Mavzu: Transport-ekspeditorlik xizmatini qo’llash usullari bilan tanishib chiqish


Harakat jadvalini tuzishning ikki bosqichi


Download 1.96 Mb.
bet2/2
Sana24.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1796690
1   2
Bog'liq
23.10.2023

Harakat jadvalini tuzishning ikki bosqichi.

  • - harakat jadvalini tayyorlash va hisoblash;
  • - harakat jadvalini tuzish.
  • Bu usulda har bir avtobusga ikki haydovchi (chiptachi) biriktiriladi. 2-rasm
  • Haydovchi (chiptachi) bir kun ishlab bir kun dam oladi.
  • Ish vaqti 11-12 soatni tashkil etadi.

1.Harakat jadvalini tuzishning tayyorlov bosqichida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- yo‘lovchilar oqimini kunning soatlari va yo‘nalish bo‘laklari bo‘yicha taqsimlanishini o‘rganish;
- yo‘nalish chizmasi, yo‘nalish uzunligi, bekatlar soni, avtobusning harakatdagi, oraliq va oxirgi bekatlardagi to‘xtash vaqtlari hamda harakat tezligini o‘rganish;
- avtobus turi va kerakli avtobuslar soni, qatnov va aylanma qatnov vaqtlarini aniqlash va me’yorlash;
- ruxsat etilgan eng katta harakat intervalini meyorlash;
- avtobuslar ishini boshlash va tugatish vaqtlari va punktlarini aniqlash;
- nollik yurish masofasi va vaqtini aniqlash;
- haydovchilar mehnatini tashkil etish usulini tanlash;
- ko‘rilayotgan yo‘nalish hududlarida boshqa yo‘nalishlarning harakatini o‘rganib chiqish;
- harakat jadvalini boshqa yo‘nalishlar jadvallari bilan muvofiqlashtirish masalalarini o‘rganib chiqish.
2.Harakat jadvalini tuzish ko‘p mehnat va vaqti sarflashni, shuningdek, tuzuvchidan yuqori mahoratni talab etadi. Harakat jadvalini tuzishni osonlashtirish uchun bugungi kunda shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanilyapti. Kompyuterga kiritilgan boshlang’ich ma’lumotlar asosida juda qisqa vaqtda nafaqat yo‘nalish bo‘yicha harakat jadvalini, balki ularning barcha turlarini tuzish mumkin.
Shahar ichi yo‘nalishlarining boshqa yo‘nalishlardan keskin farq qiladigan belgilaridan biri – yo‘lovchilar oqimining kunning soatlari va yo‘nalish uzunligi bo‘yicha notekis taqsimlanishi koeffisiyentining kattaligidadir.
“Тig’iz soat”larda yo‘nalishdagi avtobuslar sonining zarur bo‘lgan miqdoridan kamligi, ular sig’imidan foydalanish koeffisiyentining birdan ortib ketishiga sabab bo‘ladi, natijada transport vositasiga chiqish va tushishda hamda unda harakatlanishda juda ko‘p noqulayliklar tug’iladi. Ba’zi yo‘lovchilar boshqa transportlardan foydalanishga majbur bo‘ladilar
Agar yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish uchun avtobuslar sonining cheklanganligini va “tig’iz soat”larda zarur bo‘lgan qo‘shimcha avtobuslarning yo‘qligini hisobga olsak, ko‘rinib turibdiki, yo‘lovchilarga yuqori sifatli transport xizmati ko‘rsatish uchun harakatni tashkil etishning eng samarali usullarini ishlab chiqsh va qo‘llash zarur bo‘ladi.
“Тig’iz soat”larda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishning ilg’or usullariga birinchi galda quyidagilarni kiritish mumkin:
  • Тezkor harakatni tashkil etish;
  • Ekspress harakatni tashkil etish;
  • Qisqartirilgan yo‘nalishlarni tashkil etish;
  • Oxirgi bekatlarda to‘xtash vaqtini qisqartirish hisobiga ekspluatatsion tezlikni oshirish, ya’ni, harakat intervalini kamaytirish va harakat chastotasini oshirish lozim;
  • Kombinasiyalashgan usulda harakatni tashkil etish.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling