Mavzu: Tugunaklar


Download 28.38 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi28.38 Kb.
#1600430
Bog'liq
Tugunaklar va tuproq kesaklarining texnologik xususiyatlari.Chiviqli elevator ishchi jarayoni. G‘alvirning ish jarayoni


Mavzu: Tugunaklar va tuproq kesaklarining texnologik xususiyatlari.Chiviqli elevator ishchi jarayoni. G‘alvirning ish jarayoni.
Reja:
1. Tuproqning fizik va texnologik xususiyatlari.
2. Texnologik jarayonlar va operatsiyalar.
3. Tuproqqa ishlov beruvchi sirtlarning texnologik xususiyatlari.
Ekin ekiladigan tuproq oddiy soz tuproqdan o’zining tarkibi, qattiqligi, tarkibidagi chirindilar miqdori, ya`ni unumdorligi bilan farq qiladi. Qishloq xo’jaligi mashinalari faqat unumdor tuproqqa ishlov beradi.
Unumdor tuproqqa ishlov berish usulini tanlash uchun uning texnologik xossalarini bilish lozim. Bu xossalarning asosiylari quyidagilardan iboratdir: tuproqning qattiqligi, strukturasi, jilvirlik xususiyati, yopishqoqligi, namligi, ishlov berishga solishtirma qarshiligi, ishqalanish xususiyatlari.
Tuproqning qattiqligi unga begona jism (mashina ishchi qismi, g’ildiragi va x.k.) larning botishiga, ezishga ko’rsatadigan qarshiligidir. Tuproqning qattiqligi uni deformatsiyalashda sarflanadigan kuch (quvvat) ning miqdorini va ishlov beradigan ishchi qism qanday materialdan tayyorlanishini va qanday shaklda bo’lishini belgilaydi. Tuproqning qattiqligi maxsus o’lchash asbobi yordamida aniqlanadi (1- a rasm). O’lchash asbobi shtok 1, prujina 2, dastak 3, uchlik (plunjer) 4 va tirak 5 lardan iboratdir. Prujina qarshiligini yengib dastakni qo’l bilan pastga bosganda, tayanch maydoni S aniq bo’lgan uchlik yerga botadi. Tuproqning qattiqlik darajasiga qarab prujinaning siqilib qisqarishi har xil bo’lib, uning miqdoriga mos bo’lgan kuch aniqlanadi va qogoz tasmaga
1-rasm. Tuproq qattiqligini o’lchash asbobi.
diagramma ko’rinishida (1- a rasm) yoziladi. Diagramma ordinatasi Y prujinaning siqilish miqdorini, abctsissasi esa, uchlikning tuproqqa botish chuqurligini bildiradi. Prujinaning siqilish kalibri Kn (n/sm) belgili bo’lsa, tuproqning uchlik botishiga qarshilik kuchi R = KnY hisoblab topiladi.
Tuproqning qattiqligi r (n/sm2) quyidagicha hisoblanadi:
(1)
bu yerda, S - tuproqqa botadigan uchlik tagining maydoni, sm2.
(1) formuladan r ning aniqlangan qiymati asbob uchligining yerga botadigan qismi maydoniga, ya`ni uchlikning shakliga bog’liqligi kelib chiqadi. Shu sababli har xil o’lchamli uchliklar bilan aniqlangan qattiqlik miqdorini o’zaro solishtirib, tahlil qilish o’rinli bo’lmaydi.
Tuproqni ta`riflashda, uning ezilishga qarshiligini to’liqroq eg’alla ydigan boshqa ko’rsatkichdan ham foydalanish mumkin. Tuproqning qattiqligini o’lchaydigan yuqoridagi asbob uchligi ezgan tuproq hajmi V = S (sm3) topiladi va har bir sm3 hajmli tuproqni ezishga qarshilik kuchini bildiradigan, proportsionallik koeffitsienti, tuproqning hajmiy ezilishga qarshilik koeffitsienti q (n/sm3) aniqlanadi.
(2)
V ning miqdori r ga uxshab tuproqning tarkibiga, namligiga, hajmiy zichligiga bog’liqdir: shudgorlangan yerda q =1...2 n/sm3, shudgorlanmagan yerlarda q =5...10 n/sm3, mashinalar yurib zichlagan yerlarda esa q =50...90 n/sm3.
Tuproqning strukturasi uning tarkibidagi organik modda chirindilarining miqdori bilan birgalikda, ekilgan ekinning hosildorligini ta`minlaydigan omillarning biridir. Unumdor tuproqda mayda kesakchalarning yirikligi 0,25...10 mm bo’lgani ma`­qul (eng yaxshisi 2...3 mm), chunki bunday tuproqqa ishlov berishda ular yaxshi uvalanib yumshaydi, ekin ildizining yaxshi rivojlanishiga imkon beradi. Unumsiz tuproq 0,25 mm dan maydaroq changsimon zarrachalardan tuzilgan bo’ladi. Shuning uchun u namlikni qoniqarli saqlamaydi, unda foydali aerob mikroorganizmlar rivojlanishi uchun kerakli havo bo’lmaydi, uning ishlov berayotgan mashina qismlariga ko’rsatadigan qarshiligi katta bo’ladi.
Changsimon zarrachalar tuproqning suv va shamol ta`sirida nurashiga moyillik ko’rsatib, ekologiyani yomon holatga keltirishi mumkin. Shu sababli tuproqqa ishlov berganda kesakchalarning ortiqcha ezilishiga, kukunlashishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Tuproqning shudgorlashdagi solishtirma qarshiligi (n/sm2) uning eng muhim texnologik xususiyatlaridan bo’lib, shudgorlashga sarflanadigan energiya miqdoriga kuchli ta`sir etadi. U tuproqning tarkibi, zichligi va namligi hamda plugning xossalariga (korpus sirtining geometrik shakli va o’lchamlari, massasi, lemex o’tkirligi, tirak taxta va g’ildiraklarning holati, traktorga ulanish tartibi, ish tezligi va b.) bog’liqdir. Uni aniqlash uchun alohida olingan v qamrov kengligidagi korpusni a chuqurlikda tuproqda sudrab harakatlantirish uchun sarflanadigan R kuchi dinamometr bilan o’lchanadi va
(3)
ko’rinishda aniqlanadi. Bu yerdagi h = 0,7 zamonaviy pluglarning o’rtacha foydali ish koeffitsienti.
U har yili ekin ekiladigan dala tuprog’ining xossalari ma`lum chuqurlikkacha deyarli bir xil bo’ladi va uning qarshiligi k (a ning miqdori o’zgarsa ham) shu chuqurlik oralig’ida chiziqli qonun bilan o’zgaradi. Yangi o’zlashtirilayotgan yerlarda esa k botiq egri chiziq qonuni bo’yicha o’zgaradi.
Muayyan dala sharoitida solishtirma qarshilik k, asosan, tuproqning namligiga bog’liqdir. Masalan, «etilgan» tuproqning (nam­ligi 16 - 18 %) solishtirma qarshiligi minimal bo’lsa, kurib «o’tib ketgan» tuproqning namligi (5 - 6 %) qarshiligi 2 barobar ortishi mumkin. Bunday yer plug bilan haydalsa, yirik kesaklar hosil bo’lib, ularni keyinchalik maydalash uchun o’ta ko’p harajatlar qilinadi. Namlik miqdori me`yoridan oshsa ham, tuproqning qarshiligi ortadi, chunki nam tuproq korpus sirtiga yopishib, uning sirti silliqligini dag’allashtiradi. Tuproq bilan tuproqning ishkalan ish koeffitsienti tuproq bilan pulat orasidagidan katta bo’lganligi sababli qarshilik ko’payadi.
Sug’oriladigan yerlarda ekin yetishtirishda, ekinlarning qator oralig’iga bir necha marotaba ishlov berish, kasalliklarga qarshi kurashish kabi ishlarni bajarishda traktor g’ildiraklari tuproqni zichlanishga olib keladi. Bunday zichlangan yerlarni shudgorlashda tuproqning solishtirma qarshiligi oshib ketadi.
Tuproqning yopishqoqligi ham katta ahamiyatga egadir, chunki yopishqoq tuproq plug korpusi, kul tivator tishi, seyalka ekkichlariga yopishib qolib harakat vaqtida ishchi qism ustidan tuproq qatlamining sirpanib o’tishida qarshilikni oshirib yuboradi. Yopishqoq tuproq mashina g’ildiraklari ishini ham qiyinlashtiradi. Tuproqning yopishqoqlik xususiyati, asosan, uning tarkibiga hamda namligiga bog’liqdir.
Tuproqqa ishlov berishning texnologik operatsiyalari va jarayonlari
Har qanday agregat ishchi qismining tuproqqa ishlov berishdagi yakuniy ta`sirini texnologik jarayon, uning tarkibiy qismlarini esa texnologik operatsiya deyiladi. Masalan, yerni plug bilan shudgorlashda tuproq palaxsasini ag’darish, yumshatish, aralashtirish kabi operatsiyalar bajariladi. Boshqa qurollar ta`sirida esa zichlash, tekislash, begona o’tlarni kesish, pushta yasash, jo’yak olish kabi jarayonlar bajariladi.
Ag’darish — tuproq palaxsasining pastki va ustki qatlamlarini bir-biriga nisbatan o’zgartirishdir. Botqoqlik va chim bosgan yerlarda palaxsani gorizontal o’q atrofida 180° ga burib, to’liq to’ntariladi (2- a rasm). Har yili shudgorlanadigan, ya`ni madaniylashtirilgan yerlarda esa palaxsani 130°...140° gacha burib ag’dariladi (2-b rasm).
Ayrim vaziyatlarda, masalan, palaxsadagi tarkibi turli xil bo’lgan qatlamlarning joyini o’zaro almashtirib, tuproqning unumdorligini oshirishda yoki begona o’tlarni chuqur ko’mib yo’qotishda ko’p yarusli shudgorlashdan foydalaniladi (2- g rasm). Bu usulda palaxsani yaxlit ko’rinishda emas, balki bir nechta qatlamlarga bo’lish, agronom tayinlagan tartibda ularning joylarini almashtirib shudgorlash ishlari bajariladi.
Yumshatish — yaxlit qatlamni kesakchalarga maydalab, tuproqning kovaklarini ko’paytirishdir. Bunda tuproqning dastlabki hajmi ko’payib, havo va suvning harakatlanishi yaxshilanadi.
Zichlash — yumshatishga teskari jarayon bo’lib, uning natijasida tuproqdagi kovaklar kamayib, kapillyar kanallari tiklanadi va suvning bug’lanishi kuchayadi.
Tekislash — dala yuzasidagi notekisliklarni yo’qotib, urug’ni sifatli ekish, keyinchalik esa bir tekis sug’orish uchun sharoit yaratishdir.
Shunday qilib, ma`lum tartibda bajarilgan bir nechta operatsiyalar texnologik jarayonni tashkil qiladi. Ko’pincha, mashinaning bitta ishchi qismi muayyan texnologik jarayonni bajaradi. Masalan, shudgorlash texnologik jarayonini bajarayotgan plug korpusi tuproq palaxsasini tubidan va yon tomonidan (shudgor devori bo’ylab) kesib oladi, ag’daradi, yumshatadi va aralashtiradi. yerni shudgorlash, chuqur yumshatish, angiz va chimli dala yuzasini sayoz yumshatish, kul tivatsiyalash, tirmalash, zichlash, frezalash kabi texnologik jarayonlar keng tarqalgan.
Tuproq(qum) — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. T.ning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (qarang Tuproq unumdorligi). T.ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. T. hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt o'tishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz miqdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak qatlam — T. paydo boʻladi. Iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning T. hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos T. tiplari vujudga keladi. Mas., tayga zonasida chimli podzol T., dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir T.lar va b (qarang Tuproq zonasi).
Odamning xoʻjalik faoliyati qam T. hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va boshqa bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda T. hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.
T. qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli T.lardagina emas, balki bir T. tipining har xil qatlamlarida ham turlicha. T. qattiq qismini mineral moddalar tashkil qiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar T. massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliqlarning umumiy yigʻindisi T. gʻovakligi deyiladi. T. gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli T.ning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostruktura elementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng. T.ning mineral qismidagi g'ovakligi 40—60%, botqoqi va gleylangan Tlarda esa 27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik T.ning solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq. Kovaklarda T.ning suyuq qismini tashkil qiluvchi, tarkibida erigan moddalar — tuproq eritmasi boʻlgan tuproq nami hamda T.ning gaz holatidagi qismini tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. T. tarkibidagi suv va havo miqdorining nisbati atmosfera yogʻinlari, sugʻorish va grunt suvlari hamda suvning sarflanishi, yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari orqali shimilishi va boshqa bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi. Mana shu sharoitlar tuproqning suv va havo rejimini belgilaydi. T.dagi havo tarkibi atmosfera havosidan (O220,96%, SO20,03%) farq qiladi (tuproq hajmiga nisbatan % hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot miqdori deyarli teng.
T.ning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik boʻlib, T. tuzilishi, strukturasi va suvga chidamligiga bogʻliq.
T.ning solishtirma massasi maʼlum hajmli T. qattiq qismi ogʻirligining 4° da olingan xuddi shunday hajmdagi suv ogʻirligiga boʻlgan nisbati bilan belgilanadi. T. mineral qismlarining solishtirma massasi mineralogik tarkib va undagi organik moddalar tarkibiga bogʻliq (2,50— 2,80 g/sm3 gacha boʻladi). Krvushmasi buzilmagan T. zichligi deb tabiiy holatdagi 1 sm3 T. ogʻirligining gramm hisobidagi vazniga aytiladi va T.ning gʻovakligi va qattiq fazaning oʻrtacha zichligi bilan belgilanadi. Unumdorlik darajasini belgilovchi tuproqning kimyoviy tarkibi, fizikkimyoviy, fizikmexanik va boshqa xususiyatlari maʼlum darajada undagi singdiruvchi kompleks tabiati va tarkibiga bogʻliq. Tuproqning ana shu singdiruvchi kompleksi xususiyatlariga qarab yerlarni yaxshilash tadbirlari belgilanadi.
T.ning tirik tarkibiy qismi tuproq mikroorganizmlari (qarang Mikroflora), umurtqasiz hayvonlarning koʻpgina guruhlari — eng sodda hayvonlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, hasharotlar vakillaridan hamda yerni oʻyuvchi umurtqalilar (yumronqoziq, sichqon, kalamush) va h.k.dan tashkil topgan.
Download 28.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling