Mavzu: Tugma, led va pezonurlatgichdan foydalanib loyiha yaratish. Ishning maqsadi


Download 0.51 Mb.
Sana17.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1098043
Bog'liq
Tugma, led va pezonurlatgichdan foydalanib loyiha yaratish.








Mavzu: Tugma, led va pezonurlatgichdan foydalanib loyiha yaratish.


Ishning maqsadi. Tugma (Knopka) bilan tanishish va tugmani bosilish yordamida yorug’lik diodini yonishi va o’chishini nazorat qilish ko’nikmasini hosil qilish.
I. Masalaning qo’yilishi.

  1. Knopka bosilganda svetodiod o’chsin , bosmaganda yonsin.

  2. Knopka bosilganda led (svetodiod) yonsin

  3. Knopka bosilganda 4ta svetodiod yonsin va “knopka bosildi va birinchi 4ta svetodiod yondi” , bosilmaganda boshqa 4ta svetodiod yonsin va “knopka bosilmagan va keyingi

4ta svetodiod yondi” degan yozuv monitor portga chiqsin.

  1. Knopka bosib turilganda svetadiod yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda ishlashdan to’xtasin.

  2. Knopka bosib turilganda 3ta svetadiod ketma-ket yonib-o’chib ishlab tursin.

Qo’yvorilganda o’chsin.

  1. Knopka bosib turilganda 5ta svetadiod ketma-ket yonib-o’chib ishlab tursin.

Qo’yvorilganda ishlash tezligi2 marta kamaygan holda sekin yonib-o’chishda davom etsin.
II. Asosiy nazariy qisim
Ushbu laboratoriya ishida tugmaning tuzilishi haqida biroz malumot berib o’tamiz.
Uning ishlash prinsipi xuddi uyingizdagi chiroqni o’chirib yoquvchi выключатель dak ishlaydi. Maktab darsliklarida esa kalit ham deb ataladi. Tugmaning vazifasi quvvatni uzush yoki ulashdan iborat bo’lib, arduino uchun maxsus kichik hajmdagilari mavjud.

1- rasm/ Tugmaning ishlash prinsipi


LED haqida ham malumot bersam, bu o’zidan yorug’lik taratuvchi qurilma. LED da diod xususiyati ham mavjud, uning xususiyati shundan imorat-ki quvvatni faqat bir tomonga o’tkazadi. Cho’g’lanma lampalarga o’xshab quvvat 1 yoki 0 ishorali quvvatni tanlamaydi emas. Faqatgina "+" va "-" ishorali quvvatlarda ishga tushadi. LED ning ham arduino uchun maxsus turlari mavjud. LED arduinoning quvvatiga bardosh bera olishi uchun qarshilik ham ishlatamiz. LEDning qaysi tomoni musbat quvvatligini farqlash uchun uning simining uzunligiga yoki to’gri yoki qiyshiqligiga qaraymiz, uzun yoki qiyshiq tomon musbat hisoblanadi.

2- rasm. LED ko’rinishi


Breadboard bu arduino pinlari ulanishi uchun maxsus tayyorlangan, har bir katakchasi o’z qatoridagi katakchalar bilan ulangan bo’ladi. Breadboard bu bir biriga malum bir tartibda ulangan katakchalar(pinlar) to’plami.

3- rasm. Breadboard tuzilishi


1-tajriba. Bu tajribada hechqanday kod yozmaymiz ammo ishlash prinsipini haqida tushuncha olamiz. Buning uchun quyidagi qurilmalar kerak:

  • Arduino qurilmasi;

  • LED;

  • Jumper(kabellar);

  • Tugma(Button);  Breadboard.

(Barcha qurilmalarmizni ishlash ishlamasligni bilib oling) Bajarish ketma- ketligi:

  1. Arduino qurilmamizni quvvatga ulab olamiz.

  2. 5 V pinini tugmaning bir uchunga ulaymiz.

  3. Tugmaning yana bir uchini LED ning musbat tomoniga ulaymiz.

  4. LED ning manfiy tomonini qarshilikka(resistorga) ulaymiz.

  5. Resistorning boshqa uchini GND ga ulaymiz.

  6. Tugmani bosib ko’ramiz LED yonsa biz maqsadga erishdik(yonmasa commentga yozing).


4- rasm.Tugma va LEDni birgalikda ishlatish
2-tajriba. Tugamani LED ga to’g’ridan to’g’ri ulamaymiz, arduino orqali tugmaning holatiga qarab LED ni yoqamiz. Buning uchun quyidagi qurilmalar kerak:

  • Arduino qurilmasi;

  • LED;

  • Jumper(kabellar);

  • Tugma(Button);  Breadboard.

Bajarish ketma- ketligi:

  1. Arduino qurilmamizni quvvatga ulab olamiz.

  2. 5V pinini tugmaning bir uchunga ulaymiz.

  3. Tugmaning yanabir uchiga 8-digital pinni va resistor orqali manfiy GND ni ulaymiz.

  4. 9-digital pinni LEDning musbat tomoniga ulaymiz.

  5. LEDning yana bir tominiga resistor orqali manfiy(GND) ga ulaymiz.

  6. Arduino IDE dasturida code yozamiz.

Dastur kodi:
void setup() { pinMode(8, INPUT); pinMode(9, OUTPUT);
} void loop() { if(digitalRead(8)){ digitalWrite(9, HIGH);
} else{ digitalWrite(9, HIGH);
}
}
Sizga notanish bo’lgan digitalRead(8) bu 8-digital INPUT pinni qanday holda ekanligini, quvvat bor yoki yo’q ekanligini qiymatini beradi. Agar 8-digital pinda quvvat bor bo’lsa(tugmamiz bosilgan bo’lsa) True qiymat qaytaradi.

III. Amaliy Qism
Arduino platformasida kod.

TinkerCad platformasida sxema qurilishi va kod.

Sxema ishlamoqda.

XULOSA
"Agar tugmacha bosilsa LED yonadi bosilmasa o’chadi." degan ma’no kelib chiqadi bu yozgan codeimizdan!!! Nega men ba’zi joylarda qarshilik ba’zi joylarda resistor deb ketdim, chunki arduinoni o’rganmoqchimisiz sizga qarshilik va resistor degan so’zlar bir ma’noni anglatishi kerak!!!





Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling