirib topadi.
Maxalliy va chetdan olinadigan TMZ subʼekt tomonidan vakil, yuk tashuvchi (ekspeditor) olib subʼektning omborxonasiga topshiradi. Yuk tashiyotgan transport tashkilotlaridan tegishli yuklarni qabul kilib olayotgan ekspeditor (yukni kuzatuvchi) asosiy eʼtiborini idishlarning xolati, surguchi-plombasining xolatiga karatishi lozim. Аgarda ularga shikaet yetgan bulsa ushbu yukni tekshirib kabul qilishi lozim. Tekshirish natijasida yukning kamomadi yoki buzilishi (sinishi, ezilishi) aniklangan xolatda darxol kommertsiya (oldi-sotdi) dalolatnomasi tuzilib tegishli javobgar shaxslarga, mol yetkazib beruvchilar yoki transport tashkilotlariga daʼvo bildiriladi.
Ushbu yukni kuzatuvchi olib kelgan yuklarini omborxonaga topshirayotganda omborxona mudiri uning xujjatlarda koʼrsatilgan mikdori, sifati, turlarini xakiqiy mavjudligiga takkoslab tekshiradi va kabul kiladi. Xujjatda koʼrsatilgan TMZ xaki-katda mavjud bulgan qiymatliklarga tugri kelsa ombor mudiri materiallarning kirim orderi (M-4) ni tulgazadi.
Dastlabki xujjatlarning mikdorini kamaytirish maksadida ayrim xoll arda ushbu TM3 xujjatsiz kabul kilinadi, yaʼni kirim orderi tuzilmaydi. Аgarda mol yetkazib beruvchining xujjatida koʼrsatilgan TMZ xakikatda kabul kilinganga tugri kelsa, u xolda uning xujjati — tulov talabnomasi tulgaziladi va shtamp bilan tasdiklanadi. Chunki ktampda kirim orderining xamma rekvizitlari buladi.
Аgarda TMZ markazlashgan xolda yetkazib berilayotgan yoki mol yetkazib beruvchi olib kelsa u xolda tovar-transport yuk xati tulgaziladi.
TMZ kelgan va omborga kabul kilingan kuniyok kirim xujjatlari tulgaziladi.
Laboratoriya tekshirishidan oʼtkaziladigan, texnikaviy tekshiriladigan va masʼul saqlashga kabul kilingan TMZ ayrim xolda yoki ayrim omborxonada saqlanadi. Tekshirish oʼtkazib buli nmaguncha ularni kirim qilish va sarflash katʼiyan man kilinadi.
Ushbu TMZ mahsus daftarlarda hisobga olib boriladi va ularning butligi, saqlanishi ustidan nazorat urnatishga yordam beradi.
Bundan tashkari TMZ ichki xarakatini nazorat qilish va hisobga olish uchun ombordan-omborga, sexlardan foydalanishdan ortikcha yoki tejalgan mater iallarni va chikindilarni omborga topshirishni nazorat qilish lozim.
Yaroksiz mahsulotlarni, asosiy vositalarni buzishdan olin gan qiymatliklarni, АTB tugatilishdan olingan qiymatliklarni omborga topshirish jarayonlarida yuk xatlari va talabnomalar (M-11) tuziladi. TMZ topshirayotgan javobgar shaxs ushbu xujjatni ikki nusxada tuzadi:
1-nusxa — sexning javobgarligidagi materiallarni hisobdan chiqarishga;
2-nusxa — omborxonaga ularni kabul qilish uchun asos buladi.
Subʼektga kabul kilingandan keyin tovar-moddiy zahiralaridan asosan quyidagi tartibda foydalaniladi:
— xom ashyolar, materiallar asosan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish uchun, ayrim xollardagina xodimlarga yordam tarikasida ajratiladi va ortikcha bulgan materiallar sotiladi.
— tovarlar asosan sotish uchun, taʼsischilarning ulushi, barter muomalasi va mexnat xaki, mukofot va yordam sifatida berish;
TMZ subʼektning ishlab chiqarishi va xujalik zaruriyati (imorat va inshootlarni asrash, taʼmirlash, kurikdan oʼtkazish) uchun sarflanganda ularning chikimini tasdikdaydigan xujjatlar tuziladi. Ushbu xujjatlar chegaralangan olinadigan karta, talabnoma, yuk xati va bildirishnomalardir. Ushbu xujjatlardan eng kulay va sarfning ustidan nazorat qilishni osonlashtiradigan xujjat chegaralangan olinadigan kartadir. Ushbu karta marketing bulimi tomonidan — texnolog bilan kelishilgan xolda ikki nusxada (M-8 va M-9) tuziladi. Bu karta ishlab chiqarishning xususiyatiga karab bir xil yoki bir necha turdagi materiallarga va ayrim texnologik jarayonga tuziladi. Ushbu ikkita kartada tegishli sarflangan materiallar qayd kilinadi va koldik summasi koʼrsatilib boriladi. Belgilangan material yoki xom ashyolar sarflanib bulgandan keyin yoki oy tugagandan keyin ushbu kartalar omborxonaning mudiri va sex boshligi tomonidan uzining hisobotlariga kushib buxgalteriyaga topshiradilar. Ushbu kartalarga asosan buxgalteriyada xom ashyo va materiallarning chikimi aks ettiriladi va ularning sarflangan xajmi va yunalishlari nazorat kilib boriladi. Ushbu kartada foydalanilmagan (kaytarilgan) xom ashyo va materiallar xam koʼrsatiladi.
Chegaralangan-oluv kartalari ushbu xom ashyo yoki materiallarni doimiy yoki tizimli olish zaruriyati tugilganda ishlatiladi. Аyrim xollarda materiallarga bulgan zaruriyat ishlab chiqarish va xujalik faoliyatida doimiy tusda ruyobga chikmaydi. U xollarda zaruriyat uchun talabnoma yoki kushimcha xom ashyo, material uchun talabnoma-dalolatnoma (M-10) tuziladi. Bu xujjat ikki nusxada tuzilib bittasi omborxonada kolsa ikkinchi nusxasi isteʼmolchiga, sex yoki bulimga beriladi.
Meʼyordan ortikcha olinadigan xar bir xom ashyo yoki mater rial uchun (yaroksiz mahsulotning urnini koplash, ortikcha sarflash, ishlab chiqarish rejasining ortikcha bajarilishi va xokazo) mahsus talabnomalar tuziladi, chunki unda sababi, kodi va javobgar shaxslar koʼrsatiladi. Ushbu xom ashyo yoki materiallarni berish faqatgina mahsus masʼul xodimlarning
10
(direktor, muxandis, texnolog) topshirigi (imzosi) ga asosan amalga oshiriladi.
Xom ashyolar, material va tovarlar chetga, mustakil balansga ajratilgan bulimlarga xullas, subʼektning manzilidan chetga chiqarilaetganda M-11 yuk xati tulgaziladi. Ushbu yuk xati sotish bulimi tomonidan uch nusxada tulgaziladi. Uni tulgazish uchun tuzilgan shartnomalar, buyruk yoki topshiriklar asos buladi. Аgarda ushbu TMZ shartnomaga muvofik transportda isteʼmolchilarga junatilsa tovar-transport yuk xati tulgaziladi.
Subʼektlarda material va xom ashyolarni hisobga olish quyidagi dastlabki va yig’ma xujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
M-1. Keltirilgan yuklarni hisobga olish jurnali-bu jurnal subʼektning buxgalteriyasi yeki moddiy taʼminot bulimida yuritilib, unga xom ashyo va materiallarning kuzatish xujjatlari — schyot-faktura, yukxatlar qayd kilib beriladi va ayrim ustunda puli tulanganligi tugrisida belgi quyiladi.
M-2. Ishonchnoma — ayrim shaxslarga material olish uchun vakillik xukuKini beradi va subʼekt tomonidan bir nusxada yozilib shu shaxsga imzo bilan beriladi va muddati 10-15 kun- ra belgilanadi.
M-2a. Ishonchnoma — agarda subʼekt u yoki bu tashkilotdan doi miy ravishda xom ashyo yoki material olib tursa qullaniladi va ushbu berilgan M2b ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida qayd kilib boriladi (kimga, kachon va nima uchun berildi).
M-3 va M-4. Kirim orderlari-omborxonaga tovar-moddiy zahiralarni kabul qilish uchun omborxona mudiri tomonidan tulgaziladi.
M-7. Materiallarni kabul qilish dalolatnomasi. Аgarda materiallar xujjatsiz kelsa, yoki xujjatda koʼrsatilayotgan maʼlumotlar bilan xakiqiy mavjudligi urtasida fark, aniklansa kullaniladi. Dalolatnoma komissiya tomonidan ikki nusxada tuzilib birinchi nusxasi buxgalteriyaga materiallarni hisobga olish uchun beriladi, ikkinchi nusxasi esa mol yetkazib beruvchiga daʼvo xatini tayyorlash uchun moddiy taʼminot bulimiga yoki buxgalteriyaga beriladi.
M-8. Oylik chegaralangan olish kartasi — bitta material uchun.
M-8a. Kvadratlik chegaralangan olish kartasi — bir xil material ni uchun.
M-9. Chegaralangan olish kartasi — materiallarning 2-5 turi uchun.
M-9a. Chegaralangan olish kartasi — bir xil mahsulot uchun sarflanadigan materiallar uchun.
Yuqorida qayd qilingan subʼektlarda ishlab chiqarish texnologiyasi xaritasi yuki loyixa smetasiga asosan chegaralangan olish kartasi tuzilib sex yoki qurilishning raxbari tomonidan tasdiklanadi va 1-nusxasi omborxonaga, 2 nusxasi ishlab chiqarish obʼektiga berilib olingan xom ashyo va materiallar qayd kilib boriladi. Xom ashyo va materiallar olib bulingandan keyin yopilib hisobotlar omborxona mudirining hisoboti va ishlab chiqarish hisobotlari bilan buxgalteriyaga topshiriladi.
11
M-10. Bir qatorli talabnoma — bitta materialning olinganligi uchun.
M-10a. Ogoxlantiruvchi talabnoma — tasdiqlangan meʼyordan ortiqcha olingan materiallar uchun.
M-11. Kup qatorli talabnoma — xar xil materiallarni olish uchun.
Bu talabnomalar xam sex raxbari yoki kurilish obʼektining raxbari tomonidan yozilib tasdiklangandan keyin omborxonadan olinadi va hisobotlarga slova kilinib buxgalteriyaga topshiriladi.
M-12. Bir katorli yuk xati — bitta materialning ombordan omborga yoki sexdan sexga oʼtkazilishi uchun.
M-13. Ko`p qatorli yuk xati — xar xil materiallarning ombordan omborga yoki sexdan sexga oʼtkazilish uchun.
Bu yukxatlar orkali materiallarning subʼekt ichidagi xarakatini (sarflanishi emas) nazorat qilish va hisobga olib borish uchun kullaniladi.
M-14. Bir qatorli yuk xati — bitta materialni chetga sotish yoki berish uchun.
M-15. Kup qatorli yuk xati — bir nechta materiallarni chetga sotish yoki berish uchun.
Bu yuk xatlari subʼektning filiallariga materiallarni berish yoki shartnomalarga asosan boshka shaxslarga sotish uchun kullanilib, ikki nusxada tuziladi.
M-17. Omborxonada materiallarni hisobga olish kartasi, omborxonadagi mavjud tovar-moddiy zahiralarining navi, mikdori, bahosi buyicha xarakatini hisobga olib boradi.
Bu kartalarni omborxona mudiri tuzadi va yurgazib boradi va ushbu kartalar omborxonadagi materiallar tugrisida tezkor muʼlumotlar olish uchun xizmat kiladi.
M-18. Xujjatlarni kabul kilib olish qaydnomasi — ombor mudiri tomonidan tuzilib unda buxgalteriyaga topshirilgan kirim va chikim xujjatlari qayd kilinadi.
M-20. Omborxonada kolgan materiallarning jamgarmasi-maʼlum davrga (asosan oy, kvartal va yil oxirida) omborda mavjud bulgan materiallarning koldigi ombor kartochkalariga asosan tezkor buxgalteriya hisobi usulida aniklanadi.
M-22. Sarflangan materiallarni hisobdan chiqarish va materiallar koldigi tugri-sida dalolatnoma.
M-28. Chegaralangan olish kartasi-kurilishda materiallarni obʼekt bitguncha olish uchun.
M-28a. Chegaralangan olish kartasi-kurilishda materiallarni oy davomida olish uchun.
Ushbu xujjat mahsus komissiya inventarizatsiya oʼtkazgandan keyin tuziladi. Unda maʼlumotlar joriy hisobga asosan quyiladi va TMZ xakiqiy mavjudligi esa oʼtkazilgan inventarizatsiyaning yakuni buyicha aniklanadi.
M-34. Materiallarning xakiqiy qoldig`i bilan zahira meʼyori o`rtasida farq to`g`risidagi ogoxlantiruvchi bildirishnoma. Bu bildirishnoma ombor
12
mudiri tomonidan M-17 maʼlumotiga asosan tulgazili 6 unda materiallarning xarakati, keraksiz yoki ortikcha materiallar buyicha maʼlumotlar olinib kelgusi oyda moddiy-texnika taʼminoti (marketing) bulimi xodimlarining faoliyatini tartibga solishga yordam beradi.
3. TMZ omborxonada hisobini yuritish, ushbu hisobning buxgalteriyada yuritayotgan hisob bilan aloqasi.
TMZ omborxonalarda va buxgalteriyada hisobini yuritish tartibi "Tovar-material zahiralari" nomli 4-Milliy standartga asosan subʼekt tomonidan tasdiqlangan hisob siyosatiga muvofik yuritiladi. Xozirgi davrga nisbatan tularoq javob beradigan usullar bu tezkor-buxgalteriya usuli va mikdor-summa usullaridir. Bu usullarni qullaganda TMZ xarakati ustidan nazorat ombor mudirlarining maʼlumotlariga asosan amalga oshiriladi.
Tezkor-buxgalteriya (savdo) usulining asosiy shartlari quyidagilardan iboratdir:
— buxgalteriya xodimlari tomonidan omborxonadagi TMZ xarakatini tug’ri va o’z vaqtida xujjatlashtirishni, omborxonada hisobni yuritishni doimiy va tizimli ravishda nazorat qilish, omborxona mudirlarining hisoboti buyicha aks ettirilgan qoldik TMZ xaqiqatdagi qoldigiga tugri kelishini tekshirish xukukini buxgalterlarga berish;
— buxgalteriyada TMZ xarakatini faqat pul kurinishda tasdiqlangan baholarda, guruxlari. joylari va turlari buyicha hisobini yuritish;
— TMZ qoldiklarini omborxona hisobi bilan buxgalteriya hisobi maʼlumotlarini doimiy ravishda takkoslash yuli bilan tasdiklash.
TM3 tezkor-buxgalteriya (salьdo) hisobini kullaganda omborxonada ularning turlari va navlari faqat mikdor koʼrsatkichda hisobga olinadi. Ushbu hisob mahsus mikdor - summa kartochkasida (M-12) yuritiladi. Ushbu kartochka xar bir TMZ uchun ayrim xolda ochilib unda nomi, navi, ulchov birligi, bahosi, koldigi, kirimi va chikimi koʼrsatilib boriladi va ushbu kartochkalar omborxona mudiriga tilxat bilan beriladi.
Tovar-moddiy zahiralarining — tovarlar, xom ashyo va materi allar, extiet kismlar, idishlar, uruglar, ugitlar va boshka materiallarning xolati va tannarxi tugrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun 1000- "Materiallar" nomli sintetik va aktiv schyotlar gyruxi kullaniladi. Ushbu schyotlarning guruxida TMZ xarid bahosidan tashkari ularni tayyorlash, olib kelish sarflari xam hisobga olinadi (agarda 1510-"TMZ xarid qilish va tayyorlash" schyoti kullanilmasa). Subʼektning hisob siyosatida tovar-material zahiralarining belgilangan ulgurji shartnoma bahosi, xakiqiy tannarx yoki LIFO, FIFO usullarida tannarxi hisoblanadi.
13
Аgarda TMZ tegishli tannarxda hisobga olinsa shu narx bilan xakiqiy tannarxi urtasidagi fark, 1610-"TMZ qiymati urtasidagi farklar" tranzit schyotida hisobga olinadi.
TMZ xolati va xarakatini nazorat qilishni kuchaytirish maksadida 1000- "Materiallar" schyotida quyidagi schyotlar ochilgan:
1010- "Xom ashyo va materiallar"
1020-"Sotib olintan prim fabrikatlar, butlash (komplektlash) bukychlari"
1030- "Ekilgi"
1040-"Extiyot kismlar"
1050-"Kurilish materiallari"
1060-"Idishlar va idish materiallar"
1070-"Chetga kayta ishlashga berilgan materiallar"
1080-"Inventarь va xujalik buyumlari"
1090-"Boshka materiallar"
Sintetik hisobda TMZ faqat sum kurinishida hisobga. olib boriladi, lekin belgilangan vaktda xakiqiy mavjudligini tekshirish maksadida tizimli ravishda inventarizatsiya oʼtkazilishi shart. Ularning boshlangich va oxirgi koldigi va kirimi ushbu schyotlarning debet tomonida va sarfi-chikimi esa kredit tomonida xakiqiy tannarxda Qayd kilib boriladi. Xujalik yurituvchi subʼektning omboriga TMZ nafaqat mol yetkazib beruvchilardan qabul kilinadi, balki hisobdor shaxslar olib kelgan zahiralar, (xujalik va idora uchun zarur buyumlar), uzining yordamchi ishlab chiqarishida ishlab chiqarilgan mahsulotlar — jixozlar, ish kurollari, moslamalar va xokazo, asosiy ishlab chiqarishdan olingan chikindilar va tejalgan buyumlar, yaroksiz mahsulotlar, asosiy vositalar va АTB hisobdan chiqarilayotganda olingan ikkilamchi materiallar xam omborga kabul kilinadi.
TMZ sarflanishi va chiqimi bo’yicha tulgazilgan xamma dastlabki xujjatlar sintetik schyotlarda, foydalanish joylari va sarflarning yo’nalishlari bo’yicha buxgalteriyada guruxlashtiriladi. hisobot davrining ichida ular belgilangan, asosan hisob-reja bahosida hisobga olib boriladi va hisobot davrining oxirida hisob-reja bahosi bilan xatsqiy tannarxi urtasidagi fark summasi belgilangan tartibda hisob-reja bahosiga yoki kelishilgan bahoga mutanosib ravishda sarflangan tarmoqlarga taqsim qilinadi (agarda ushbu sarflar tejalgan bulsa tegishli xarajatlardan chegiriladi).
Аgarda xujalik yurituvchi subʼektning hisob schyotida koʼrsatilgan bulsa TMZ xarid bahosi, olib kelish va tayyorlash sarflarini hisobga olish uchun 1510-"Materiallarni sotib olish va tayyorlash" schyoti kullaniladi. Ushbu
1510 schyotining debetiga qabul qilish manbaiga muvofik xarid kilingan TMZ kelishilgan bahosi va ularni tayyorlash va olib kelish sarflari 6010, 2010, 2310, 6510, 6710, 6970 va boshka schyotlarning kreditida qayd kilib boriladi.
1510 schyotning kreditida va 1000, 1100, 2900 schyotlarining debetida xakikatda kelgan va kirim kilingan TMZ qiymatlari qayd kilinadi. Lekin ularning hisob-reja tannarxi bilan xakiqiy tannarxi urtasidagi fark summalari 1610-"TMZ qiymatidagi farqlar" schyotiga oʼtkaziladi. Ushbu 1610 schyotidagi yigilgan fark summalari hisobot davri oxirida TMZ chiqarilgan tegishli obʼektlariga hisob-reja bahosidagi qiymatiga mutanosib ravishda taksim kilinadi.
1510 schyotda yo’lda kelayotgan (lekin xujjati kelgan) TM3 joriy maʼlumotlari koʼrsatiladi. Bu ushbu schyotning xar oyidagi boshlangich koldigi hisoblanadi.
TMZ kirimi jarayonida tegishli xujjatga asosan omborxona mudiri ularni mahsus kartochkalarda qayd kiladi. Sarflash xujjatlariga (chegaralanganoluv kartasi, talabnoma, yuk xati) asosan ularning chikimi qayd qilib boriladi.
TMZning kirimi va u bilan bogʼliq sarflarning majmuasi, yaʼni uning tannarxi quyidagilardan tashkil topgan:
— oy boshida omborxonada TMZ oy boshiga koldigi, belgilangan bahoda;
— mol yetkazib beruvchilar junatgan TMZ (schyot-fakturada koʼrsatilgan qiymatda);
— kirim qilingan TMZ olib kelish sarflari;
— hisobdor shaxslar tomonidan olib kelingan TMZ;
— hisobdor shaxslar tomonidan tulangan yuklash-tushirish sarflari;
— yukchilarga hisoblangan mexnat xaki;
— hisoblangan mexnat xakiga nisbatan majburiy ajratmalar;
— yordamchi ishlab chiqarishda tayyorlangan va omborga topshirilgan TMZ;
— asosiy yordamchi ishlab chiqarish tomonidan tejalgan va omborga topshirilgan materiallar va chikindilar;
— asosiy vositalarni hisobdan chiqarish natijasida olingan materiallar;
— АTB hisobdan chiqarish natijasida olingan materiallar;
— yaroqsiz mahsulotni tugatish natijasida olingan materiallar;
— asosiy ishlab chiqarishdan olingan chikindilar va tejalgan materiallar.
Jami. Kirim kilingan TMZ xakiqiy tannarxi.
Xujalik yurituvchi subʼektlarda kabul kili ngan TM3 foydalanish va ishlab chiqarish yunalishlari buyicha guruxlashtirish tartibi subʼektda sintetik hisobini tashkil qilishga asos buladi.
TMZ xar-bir guruxi aloxida schyotda hisobga olib borilaxdi, buning uchun schyotlar rejasida bir nechta schyotlar ajratilgan.
Tovar-moddiy zahiralarining — tovarlar, xom ashyo va materiallar, extiet kismlar, idishlar, urugʼlar, oʼgʼitlar va boshka materiallarning xolati va tannarxi tug’risidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun 1000- "Materiallar" nomli sintetik va aktiv schyotlar guruxi qo’llaniladi. Ushbu schyotlarning guruxida TMZ xarid bahosidan tashkari ularni tayyorlash, olib kelish sarflari xam hisobga olinadi (agarda 1510- "TMZ xarid qilish va tayyorlash" schyoti kullanilmasa). Subʼektning hisob siyosatida tovar-material zahiralarining belgilangan ulgurji shartnoma bahosi, xakiqiy tannarx yoki LIFO, FIFO usullarida tannarxi hisoblanadi.
Аgarda TMZ tegishli tannarxda hisobga olinsa shu narx bilan xaqiqiy tannarxi o’rtasidagi farq, 1610- "TMZ qiymati o’rtasidagi farqlar" tranzit schyotida hisobga olinadi.
TMZ polati va xarakatini nazorat qilishni kuchaytirish maksadida 1000- "Materiallar" schyotida quyidagi schyotlar ochilgan:
1010- "Xom ashyo va materiallar"
1020-"Sotib olintan prim fabrikatlar, butlash (komplektlash) bukychlari" 1030- "Ekilgi"
1040-"Extiyot kismlar"
16
1050-"Kurilish materiallari"
1060-"Idishlar va idish materiallar"
1070-"Chetga kayta ishlashga berilgan materiallar"
1080-"Inventarь va xujalik buyumlari"
1090-"Boshka materiallar"
Sintetik hisobda TMZ faqat sum kurinishida hisobga. olib boriladi, lekin belgilangan vaktda xakiqiy mavjudligini tekshirish maksadida tizimli ravishda inventarizatsiya oʼtkazilishi shart. Ularning boshlangich va oxirgi koldigi va kirimi ushbu schyotlarning debet tomonida va sarfi-chikimi esa kredit tomonida xakiqiy tannarxda Qayd kilib boriladi. Xujalik yurituvchi subʼektning omboriga TMZ nafaqat mol yetkazib beruvchilardan kabul kilinadi, balki hisobdor shaxslar olib kelgan zahiralar, (xujalik va idora uchun zarur buyumlar), uzining yordamchi ishlab chiqarishida ishlab chiqarilgan mahsulotlar — jixozlar, ish kurollari, moslamalar va xokazo, asosiy ishlab chiqarishdan olingan chikindilar va tejalgan buyumlar, yaroksiz mahsulotlar, asosiy vositalar va АTB hisobdan chiqarilayotganda olingan ikkilamchi materiallar xam omborga qabul qilinadi.
TMZ sarflanishi va chiqimi buyicha tulg’azilgan xamma dastlabki xujjatlar sintetik schyotlarda, foydalanish joylari va sarflarning yunalishlari buyicha buxgalteriyada guruxlashtiriladi. hisobot davrining ichida ular belgilangan, asosan hisob-reja bahosida hisobga olib boriladi va hisobot davrining oxirida hisob-reja bahosi bilan xaqiqiy tannarxi o’rtasidagi farq summasi belgilangan tartibda hisob-reja bahosiga yoki kelishilgan bahoga mutanosib ravishda sarflangan tarmoqlarga taqsim qilinadi (agarda ushbu sarflar tejalgan bulsa tegishli xarajatlardan chegiriladi).
Mol yetkazib beruvchilar bilan olingan TMZ, bajarilgan ish va koʼrsatilgan xizmatlar yuzasidan hisoblashish 6010 - "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga tulanadigan schyotlar" nomli asosiy va passiv schetda yuritiladi. Chulki bu schyotning boshlangich koldigi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bulgan karzni (majburiyatni) oy oxirida tulanmagan tulov schyotlarining summasini kredit tomonida aks ettiradi va bundan tashkari ushbu tomonida hisobot davrida aktseptlangan va fakturasiz kelgan TMZ Qiymati koʼrsatilsa, uning debet tomonida esa hisobot davrida tulangan va uzaro x,isoblashish natijasida koplangan summa aks ettiriladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashishlar 6-jurnal-orderida aks ettiriladi. Bu aralash registr hisoblanib birinchi kismida umumiy qarz va to’langan summa koʼrsatilsa, ikkinchi qismida hisoblashishning natijalari buyicha xar bir tulov xujjati va xar bir kirim orderi buyicha maʼlumot yigilib boriladi.
6-jurnal-order xar oyning boshida mol yetkazib beruvchilar va pudartchilarga tulanmagan (qarz) summalar bilan boshlanadi:
— aktseptlangan, tulov muddati utgan tulov xujjatlari – 6010 schyotning oy boshidagi qoldigi;
— aktseptlangan, tulov muddati utmagan tulov xujjatlari – 6010 schyotning oy boshidagi qoldigi;
— aktseptlangan, lekin olin magan TMZ (kabul kilinmagan TMZ);
— qiymati tulangan, lekin olinmagan TMZ (subʼektning omboriga qabul kilinmagan), kabul kilinmagan TMZ;
— fakturasiz tovar-moddiy zahiralari — TMZ qabul qilingan, lekin tasdiqlovchi xujjatlari kelmagan.
Fakturasiz TMZni hisobga olish tartibi. Аgarda subʼektning nomiga fakturasiz TMZ kelib qolgan bollsa, u vaqtda tezda kabul qilish dalolatnomasi tuziladi va TMZ omborga kabul kilinib hisobot bilan ilova sifatida buxgalteriyaga topshiriladi. Ushbu dalolatnomada TMZ subьektning hisob siyosatida qabul qilgan bahoda baholanadi, 6-jurnal-orderga qayd qilinadi, omborxonaga qabul qilinadi va aktseptlanadi. Fakturasiz qabul kilingan TMZ 6-jurnal – orderga oyning oxirida qayd kilinadi, agarda ushbu oyda tasdiklovchi tulov xujjatlarini olish imkoniyati bulmasa 6- ustuniga schyot nomeri o’rniga F-1 belgisi quyiladi. Chunki ularning qiymatini to’lash mumkin emas, sababi bank uchun mablag’larni oʼtkazishga asos to’lov talabnomasi yoki schyot-faktura, hisoblanadi. Keyingi oyda to’lov xujjatlarining kelib tushish sanasidan ular aktseptlanadi, bank orkali qiymati tulanadi va buxgalteriyada 6-jurnal-orderning tegishli materiallar guruxida qayd kilinadi va "aktsept" ustunida belgilanadi. Keyin "salьdo" katorida (tulanmagan hisoblashish) tegishli bahoda ilgari yozilgan summa uchiriladi (storno); Ushbu yozuvlar amalga oshirilgandan keyingina ushbu TMZ buyicha mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashish tugallangan deb hisoblanadi.
Yuldagi tovar-moddiy zahiralariii hisobga olish. Аgarda TMZ To’lov xujjatlari olinib aktseptlangan, lekin ular xaligacha subʼekt omboriga kirim kilinmagan bulsa ushbu qiymatliklar yuldagi TMZ deyiladi. Chunki bank tomonidan qiymatining to’langanligi yoki to’lanmaganligidan qatʼiy nazar aktseptlangan to’lov xujjatlari hisobga olinishi lozim.
Tulov xujjatlari 6-jurnal-orderning "Kelmagan yuklar'"" va "Аktsept" ustunlarida oy davomida qayd kilib boriladi.' Oyning oxirida esa subʼekt ushbu TMZ o’zining balansiga qabul qilishi va tegishli guruxlarga yozishi shart. Lekin keyingi oyning boshidan ushbu mollar yuzasidan buladigan hisoblashishlar davom kiladi. qiymatliklar omborga kabul kilangandan keyin ular tegishli TMZ turlari va guruxiga ombor mudiri tomonidan kirim kilimadi va omborxonaning kirim orderi buxgalteriyaga beriladi. Lekin aktseptlanmaydi, chulki uning tulov xujjatlari iigari buxgalteriyaga aktseptlanib topshirilgan extimol bu tulov xujjatlarida koʼrsatilgan summa tulangan bulishi mumkin. Chunki 6- jurnal-orderni hisobot davrining oxirida yopayotganda ushbu guruxdagi materiallar ikki marta kirim kilinishi mumkin. Mol yetkazib beruvchilar bilan TMZ yuzasidan hisoblashish amalga oshirilayotganda ularning kamomadi yoki ortikchaligi aniklanishi mumkin. Аyrim xollarda xaqiqatda qabul kilingan TMZ mol yetkazib beruvchilarning to’lov xujjatlaridagi koʼrsatkichlari, bilan takkoslanadi va dalolatnoma (M-7) bilan tasdiqpanadi. Аniqlangan ortiqcha qiymatliklar kelishilgan yoki qabul qilingan bahoda dalolatnomaga asosan kabul kilinadi. Keyin 6-jurnal-orderning ayrim qatorida fakturasiz TMZ sifatida koʼrsatiladi va marketing bo’limi mol yetkazib beruvchiga ortikcha qiymatlik tugrisida xabar yuborib tulov xujjatini junatishni suraydi. Mabodo ushbu usulni kallash natijasida (takkoslash) kamomad aniklansa dalolatnomaga asosan subʼekt mol yetkazib beruvchiga daʼvo bildiradi. Bu vaktda kam chikkan TMZ xakiqiy tannarxda hisoblanadi, tashish tarifi yukning ogirligiga va ustama yoki chegirma summasi qiymatlikning umumiy summasiga mutanosib aniklanadi.
5. TMZ inventarizatsiya qilish va natijalarni qayd qilish.
Tasdiklangan buxgalteriya hisobining milliy standartlari xujalik yurituvchi subʼektlardan hisobot tuzishdan oldin tovar-moddiy zahiralarini inventarizatsiya qilishni talab kiladi. Ushbu inventarizatsiya quyidagi xollarda va tartibda oʼtkaziladi:
— tuzilgan yillik hisobotda TMZ xaqiqiy xolatini aniqlash maqsadida yilda 1 marta 1-oktyabrь xolatiga;
— moddiy javobgar shaxslarni almashtirayotganda, ularning ustidan asosli shikoyat tushganda va tabiiy ofat sodir bulganda;
— buxgalteriya hisobidagi maʼlumotlar bilan omborxona hisobidagi (hisobotidagi) maʼlumotlarda farklar vujudga kelsa.
Inventarizatsiya oʼtkazish uchun yil boshida subʼekt raxbarining imzosi bilan doimiy xarakatdagi inventarizatsiya komissiyasini tuzish va uning aʼzolari tugrisida buyruk chiqariladi. Unga obʼektning yetakchi mutaxassislari, bulimlardan vakillar jalb kilinadi.
Xar bir ayrim inventarizatsiya oʼtkazish uchun subʼekt raxbarining imzosi bilan buyruk chiqariladi. Unda komissiya aʼzolari, inventarizatsiya obʼekti va oʼtkazish davri koʼrsatiladi. Inventarizatsiya oʼtkazishdan asosiy
maqsad TMZ jismoniy va sum kurinishidagi xakiqiy mavjudligini aniklashdir. Inventarizatsiya jarayonida quyidagilar tekshiriladi:
tovar-modoy zahiralarining saщlanish sharoiti;
— ularni saqlash va chikzrish tartiblarining tugriligi va tortuv va ulchov jixozlarining axvoli;
— tovar-modtsiy zahiralarining xarakatini hisobga olish tartibi (omborxona hisobining yuritilishi).
Inventarizatsiya uzining moxiyati, usuli va kamrovi buyicha quyidagicha guruxdanadi:
a) tekshirish xajmining kamrovi buyicha:
yoppasiga-obʼekt xar tomonlama va toliq tekshiriladi;
— tanlanma-obʼektning asosiy koʼrsatkichlari tail ab olib tekshiriladi;
b) oʼtkazish vaqtiga karab:
— rejali-subʼekt tomonidan tuzilgan rejaga asosan (yilda bir marta) oʼtkaziladi;
kutilmagan xolda
— javobgar shaxs kutmagan xolda shikoyat tushganda va xokazo oʼtkaziladi.
Inventarizatsiyani oʼtkazish ustidan umumiy raxbarlik subʼektning raxbari yoki uning urinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. Buyrukka asosan tuzilgan inventarizatsiya komissiyasiga ishonchli mutaxassislar jalb kilinadi va natijasini (dalolatnomani) raxbar tasdiklaydi. Inventarizatsiya komissiyasi oʼtkazish davriga buxgalterning hisob maʼlumotlariga asoslangan xolda TMZ inventarizatsiya ruyxatini omborlar buyicha (inv-3) tuzadi. Uni oʼtkazish vaktida ombor mudiri tomonidan TMZ qabul qilish va chiqarish taʼqiqlanadi, u inventarizatsiya komissiyasiga xamma xujjatlardagi maʼlumotlar omborxona hisobidagi tegishli kartochkalarga oʼtkazilganligi va buxgalteryaga topshirilganligi to’grisida tilxat beradi.
Inventarizatsiyaning natijalarini aniklash uchun TMZ qoldiklarini hisobga oluvchi daftardan foydalanish mumkin, chunki unda inventarizatsiyaning natijasi buyicha tuzilgan ruyxatga asosan jismoniy kurinishdagi TMZ qoldig’ini qayd qiluvchi mahsus ustun mavjud.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan farqlar-ortiqcha yoki kamomad, taqqoslash qaydnomasini tuzish natijasida xaqiqiy tannarxda xujjatlashtiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


I. Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari.
2. Oʼzbekiston Respublekasi Konstitutsiyasi. -Toshkent, Oʼzbekiston. 2001.
3. Oʼzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida»gi qonuni. –T.: 1996.
II. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari
4. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Farmoni –T.: 2005.
III.Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari
5. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy va kredit yoʼli bilan qoʼllab-quvvatlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 290-sonli qarori. –T.: 31.12.2008y
6. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yoʼli bilan qoʼllab-quvvatlashni taʼminlash masalalarini koʼrib chiqish tartibi toʼgʼrisida” 288-sonli qarori. –T.: 31.12.2008y.
7. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tarkibi toʼgʼrisida»gi Nizom. 54- qarori. –T.: 1999y.
IV. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
V. Oʼquv qoʼllanmalar
26. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, Oʼzbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yoʼllari va choralari” nomli asarini oʼrganish boʼyicha oʼquv qoʼllanma. Tuzuvchilar: B.Yu. Xodiev, А.Sh.Bekmurodov, U.V.Gʼofurov, B.K.Tuxliev. –T.: Iqtisodiyot, 2009. -120 b.
27. Аrabyan K. K. Organizatsiya i provedenie auditorskoy proverki: ucheb. posobie. - M.: YuNITI - DАNА, 2009.- 447 s.
28. Zonova А.V. i dr. Buxgaltersqiy uchet i analiz: ucheb. posob. pod red. А.V. Zonovoy. – M.: Eksmo, 2009. – 512 s.
29. Kamordjanova N.А., Kartashova I.V. Buxgaltersqiy finansovыy uchet. 4-e izd., dop. – SPb.: Piter, 2009. – 288 s.
VI. Doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari
30. Mamatov Z.T. Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy hisobotlarni audit qilishning nazariy va uslubiy asoslari. –T.: OʼzR Bank-moliya akademiyasi. Dok. diss. 2005. -310 bet
VII. Ilmiy-amaliy anjumanlar maʼruzalari toʼplamlari
31. Dvadtsatь vtoroe Plexanovskoe chtenie. 10 aprelya 2009 goda. Moskva.
32. Milliy iktisodiyot tarmoklarini islox qilish va barkaror rivojlanishining muammolari, 10 noyabrь 2005 yil.TDIU.
VIII. Gazeta va jurnallar
33. “Soliq solish va buxgalteriya hisobi” jurnali. –T.: 2010--2011 yillar
34. «Oʼzbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnal. –T.: 2010-2011 yillar
35. «Bozor, pul va kredit» jurnal. –T.: 2010-2011 yillar
36. «Solik va bojxona xabarlari» gazeta. –T.: 2010-2011 yillar
IX. Statistika toʼplamlari maʼlumotlari
37. Oʼzbekistonning 2011 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi koʼrsatkichlari. –T.: Oʼzbekiston, 2011.
Internet saytlar
1. www.frei.org - Financial Executives Institute (FEI)
2. www.mythbreakers.com/ima - Institute of Management Accountants (IMA)
3. www.sma-canada.org - Society of Management Accountants (SMA)
4. www.cima.org.uk - The Chartered Institute of Management Accountants (CIMA)
5. www.rutgers.edu/accounting/raw/aaa/aaamas - American Accounting Association Management Accounting Section (MAS)
6. www.dis.ru


Download 31.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling