Mavzu: Tovar siyosati


Download 0.82 Mb.
bet1/8
Sana20.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1216500
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 -Tovar siyosati

Mavzu: Tovar siyosati

  • Tovar – bu ehtiyojni yoki xohishni qondira oladigan va bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
  • Servis xizmati deganda tovarni sotish va uni ishlatish(foydalanish) davrida ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksi tushuniladi.

Mahsulot va xizmatning farqi:

  • Mahsulot – bu moddiy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lib, uni ko‘rish yoki ushlab ko‘rish, sotib olib unga egalik qilish mumkin. Odatda, mahsulotni sotib olayotganda nima xarid qilayotganingizni oldindan bilasiz va ko‘rasiz.
  • Xizmat esa – bir tomonning ikkinchi tomon uchun ko‘rsatayotgan xatti-harakatdir. Siz mijozga xizmat ko‘rsatganingizda, mijoz uni ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlamaydi, balki his etadi, foydalanadi, iste’mol qiladi.
  • Mahsulot korxonada ishlab chiqariladi va sotiladi. Mijoz kelgunga qadar do‘konda yoki omborda saqlanadi.
  • Biroq xizmatlar odatda, avval sotiladi, keyin ishlab chiqariladi.
  • Mahsulot ishlab chiqaruvchilar mijozdan ancha uzoqda bo‘lishi mumkin, lekin xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz odatda yonma-yon turadi

Ishlab chiqaruvchi tovarni yaratishda, uning uch turli darajasini e’tiborga olgan holda baholashi kerak. Bu tovarning uch darajali klassik modeli deb nomlanib, AQSH marketologi Filipp Kotler tomonidan tavsiya etilgan.

  • Maqsadli tovar (1-daraja)bu qandaydir muammoni yechish usuli yoki asosiy foyda bo‘lib, shu tufayli iste’molchi tovarni sotib oladi.(Расм, молоток)
  • Real bajarilgan tovar (2-daraja) – bu maqsadli tovarni sotib olishni foydaliligini belgilovchi sifat darajasi, tavsifnomalar to‘plami, tashqi bezatilishi (dizayni), marka nomi, o‘rash, upakovka qilish va boshqa xususiyatlar yig‘indisidir.
  • Yordamchi kuch berilgan tovar (3-daraja) – bu iste’molchiga qo‘shimcha xizmatlar va ustunlikni, maqsadli hamda real bajarilgan tovar asosida yaratilishidir. (доставка, гарантия, инструкция)
  • Ammo XX – asrning oxirida marketolog olimlar bu klassik modelga 4 – darajani, ya’ni tovarni prestijligi, modasi, raqobatchilar tovariga nisbatan ustunligi va boshqa xususiyatlarni qo‘shib to‘liq tovar yoki brend deb nomlashni tavsiya etdilar.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling