Mavzu: Tug‘ilish davri inqirozi


Download 21.01 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi21.01 Kb.
#1422390
Bog'liq
3Tug‘ilish davri inqirozi

Mavzu: Tug‘ilish davri inqirozi

Bu davrda organizm uchun muhim bo‘lgan nerv, nafas olish va ovkat hazm qilish kabi organlarning shakllanishi tugallanadi. Bu davrning eng muhim hodisalari quyidagilardan iborat. Urug‘lanishdan 5-6 oydan so‘ng homilaning qoshlari, kipriklari va sochlari paydo bo‘ladi. Embrional davrning oxiriga borib, erkak embrionda urug‘don, qiz embrionda tuxumdonlar rivojlanadi. Uchinchi oyda urug‘donda tashqi jinsiy belgilar rivojlanishiga ta’sir ko‘ratuvchi garmonlar sintez qilishni boshlaydi: qiz embrionda bu garmon sintezlanmaydi va o‘xshash hujayralardan jinsiy organlar hosil bo‘ladi.

4 -haftada hujayralar qavati naysimon bo‘lib o‘raladi. Nayning bir uchi kengayib, undan bosh miya hosil bo‘ladi, qolgan kismidan orqa miya shakllanadi. Homila bosqichi boshlanishiga kelib, bosh miya tarkibida turli tuzilmalar bo‘lib, organizm funksiyalarini boshqaradi. Bu bosqichda miyaning barcha sohalarini o‘sishi amalga oshadi, xususan, odam xulk- atvorining ko‘plab muhim turlarini boshqaruvchi bosh miya po‘stlog‘ining xususiyatlari ham rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar homilaning 22 va 28 haftalar o‘rtasida rivojlanayotgan organlarning ko‘pchilik tizimi ishonchli ravishda faoliyat yurita boshlaydi, Shuning uchun homila hayotining bu davri homilaning hayotchan davri deb ataladi.

Sog‘lom bola tug‘ilishi uchun bo‘lajak onalarga vrachlar asosiy 5ta tavsiyani ta’kidlab o‘tadilar: 1. Homilador ayol davolovchi vrach ko‘rigidan muntazam o‘tib turishi, har oyda, homiladorlikning oxirida har haftada vrach qabuliga borib turishi shart. 2. Homilador ayol to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga roiya qilishi shart. Asosiy ozuqa 5ta asosiy mahsulotlar guruhidan: yormalar, meva va savzavotlar, sut mahsulotlari, go‘sht yoki dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar bo‘lishi kerak. Barcha vitaminlar, minerallar va temir moddalardan iborat taomlarni tanovul qilishlari kerak.

3. Alkogol va kofein tutuvchi ichimliklarni iste’mol qilish, chekish tavsiya etilmaydi. Biror bir dori-darmon yoki tibbiy muolajani qabul qilishda avval vrach bilan maslahatlashishlari kerak. 4. Homiladorlik davrida badan tarbiya bilan shug‘ullanish zarur. Agar homilador ayol yaxshi jismoniy holatda bo‘lsa, tana qo‘shimcha og‘irlikni ko‘tarishda qiyinchilikka uchramaydi. 5.Homilador ayol o‘zining toliqib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi, ayniqsa, homiladorlikning oxirgi haftalarida, maxsus mashg‘ulotlarga qatnashishi zarur. U erda ayollarni tug‘ruqqa va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishni o‘rgatadilar.

.Pedagogik tajribalarga va mavjud psixologo-fiziologik tekshirish natijalariga asoslanib maktabgacha Yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti quyidagi Yosh bosqichlariga ajratiladi.(Bunda bola tug‘ilgandan tortib, to maktabda o‘qiy boshlaguncha bo‘lgan davr hisobga olinadi.) 1. Tug‘ilgandan bir Yoshgacha: chaqaloqlik davri (hayotining birinchi oyi); hayotining birinchi yili - go‘daklik davri. 2. Bir Yoshdan uch Yoshgacha: ilk bolalik davri. 3.Uch Yoshdan etti Yoshgacha: maktabgacha bo‘lgan davr.

Yangi tug‘ilgan bola anatomik-fiziologik tomondan hali etilmagan bo‘lib, katta kishi organizmidan o‘ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. YAngi tug‘ilgan bola suyak-muskul tizimining tez o‘sishi bilan kattalardan keskin farq qiladi. Ularning muskul va muskul to‘qimalari juda bo‘sh bo‘ladi. Muskullar asta-sekin qota boshlaydi. Oldin bo‘yin muskullari (bola boshini tuta boshlaydi), keyin tana muskullari (bola o‘tira oladi), undan keyin esa oyoq va qo‘l muskullari etiladi, predmetlar bilan harakat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi, bola yura boshlaydi.Yangi tug‘ilgan bolaning suyagida ohak va boshqa tuzlar kam bo‘lib, u asosan tog‘ay to‘qimalaridan iboratdir. Bosh suyaklar bola 2-3 oylik bo‘lgandagina bir-biri bilan tutashib ketadi. Bosh suyagining peshona va tepa qismlari tepasida katta liqil­doq deb ataladigan oraliq bo‘lib, u qalin parda va teri bi­lan qoplangan bo‘ladi. Bu oraliq bir-bir yarim yildan keyingina suyak bilan qoplanib ketadi.Yangi tug‘ilgan bola nerv tizimining yuksak qismi — bosh miya yarim sharlari tashqi ko‘rinishdangina kattalar miyasiga o‘xshaydi. Aslida chaqaloqning boshi katta ko‘rinsa-da (miya og‘irligi butun tananing sakqizdan birini, kattalarda esa qirqdan birini tashkil etadi), hali taraqqiy etmagan bo‘ladi. Tanasining umumiy og‘irligi 3-4 kilogramm bo‘lgani holda, miyaning og‘irligi 300 grammdan oshadi. Chaqaloq miyasidagi nerv hujayralari, «ariqchalar» va «izlar»ning soni katta kishilar miyasidan farq qilmaydi, ammo bola miyasi tuzilish jihatidan bir shaklda bo‘lib, «izlar» aniq ko‘rinmaydi, nerv hujayralari tarmoqlarining miqdori kam bo‘ladi.Nerv tolalarining bir-biridan etarli darajada ajralmaganligidan tashqi olamdan kelayotgan o‘zgarishlar boshqa nerv markazlariga ham ta’sir etadi, bosh miya yarim sharlarida hech qanday aniq va barqaror o‘zgarish joylari paydo bo‘lmaydi. Uning uchun chaqaloq tashqi qo‘zg‘ovchilar ta’siriga qo‘l, oyoq va boshini tartibsiz harakat qilib javob beradi. Miyaning eng «qadimiy» bo‘limlari nafas olish, qon aylanishi, emish, yutinish kabi jarayonlarni ta’minlaydi. Bu nerv tolalari bolaning yashashi uchun etarli miqdorda (nerv tolasi) mielen qobig‘i bilan qoplangan.Chaqaloq bola bizga eng ojiz zotdek tuyuladi.


Tug‘ilganidan boshlab bolaning nafaqat sezgi organlari ishlashga tayyorligi ma’lum bo‘lmay, balki bosh miyasi ham faol ishlay boshlaydi. Onalar chaqaloqning faqatgina psixika va xulqning tug‘ma shakllarinigina bilmasdan, balki organizmni tabiiy rivojlanish jarayonini ham bilishi kerak. Hayotining birinchi oylarida harakatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega.
Download 21.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling