Mavzu:Transformatorlarda magnitlovchi kuchlar tenglamasini kelib chiqishini tushintiring.
Reja:
1.Transformatorlarning magnitlanish jarayonlari.
2.CHulg’amlari Y/ ulangan transformatorlarning magnitlanish jarayoni.
3.CHulg’amlari Y/Y ulangan transformatorlarning magnitlanish jarayoni.
4.Transformatorlarning magnit zanjirini xisoblash.
Transformatorlarning magnit o’zaklarini magnitlanish jarayonida alohida o’rganishni talab qiluvchi holatlar vujudga keladi. Magnitlanish jarayonini o’rganish uchun birlamchi chulg’ami manbaga ulangan, ikkilamchi chulg’ami istehmolchiga ulanmagan, yahni transformatorning salt ishlash rejimini ko’ramiz (6-rasm).
6-rasm. Bir fazali transformatorning salt ishlash rejimi
Salt ishlash rejimida ishlayotgan bir fazali transformatorning birlamchi chulg’amidagi kuchlanishning muvozanat tenglamasi:
(2-1)
Bu yerda – kuchlanish, birlamchi chulg’amdagi kuchlanishni aktiv pasayishiga va elektr yurituvchi kuchni muvozanatlashga sarflanadi. SHuning uchun agar sinusoidal shaklda
q sint
bo’lsa, magnit oqim ham sinusoidal qonun bo’yicha o’zgarishi kerak.
FpqFm sin ( t- ) (2-2)
Transformatorning magnitlanish jarayonini o’rganishda uning magnit o’zagidagi quvvat isroflarini hisobga olmaymiz, u holda birlamchi chulg’amning manbadan qabul qilib olayotgan salt ishlash toki sof magnitlovchi reaktiv tokni tashkil etadi. Magnit o’zakdagi Fp oqimni magnitlovchi tok hosil qiladi. Magnit o’zak to’yinganda Fp va orasidagi proportsionallik buziladi va Fp sinusoidal bo’lganda ham sinusoidal bo’lmaydi. Buni biz 7-rasmda ham ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |