Mavzu: Transformatorlar. Reja
Download 1.46 Mb.
|
9-Mavzu
5.2-расм
Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi. Transformator turlarining ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularda bo‘ladigan elektromagnit jarayonlar umumiy o‘xshashlikka ega bo‘lib, ularning ishlash prinsipi bir xildir. 5.2-rasmda bir fazali ikki chulg‘amli transformatorning sxemasi va shartli belgilanishi ko‘rsatilgan. Transformator po‘lat o‘zak (magnit o‘tkazgich) 1 dan ikkita mis chulg‘amlar 2 dan iborat. Po‘lat o‘zakning induksion toklar hisobiga qizib ketishini kamaytirish maqsadida u qalinligi mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat plastinalardan yig‘iladi. Platinalarning ikki tomoniga izolyasion lok surtiladi yoki ular tegishlicha qizdiriladi. Po‘lat o‘zak plastinalarni yig‘ish tartibi 5.3-rasmda ko‘rsatilgan. Qatlam platinalarining choklari ustma-ust tushmasligi kerak. Po‘lat o‘zak magnit zanjirini hosil qilish uchun xizmat qiladi va shu tufayli asosiy magnit oqimi F po‘lat o‘zak bo‘ylab harakatlanadi. Po‘lat o‘zakning mis chulg‘amlari o‘ralgan qismi sterjen deyiladi. Transformatorning manbaga ulangan chulg‘ami birlamchi, iste’molchiga ulangani esa ikkilamchi chulg‘am deyiladi. SHuning uchun birlamchi chulg‘amga (zanjirga) oid kattaliklar 1 indeksiga ega, masalan, birlamchi chulg‘amning o‘ramlar soni , qismalaridagi kuchlanish , zanjirdagi tok va h.k. SHuningdek, ikkilamchi chulg‘amga oid kattaliklar soni 2 indeksiga ega, masalan, va h.k. Transformatorning birlamchi chulg‘amiga berilgan sinusoidal kuchlanish () ta’sirida chulg‘amdan o‘zgaruvchan tok oqib o‘tadi. Bu tok transformatorning po‘lat o‘zagida o‘zgaruvchan magnit oqimi (F)ni hosil qiladi. CHulg‘amlarning o‘ramlarini kesib o‘tayotgan bu asosiy magnit oqimi birlamchi chulg‘amda o‘zinduksiya, ikkilamchi chulg‘amda esa o‘zaro induksiya hodisasiga binoan tegishlicha va elektr yurituvchi kuchlarni induksiyalaydi. Mazkur EYUKlarning ta’sir etuchi qiymatlari: , (5.1) . (5.2) Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling