Mavzu: Traktorning tortish dinamikasi va yoqilgi tejamkorligi
Ikkala kotrigi yetakchi bo‘lgan traktorning tortish dinamikasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
11-Mavzu.Traktorning tortish dinamikasi va yoqilgi tejamkorligi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Traktorning yonilg‘i tejamkorligi va unga ta’sir etuvchi omillar.
- Nazorat uchun savollar
4. Ikkala kotrigi yetakchi bo‘lgan traktorning tortish dinamikasi Keyingi yillarda qishloq xo'jaligida to'rttala g'ildiragi ham yetakchi (4x4) bo'lgan traktorlar keng qo'llanila boshlandi. Bu traktorlar 4x2 sxemadagi traktorlarga nisbatan tortishning yuqori foydali ish koeffitsientiga ega. Ulardan foydalanish traktorlarning ilashish xususiyatlarini yaxshilaydi, ilashish og'irligi va ilgakdagi tortish kuchini orttiradi. Yetakchi ko'priklarga burovchi moment blokirovka va differensial uzatmalar orqali o'tkaziladi. Blokirovkali uzatishda oldingi va orqa ko'priklar birbiri bilan taqsimlash qutisi orqali bog'lanadi. Bu vaqtda ikkala ko'prikka uzatayotgan burchak tezliklar bir xil qiymatga ega bo'lmasligi mumkin. Bunday moslashuvning bo'lmasligi hattoki, tekis harakat vaqtida ham mavjud bo'ladi, bunga sabab shinalardagi bosimning har xilligi, yo'l relyefi, shinaning boshlang'ich diametri kabilardir. Differensial uzatmada oradagi taqsimlash qutisiga differensial mexanizmi o'matiladi. Mexanizm tufayli oldingi va orqa ko'prikka o'tayotgan burchak tezliklarda farq bo'lmasligi mumkin. Lekin ikkala ko'prik orasidagi kinematik bog'lanish har xil bo'ladi, bu esa yetakchi momentning ham har xil taqsimlanishiga sabab bo'ladi.Moslanish uchun g'ildiraklardan binning shataksirashi yoki sirg'anishi shart. Shataksiraganda tezlikning kamayishi, sirg‘anganda esa tezlikning ortishi hisobiga ikkala o‘q bir-biriga moslashadi. G'ildiraklar yomon moslashsa traktorning tortish xususiyatlari pasayib ketadi. Masalan, g'ildiraklaming nomosligi tufayli shataksirash mavjud bo'lsa, shataksirayotgan g'ildiraklaming ilashish og'irligidan foydalanilmaydi. Natijada 4x4 sxe- madagi traktor 4x2 sxemadagi traktorga aylanib qoladi. Agar oldingi g'ildirak sirg'anib ishlayotgan bo'lsa, unga manfiy urinma kuch ta’sir etadi. Bu kuch traktoming ostovi orqali orqa g'ildirakka moment tariqasiga o'tadi. Shunday qilib, orqa g'ildirakka ikki yo'l bilan, ya’ni dvigateldan va oldingi g'ildirakdan burovchi moment o'tadi. Hosil bo'lgan urinma kuchning bir qismi yana qaytib oldingi g'ildirakda hosil bo'layotgan manfiy urinma kuchni yengish uchun sarf bo'ladi. Natijada quvvatning berk kontur bo'yiab aylanishi sodir bo'ladi. Aylanayotgan quvvat foydasiz bo'lib, parazit quvvat deb ataladi. Bu quvvat faqat mexanik yo'qotishlami tashkil etadi xolos. Shuning uchun tekis yo'llarda kerak bo'lmagan paytda oldingi ko'prikni ishlatishning keragi bo'lmaydi. Traktor yumshoq tuproqda ishlaganda oldingi ko'prikni qo'shish mumkin, chunki tuproqning deformatsiyasi tufayli ikkala o'q orasidagi moslashish o'z- o'zidan ro'y berib turishi mumkin. Hozirgi kunda turli usullar bilan o'qlar orasidagi moslashish yaxshilanmoqda. Bulardan biri erkin yo'lli muftalami qo'llashdir. Yana shuni aytish mumkinki, 4x4 sxemadagi traktorning og'iriigi 4x2 sxemadagi trak- torlamikiga nisbatan ko'p, lekin 4x4 sxemali traktor quvvat diapazonini kengaytirilgani uchun, ilgakdagi 1 kW quvvatga to'g'ri keladigan og'irlik 20—25% ga kam. 5.Traktorning yonilg‘i tejamkorligi va unga ta’sir etuvchi omillar. Traktorlarda yonilg‘i sarfi ishlov berilgan yerning yuzasi yoki traktor yuk tashuvchi bo‘lsa, tashilgan yukning miqdori va masofasi bilan belgilanadi. Traktorlarda yonilg‘i sarfi doim o‘zgarib turadi. Unga ta’sir etuvchi omillar turlichadir. Dvigatel detallarining texnikaviy holati va uning ishlash rejimidan tashqari bajargan ishining turi hamda uni tashkil etish, qishloq xo‘jalik mashinalarini to‘g‘ri tanlash, uzatmani aniq belgilash, tuproq zichligining o‘zgaruvchanligi, traktorchining mahorati kabi omillar yonilg'i sarfini har xil bo‘lib turishiga sabab bo‘ladi. Ma’lumki, traktor bir smenada sof ish bajarishdan tashqari salt yurishi va o‘rnida turib ham ishlashi mumkin. Bularning barchasiga yonilg‘i sarflanadi. Smenada yonilg‘i sarfi quyidagicha aniqlanadi: ) (
u s s ish ish sm T G T G T G G
(1)
bu yerda: ish G ish T - foydali ish bajarish uchun ketgan yonilg‘i miqdori (kg) va vaqt (soat); s G ,
T - salt ishlash uchun ketgan yonilg'i miqdori (kg) va vaqt (soat); u G ,
T
- bir joyda turib ishlashi uchun sarflangan yonilg‘i miqdori (kg) va vaqt (soat). Agar agregatning bir smenadagi ish unumi: ish ish ish sm T B W 1 , 0
bo‘lsa, birlik ishlov berilgan yuza uchun sarf bo‘lgan yonilg‘i quyidagicha aniqlanadi: ) (
ish u u ish s s ish ish ish T T G T T G G B G
(2) bu yerda: ish B —agregatning ishchi kengligi, m; ish — agregatning ish tezligi, km/soat. Transport traktorining ish unumi: sm sm ish n N sm T K q W
Bu vaqtda transport ishlari uchun sarf bo`lgan yonilg'i miqdori: sm sm ish n n u u s s ish ish T K q T G T G T G G
(3) bu yerda: n q — agregatning nominal yuk ko'tarish qobiliyati, t; n — yuk o'tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti, sm — masofa va vaqtdan foydalanish koeffitsientlari; sm T — smena vaqti, soat. Yonilg'i sarfini ilgakdagi quvvat bilan ifodalaymiz. Buning uchun, ; 3600 sm il ish ish K N B
e il il ish il g g N G g ;
(4) (4) ifodani (2) ga qo'ysak, bir gektar yerga ishlov berishdagi yonilg'i sarfini topgan bo'lamiz: ) 1
360 ish ish u u ish ish s s m il T G T G T G T G K g G
(5)
bu yerda: K — qishloq xo'jaligi mashinasining solishtirma qarshiligi, N/m. Agar agregat 1 gektar yerga ishlov berish vaqtida hech qanday salt va bir yerda turib ishlamagan bo'lsa, tr m e m il K g K g G 360 360
(6) Yuqoridagi ifodadan ko'rinib turibdiki, har bir gektar uchun sarflanayotgan yonilg'i dvigatelning ishlash rejimi, tuproqning sharoiti va transmissiyaning FIKga bog'liq. Dvigatelning texnikaviy holati yomon bo'lsa yoki uning yuklanishi 70— 80% dan oz bo'lsa yonilg'i sarfi ko'payadi. Tuproqning zichligi ko'p bo'lsa yoki yer yuzasining relyefi yomon bo‘lsa ham yonilg‘i sarfi ortadi. Bulardan tashqari, yonilg‘i nasosi, forsunka, dvigatelning boshqa tizimlarini hamda traktorning texnikaviy holatini o'z vaqtida tekshirib turish zarur, aks holda,
bu detallarning yomon ishlashi ham yonilg'i sarfming ortishiga ta’sir etishi mumkin.
1. Tortish kuchi bo'yicha hisoblashda traktorning qanday parametrlari asos qilib olinadi? 2. Tortish kuchi bo'yicha hisoblashda qaysi kattaliklar aniqlanadi? 3. Sof og'irlikka ta’rif bering. 4. To‘la yoki ekspluatatsion og'irlik qanday shartlar asosida aniqlanadi? 5. Transmissiyaning uzatishlar sonini aniqlashning ketma-ketligini aytib bering. 6. Uzatmalar qatori qaysi tamoyil asosida quriladi? 7. Dvigatelning quvvatini aniqlash qanday ketma ketlikda olib boriladi? 8. To'rttala g'ildiragi yetakchi bo'lgan traktorning afzalligi nimada? 9 Oldingi g'ildiraklari bilan orqa g'ildiraklari orasidagi aylanishlar chastotasidagi moslashuv bo'lmasa, qanday hodisa ro'y beradi? 10. Tortishning nazariy tasnifida qanday ko'rsatkichlar ko'rsatiladi? 11. Tasnifning to'rttala qismi har birining vazifasini aytib bering ? 12. Tasnifning amaliy ahamiyatini aytib bering ? 13. Traktor o'rnidan qo'zg'alib, ma’lum tezlikka ega bo'lguncha bajariladigan jarayonni tushuntirib bering. 14. Traktorni shig'ov harakati davrida harakatlanuvchi detallarni maxoviklar bilan almashtirish shartini ayting. 15. Ikki maxovikli modelning afzallik tomoni bilan kamchiligini ayting. 16. Shig'ov harakat davrida dvigatel tishlashish muftasi momentlarining o'zgarishini tushuntirib bering. 17. Shig'ov harakat paytida dvigatel tirsakli valini va transmissiya birlamchi valining aylanishlar chastotasi o'zgarishini tushuntirng. 18. Shig'ov harakat vaqti qanday vaqtlar yig'indisidan iborat? 19. Shig'ov harakat vaqti chekli kattalikmi yoki cheksiz kattalikmi? 20.Traktorning yonilg'i tejamkorligi o'lchov birligini ayting. 21.Traktorning yonilg'i tejamkorligiga ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat? Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling