Mavzu: Transport-ekspeditorlik xizmatini qo’llash usullari bilan tanishib chiqish


Download 1.96 Mb.
bet1/2
Sana24.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1796690
  1   2
Bog'liq
23.10.2023

Mavzu: Harakat jadvali ishlab chiqayotganda e’tibor beriladigan omillar.

Toshpo’latov Ulug’bek.

Mavzu: Harakat jadvali ishlab chiqayotganda e’tibor beriladigan omillar.

  • Reja:
  • Harakat jadvali va ularni tuzish usullari.
    • Harakat jadvalini tuzishning ikki bosqichi.

Harakat jadvali va ularni tuzish usullari.

  • Ish unumdorligini oshirish, aholiga yuqori sifatli transport xizmati ko‘rsatish, haydovchilar va chiptachilar mehnatini va dam olishini to‘g’ri tashkil etish, harakat xavfsizligini ta’minlash uchun avtobuslar harakati oldindan ishlab chiqilgan harakat jadvali asosida tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Harakat jadvali har bir yo‘nalish va avtosaroy uchun eng asosiy hujjat hisoblanadi. Avtosaroylarning barcha xizmat bo‘limlari o‘z ishlarini harakat jadvaliga asoslangan holda tashkil etadilar. Masalan, avtobuslarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash ishlarini rejalashtirish va boshqalar.

Harakat jadvalini ishlab chiqayotganda quyidagi omillarga alohida e’tibor beriladi:

  • 1. Yo‘lovchilarning avtobusni kutish va ko‘zlagan manzillariga yetib borish vaqti;
  • 2. Harakat muntazamligi;
  • 3. Avtobuslarning harakat xavfsizligini ta’minlagan holda tortish qobiliyatidan to‘liq foydalanishi;
  • 4. Barcha yo‘nalishlarda avtobuslarning ish samaradorligi;
  • 5. Yo‘nalishning ma’lum hududlardan boshqa yo‘nalishlar ham harakatlanishi;
  • 6. Haydovchi va chiptachilarning mehnati va dam olishini belgilovchi qonunlar (me’yorlar).

Avtobuslarning harakat jadvalini avtosaroylarning tasarruf xizmati bo‘limi, yirik shaharlarda esa, agar tashkil etilgan bo‘lsa, “Markaziy nozimlik xizmati” ishlab chiqadilar. Yo‘lovchilar oqimi yilning fasllari va haftaning kunlari bo‘yicha notekis taqsimlanganligi uchun harakat jadvallari bahor, yoz, kuz, qish oylari hamda ish va dam olish kunlari uchun alohida-alohida tuzish tavsiya etiladi. Harakat jadvali yo‘nalish uchun tuziladi.
Yo‘nalish uchun quyidagi harakat jadvallari ishlab chiqiladi:
  • Boshlang’ich va oxirgi bekatlar uchun;
  • Oraliq nazorat punktlari uchun;
  • Har bir avtobus uchun;
  • Yo‘lovchilar uchun ma’lumotnoma.

  • Boshlang’ich va oxirgi bekatlar uchun tuzilgan harakat jadvalida har bitta avtobusni saroydan chiqish vaqti, tushlik, tushlikkacha ishlash vaqti, tushlikdan keyin ishlash vaqti, yo‘nalishdagi vaqti, qatnovlar soni, saroyga qaytish vaqti va boshqalar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
  • Bu jadval yo‘nalish nozimlari uchun ishlab chiqiladi. Yo‘nalish nozimlari jadval asosida avtobuslarning oxirgi bekatga kelish va undan ketish vaqtlarini, harakat muntazamligini nazorat qilish uchun foydalanadilar.
  • Oraliq nazorat punktlari uchun tuzilgan jadval ham boshlang’ich va oxirgi bekatlar uchun tuzilgan jadvalga o‘xshaydi, faqat unda avtobuslarning nazorat punktlariga kelish va ketish vaqtlari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
  • Har bir avtobus uchun tuzilgan harakat jadvalida avtobusning saroydan chiqish vaqti, boshlang’ich va oxirgi bekatlarga hamda nazorat punktlariga kelish va ketish vaqtlari, tushlik va dam olish vaqtlari, saroyga qaytish vaqtlari kabi ko‘rsatkichlar keltirilgan bo‘ladi.
  • Yo‘lovchilar uchun ma’lumotnoma yo‘nalish turiga qarab (shahar ichi, atrofi va h.k.) turlicha bo‘ladi. Shahar ichi yo‘nalishlarida avtobus bekati belgisida shu bekatdan o‘tadigan yo‘nalishlar raqami, harakat intervali, oxirgi bekatning nomi ko‘rsatiladi. Boshqa turdagi yo‘nalishlarda tashishlarda oraliq bekatdagi ma’lumotnomada har bir avtobusni bekatga kelish va unda to‘xtab turish vaqtlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling