Mavzu: To`yingan va to`yinmagan uglevodorodlar. Reja. Тo`yingan metan qatori uglyevodorodlari (alkanlar). Yopiq halqali to`yingan uglevodorodlar


) CH4  C + 2H2 ; 2CH4  C2H2 + 3H2


Download 29.11 Kb.
bet2/5
Sana08.02.2023
Hajmi29.11 Kb.
#1177628
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu1

2) CH4  C + 2H2 ; 2CH4  C2H2 + 3H2

3) Cl2  2Cl; CH4 + Cl  CH3 + HCl; CH3 + Cl : Cl  CH3Cl + Cl

4) CH4 + HNO3  CH3NO2 + H2O

5) C4H10  C4H8 + H2 ; C4H10  C2H6 + C2H4


2. Yopiq halqali to`yingan uglevodorodlar (sikloalkanlar).
Ochiq zanjirli to`yingan uglevodorodlar bilan birga yopiq (siklik) zanjirli to`yingan uglevodorodlar ham bor. Ularning bir necha xil nomi bor: sikloalkanlar, sikloparafinlar, naftenlar, siklanlar, polimetilenlar.
Sikloalkanlar molekulalarida tegishli alkanlarning molekulalaridagiga qaraganda ikkita vodorod atomi kam bo`ladi (ularning ajralib chiqishi hisobiga C halqasi yopiladi). Shuning uchun sikloalkanlarning umumiy formulasi CnH2n.
C3H6–siklopropan, C5H10–siklopentan, CH3C5H10–metilsiklopentan.
Sikloalkanlar Boku neftidan V. V. Markovnikov tomonidan ajratib olingan va mukammal o`rganilgan. Ular kimyoviy xossalari jihatidan alkanlarga yaqin turadi: yonuvchan, kimyoviy aktivligi kam, vodorod atomlari o`rnini galogenlar olishi mumkin. Uch va to`rt a`zoli sikloalkanlarning puxtaligi besh va olti a`zolilarnikiga qaraganda kam. Sikloalkanlarning kimyoviy xossalaridan juda muhim reaksiyani–siklogeksanning degidrogenlanib (vodorod ajratib), benzol hosil qilishini ko`rish mumkin: C6H12  C6H6 + 3H2
Sikloalkanlar va ularning gomologlari karbosiklik birikmalar qatoriga kiradi.
3. To`yinmagan etilen qatori uglevodorodlari (alkenlar).
Molekulalarida bir–biri bilan qo`shbo`g orqali bog`langan uglerod atomlari bor uglevodorodlar to`yinmagan etilen qatori uglevodorodlari deyiladi. Ularning molekularida vodorod atomlari soni to`yingan uglevodorodlardagiga qaraganda kam bo`ladi. H2CCH2 CH2=CHCH3
etilen propilen
Qo`shbog` bitta -bog`lanish va bitta -bog`lanishdan tarkib topgan.
Etilen qatori uglevodorodlari umumiy formulasi CnH2n formula bilan ifodalanadi. Gomologlarning nomi tegishli to`yingan uglevodorodlar nomidan–an qo`shimchasi –ilen qo`shimchaga almashtirish yo`li bilan hosil qilinadi (ratsional). Masalan: etan C2H6–etilen C2H4, propan C3H8–propilen C3H6.
O`rinbosar nomenklaturaga ko`ra etilen qatori uglevodorodlarning nomi –an qo`shimchani –en qo`shimchaga almashtirish yo`li bilan hosil qilinadi. Masalan: CH2=CH2; CH2=CHCH3;
eten propen
CH2=CHCH2CH3; CH3CH=CHCH3
buten–1 buten–2
Ularning umumiy xalqaro nomi –alkenlar, ular olefinlar ham deyiladi. CH2=CH–radikali vinil deyiladi. Masalan:
CH2=CHCl vinilxlorid CH2=CHCH=CH2 divinil
Olinishi: Laboratoriya sharoitida: 1) C2H5OH  CH2=CH2 + H2O
2) CH3CH2Br + KOH  CH2=CH2 + KBr + H2O
Sanoatda: 1) CH3CH3  CH2=CH2 + H2
2) CH3CH2CH3  CH2=CHCH3 + H2

Download 29.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling