Mavzu. Transport tizimlari asoslari


Transport tizimlarini imitatsion modellashtirish


Download 436.8 Kb.
bet4/4
Sana02.04.2023
Hajmi436.8 Kb.
#1319546
1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU- 1

Transport tizimlarini imitatsion modellashtirish
Imitatsion modellashtirish – bu matematik modellashtirishning bir turi bo‘lib, unda modelning tasviri o‘zini qanday tutish modellashtiriladigan tizim elementlarining o‘zaro bog‘lanishlarining algoritmlari ko‘rinishida beriladi. Foydalaniladigan algoritmlar tizim elementlarining ham, va umuman butun tizimning ham o‘zini qanday tutishini o‘xshatish, shuningdek tizimning faoliyat ko‘rsatishining talab qilinadigan parametrlarini aniqlash imkonini beradi.
Imitatsion modellashtirish determinantlangan yoki stoxastik, statik yoki dinamik bo‘lishi mumkin.
Stoxastik statik modellarda boshlang‘ich ehtimolli parametrlarning qiymatlari tasodifiy sonlar datchigi yordamida shakllantiriladi, shundan keyin beriladigan funksional bog‘lanishlar bo‘yicha boshqa parametrlarning qiymatlari aniqlanadi. Modelni ko‘p marotaba moslashtirish modelning parametrlari to‘g‘risidagi statistikani to‘plash va shu bo‘yicha uning statistik tavsiflarini aniqlash imkonini beradi.
Dinamik modellar tizimning vaqtda o‘zini qanday tutishini imitatsiyalaydi va tizimning berilgan vaqt diapazonida ishlashini tadqiq qilish yoki uning kelgusida qanday ishlashini bashorat qilish imkonini beradi. Bunday modellarda hodisa, jarayon, faollik tushunchalaridan foydalaniladi. Hodisa – bu tizim holatining o‘zgarishidir, bunda hodisa bir lahzada sodir bo‘ladi. Ikkita hodisa o‘rtasidagi oraliqda model o‘zgarmasdan qoladi. Jarayon – bu yagona maqsad bilan mantiqiy yoki texnologik bog‘langan faolliklar ketma-ketligidir. Faollik esa – tizimni bir holatdan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha bajariladigan elementar ishdir. Faollik hodisa bilan boshlanadi va hodisa bilan tugaydi (4.1 rasm).



3.1 rasm. Hodisalar, faolliklar va jarayonlar.



2.5.rasm.Shahar transport tizimining boshqa tizimlar bilan bog‘likligi sxemasi
Yuqoridagi sxemadan ko‘rinib turibdiki, transport tizimining samarali faoliyat yuritishi boshqa tizimlarga bog‘liq tarzda uzviy bog‘liq.
Shaharsozlik qurilish arxitekturasi, yuk terminallari va yo‘lovchi tashish bekatlari, yo‘lovchilarning qatnov vaqtini kamaytirish uchun jamoat transportiga alohida yo‘l polosalari qurish, harakat xavfsizligini hamda yo‘llarning o‘tkazuvchanligini tahlil qilmasdan turib shahar transport tizimi samarali faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Transport tarmoqlari deganda yuk va yo‘lovchi tashish jarayonini amalga oshirishda transport aloqalarini ta’minlovchi yo‘l, yo‘l qismlari( avtomobil va temir yo‘l) va.b. hamda yuk va yo‘lovchi terminallari tushuniladi.
Transport tarmoqlarini shartli ravishda uchta guruhga bo‘lish mumkin:
Qisqa va ma’lum yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish uchun xizmat qiluvchi yo‘nalishlar.(harkati cheklab qo‘yilgan yoki havo koridorlari va h.k.)
Tabiiy yo‘nalish tarmoqlari(daryo va yo‘ltanlmas transport vositalari harakatlanishi mumkin bo‘lgan joylar)
Transportlar harakati uchun maxsus qurilgan yo‘llar.(avtomobil,temir yo‘l,metro va h.k.
Download 436.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling