Mavzu: Transport axborot kommunikatsiya infratuzilmasining mintaqaviy rivojlanish xusussiyatlari Reja

Download 89 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi89 Kb.
#1240425
Bog'liq
Transport axborot kommunikatsiya infratuzilmasining mintaqaviy rivojlanish xusussiyatlari

Mavzu:Transport axborot kommunikatsiya infratuzilmasining mintaqaviy rivojlanish xusussiyatlari
Reja:

  1. Transport axborot kommunikatsiyasi

  2. Transport axborot kommunikatsiya infratuzilmasining mintaqaviy rivojlanish xusussiyatlari

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun transport-logistika sektori siyosiy, iqtisodiy va geografik nuqtayi nazardan rivojlanishning strategik yoʻnalishi hisoblanadi. Shuning uchun mintaqa mamlakatlari transport yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilishga intilib, turli xil loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
COVID-19 pandemiyasi mintaqaviy transport tizimining tovarlarning uzluksiz harakatlanishini taʼminlash uchun tezkor va samarali yechimlarga nisbatan zaifligini koʻrsatdi. Global va mintaqaviy karantin cheklovlari yuklarni tashish uchun ishlatiladigan asosiy transport yoʻlaklarining vaqtincha yopilishiga olib keldi.
Aksariyat hollarda bir qator davlatlar bir tomonlama va proteksionistik choralarni koʻrdilar, bu esa yuk oqimining toʻliq toʻxtashiga va ayrim yoʻnalishlari boʻyicha pasayishiga olib keldi, shu munosabat bilan tashqi savdo subyektlari yangi yechimlarni izlash va muqobil transport yoʻlaklaridan foydalanishga majbur boʻlishdi, bu esa yuk tashish xarajatlarning oshishiga olib keldi.
Shu munosabat bilan, hozirgi vaqtda mintaqa davlatlari hukumatlari yuk va yoʻlovchilar tashish sifati, xavfsizligi va tezligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga xalqaro yuk tashishni amalga oshirishda transport xarajatlarini optimallashtirishga imkon beradigan samarali strategiya va yechimlarni ishlab chiqishga katta eʼtibor qaratmoqdalar.
Masalaning istiqbolli yechimlardan biri – bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida aytib oʻtilgan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun Maxsus dasturi (MOIMD) hamda Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (OTOIIK) Dasturi doirasida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusidir. Ushbu Markaz transport-logistika salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishga va mintaqaviy hamda xalqaro yuk tashishni yana-da kengaytirishga toʻsqinlik qiladigan tizimli muammolarni hal qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishiga koʻmaklashadi va bu, oʻz navbatida, jadal iqtisodiy oʻsishga erishish va mintaqaning farovonligini oshirishga imkon beradi.
Markazning asosiy vazifalari qatoriga — mintaqa transport tarmogʻini yagona transport tizimiga birlashtirishga imkon beradigan qoʻshma transport-logistika loyihalarini amalga oshirish uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan mintaqaviy dasturlar, loyihalar va hujjatlarni qabul qilish, loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun mablagʻ jalb qilish, yangi transport yoʻlaklari va havo yoʻllarini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish, tarif siyosati mexanizmlarini takomillashtirish va bojxona tartibga solishni soddalashtirish, transport oqimini boshqarishni raqamlashtirish, transport va tranzit sohasida normativ-huquqiy bazani muvofiqlashtirish, ekologiya, yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi hamkorlik, shuningdek transport sohasida yagona talablar asosida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash vazifalari kiradi.
Hozirgi kunda Markaz konsepsiyasining amaliy ishlab chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining ekspertlari va tegishli boʻlinmalar rahbarlari tomonidan amalga oshirilmoqda — Markaz faoliyatini moliyalashtirish uchun xalqaro va mintaqaviy moliya institutlarining mablagʻlari jalb qilinishi rejalashtirilmoqda, uning rahbariyati tarkibiga esa ishtirokchi davlatlarning transport vazirlari kiradi.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻonistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika salohiyatidan toʻliq foydalanish 10 yil ichida mintaqa mamlakatlari yalpi ichki mahsulotining kamida ikki baravar koʻpayishiga imkon beradi, bu esa barqaror rivojlanishning samarali mexanizmi sifatida Markazni tashkil etishning dolzarbligini asoslaydi.
Markazni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar qatorida transport-logistika sektorida amalga oshirilayotgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari sonining koʻpayib borayotgani, shuningdek, Markaziy Osiyo va Afgʻoniston hukumatlari infratuzilmani modernizatsiya qilish, logistika markazlarini qurish va mamlakatlararo kommunikatsiya aloqalarini mustahkamlash hisobiga transport tarmogʻini barqaror rivojlantirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni qabul qilishga katta eʼtibor qaratayotganini taʼkidlash mumkin.
Shuni ham taʼkidlash kerakki, mintaqa mamlakatlari va Afgʻoniston BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (OTOIIK), BMTning Taraqqiyot dasturi, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi va boshqa transport-logistika sektorini rivojlantirishga qaratilgan qator xalqaro dastur va loyihalarga aʼzodirlar, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbarining ma’ruzasida markaziy osiyo mintaqasida tub o’zgarishlar ro’y berayotgani, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi tashabbusi bilan muntazam o’tkazilib kelinayotgan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari uchrashuvining navbatdagi yig’ilishlari alohida takidlanadi.O’rnatilgan munosabatlar tufayli keyingi to’rt yilda O’zbekiston bilan qo’shma davlatlar o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 barovar oshdi.Bugun Markaziy Osiyo davlatlari oldida muhim strategik vazifa turibdi. Bu mintaqamizning jahon iqtisodiy , transport va tranzit yo’laklariga chuqur integratsiyalashuvini ta’minlashdan iborat.Shu munosabat bilan Birlashgan millatlar Tashkiloti shafeligida transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish taklif etildi.Prezident Mintaqaviy qo’shma rejaning 10 yillik yakunlari va uning istiqbolli yo’nalishlariga bag’ishlangan xalqaro konferensiya o’tkazishni ham taklif qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish to‘g‘risida” 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3930- son Farmonini bajarish yuzasidan: O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining tugatilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:barcha turdagi transportlar — temir yo‘l, havo, avtomobil va daryo transportining transport tuzilmalari faoliyatini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan o‘zaro harakatini muvofiqlashtirish, respublika hududida va uning tashqarisida yuk hamda yo‘lovchilar tashish samaradorligini va oqilona tashkil etilishini ta’minlash; iqtisodiyot tarmoqlari va aholining havoda hamda yerda yuk va yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan doimiy ravishda ortib borayotgan ehtiyojini hisobga olgan holda Yagona o‘zaro bog‘liq respublika transport tizimini istiqbolli rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish; transport 240 tarmoqlarini va logistika tizimini rivojlantirish, yangi transport kommunikatsiyalarini jadal ravishda qurish, ularning transport vositalarini o‘tkazish quvvatini oshirish va samarali foydalanilishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish; respublika transport tizimi faoliyat ko‘rsatishining barqarorligi va xavfsizligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi transport kommunikatsiyalari Ma’lumki, O’zbekiston qadim zamonlardan G’arb va Sharqni bog’lovchi Buyuk ipak yo’lida joylashgan davlat sifatida mashhur bo’lgan. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.Endilikda ana shu qadimiy yo’l yangicha sayqal topib, ellarni-ellarga bog’lab kelmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatidan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish transport va kommunikasiya tizimini takomillashtirish bilan uzviy bog’liq. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekistonning transport va kommunikasiya tizimini takomillashtirishda eski mustabid tuzumdan qolgan muammolarni hal etish talab qilinardi. Bu muammolar respublikamizning Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasiga olib boradigan temir yo’llarning qo’shni Turkmaniston hududi orqali o’tishiga barham berish, respublikada yangi dunyo talabiga javob beradigan avtomobil yo’llarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, aviasiya infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat edi. Yuqorida keltirib o’tilgan muammolarni hal e’tish uchun transport tizimini isloh qilishning strategik yo’nalishlari belgilab olindi va respublikada yagona milliy transport tizimini yaratish ishlari boshlab yuborildi. Sohaning barcha tarmoqlari – temir yo’l, avtomobil, aviasiya transportining rivojlanishiga asos solindi. O’zbekistondagi avtomobil va temir yo’llarning raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha dolzarb vazifalar belgilandi. O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o’rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish va takomillashtirishning 1995-2010 yillarga mo’ljallangan milliy dasturi ishlab chiqildi. Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan.SHu dastur doirasida 1996 yildan “Toshkent–Andijon–O’sh” magistralining 100 km.dan ortiq tog’li uchastkalarida “Qamchiq” va “Rezak” tunnellarini qurish ishlari boshlandi. “Olma-ota–Bishkek– Toshkent–Termiz” va “Samarqand–Buxoro–Ashxabot–Turkmanboshi” avtomobil yo’lining respublika hududidan o’tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O’zbekistonni Qozog’iston orqali Rossiya Federasiyasi bilan bog’laydigan 340 kilometrli “Qo’ng’irot–Beynov” avtomobil yo’li qurilishi yakunlandi. Respublikada bunyodkorlik ishlarini davom e’ttirish maqsadida, 2011-2015 yillarda transport va 241 kommunikasiya infratuzilmasi qurilishini jadal rivojlantirish dasturining qabul qilinishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi tarmog’ini mamlakat va hududlar iqtisodiyotini istiqbolli taraqqiy ettirish bo’yicha amalga oshirilgan dasturlar bilan uzviy bog’liq holda yanada rivojlantirish imkonini berdi.Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Mintaqaning tabiiy er osti boyliklarini o’zlashtirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo’ldi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tub burilishlarga yuz tutib, aholining turmush farovonligi oshdi. Yuk va yo’lovchi tashish masofasi 170 kilometrga, harakat vaqti esa 7 soatga qisqardi. Natijada temir yo’l bo’ylab tashilayotgan tranzit va mahalliy yuklar salmog’i sezilarli miqdorda ko’paydi. O’tgan yili mazkur temir yo’ldan 5 million tonna yuk o’tkazilgani, shundan 4 million tonnasi tranzit yuklar e’kanligi ana shundan dalolat beradi. 2013 yildan muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida yana bir ulkan loyiha – 125 kilometrlik “Angren–Pop” e’lektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi boshlab yuborildi. Temir yo’l nafaqat Farg’ona vodiysi viloyatlarini respublikaning boshqa hududlari bilan, balki Evropani Xitoy bilan bog’lab, mamlakatimizning tranzit salohiyatini yanada oshiradi. 2016 yilning 22 iyunda O’zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqbolli loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimining eng muhim ahamiyatga ega tomonlaridan biri, ushbu marosimda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etgani bo’ldi. Jahonga mashhur ikki davlat rahbarlari “O’zbekiston” yo’lovchi poezdining Qamchiq tunnelidan o’tishiga ruxsat beruvchi semaforni yoqish uchun maxsus tugmani bosganliklarini butun dunyo kuzatib turdi.

F O Y D A L A N IL G A N A D A B IY O T L A R R O ‘Y X ATI 1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Toshkent. 2012 yil.

2. 0 ‘zbekiston Respublikasi havo Kodeksi. 1993-yil 7-may.
3. 0 ‘zbekiston Respublikasi M ehnat Kodeksi. 1995-yil 21-dekabr.
4. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Aloqa to‘g‘risida»gi qonuni, 1992-yil 13-yanvar. 5. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushm alari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni, 1992-yil 2-iyul.
6. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni, 1992-yil 2-iyul.
7. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zonalar to ‘g‘risida»gi qonuni, 1996-yil 25-aprel.
8. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni, 1996-yil 25-aprel.
9. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Shahar yo‘lovchilar tran sporti to‘g‘risida»gi qonuni, 1997-yil 25-aprel.
10. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni, 1997-yil 25-aprel.
11. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Avtomobil transporti to ‘g‘risida»gi qonuni, 1998-yil 29-avgust.
12. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Lizing to‘g‘risida»gi qonuni, 1999-yil 14-aprel.
Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling