Mavzu: tuproq kadastri, bonitirovkasi tushunchasi tuproqni baholash


SUG‘ORILADIGAN YERLARNING S1FATI VA QIYMATINI BAHOLASH


Download 79.52 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi79.52 Kb.
#1614965
1   2   3   4   5
Bog'liq
XUSNIDA

2.2. SUG‘ORILADIGAN YERLARNING S1FATI VA QIYMATINI BAHOLASH
Yer baholash hujjatlarini yangilash va ularga tuzatishlar kiritish
har besh yilda amalga oshiriladi.
7. Yerlami baholashda quyidagi ishlar bajariladi:
- tayyorgarlik ishlari, dastlabki ma’lumotlarni yig'ish va bir
yolga qo‘yish;
- yer baholashni tumanlar bo'yicha rejalashtirish;
- tuproqni agronomik ishlab chiqarish bo‘yicha guruhlash;
- baholash shkalasini tuzish uchun o‘rtacha hosildorlikni va
xarajatlami hisoblab chiqazish;
- baholash shkalasini tuzish va yerning baholash
ko'rsatkichlarini hisoblab chiqish;
- xo‘jaliklarda yer baholash ishlarini o'tkazish;
- baholash hujjatlarini ко‘rib chiqish va tasdiqlash;
- yer baholash hujjatlarini tayyorlash va topshirish.
Tayyorgarlik ishlari. Dastlabki ma’lumotlami yig‘ish va bir yo‘lga solish. Dastlabki ma’lumotlar baholash ishlarini bajarish uchun zarur
bo'lib, dala sharoitida va kameral sharoitda yig‘iladi. Kameral yo‘l
bilan tayyorgarlik ishlarini bajarishda va bir yo‘lga solishda quyidagi
ishlar qilinadi:
1. Keyingi besh yillik mobaynida xo‘jaliklar bo‘yicha yer turlarining konturlar bo‘yicha qaydnomasi yer turlari to‘g‘risida ma’lumotlarga yig‘iladi. Agar xo‘jalikning yer turlarida juda kata o‘zgarish bo‘lsa va yerdan foydalanish bo‘yicha yetarli statistik ma’lumotlar bo‘lmasa (hosildorlik, mahsulotning tannarhi va boshqalar), mavjudlari ham xo‘jalik baholash shkalasi tuzish uchun ma’lumotlarni qayta ishlashda ishlatilmaydi.
2. Meteostansiyalar bo‘yicha agroiqlim ko'rsatkichlari. Bu ma’lumotlar viloyatlar bo‘yicha yig‘iladi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarini o’stirishda viloyat ichida bo'ladigan agroiqlim
sharoitlarining o'zgarishini kuzatish mumkin. Bulardan baholash
rayonlarini ajratishda foydalaniladi.
3. Tuproqlaming xo'jaliklar yer turlari asosida qilingan hisob-kitobga
bogliq genetik, morfologik va boshqa xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlari bo'lgan tuproq ayirmalarining ro‘yxati. Bu ma’lumotlar bo‘yicha tuproqlar agronomik ishlab chiqarish guruhlariga birlashtiriladi, maydonlar bo‘yicha bir-biriga solishtiriladi.
Dalalaming pasport hujjatlari, ko‘p yillik mevali daraxtlar, em-xashak tayyorlashga mo‘ljallangan yerlar, relyefi qiyali yerlar, tosh aralashganlik, tuproqning qayta ishlashda ko'rsatadigan qarshilik, dengiz yuzidan balandligi (tog‘li tumanlarda), qishloq xo'jalik yer turlarining kontur bo'yicha yer maydoni va kontur sonlari. Bu ma’lumotlardan viloyat yerlarini rayon lashtirishda va yerni baholashda unga qilingan harajatlami hisoblab chiqishda foydalaniladi.
Qishloq xo‘jalik yer turlarining pasportlash ma’lumotlari mos
ravishda bir yo‘lga solinadi.
5. Ko‘p yillik mevali daraxtlaming turlari va navlari, yoshining tarkibi, ulaming tuproq-agronomik ishlab chiqarish guruhlari bo'yicha joylashishi haqidagi ma’lumotlardan olinadi. Bu ma’lumotlar qoidaga ko‘ra, ixtisoslashgan xo‘ja(iklar bo‘vie ha, shuningdek, mevali daraxtlar mahsuloti tovar ahamiyatiga ega
bolgan xo‘jaliklardan to‘planadi.
6. Pichanzorlar va yaylovlarning mahsuldorligi bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bu shaklni to‘lg‘azish uchun ma’lumotlar manbai bo‘lib, qoidaga muvofiq, geobotanik tekshiruv ma’lumotlari hisoblanadi. Agar bu ma’lumotlar bo'lmasa, dala sharoitida tekshirilgan xo'jalikning agronomik ma’lumotlaridan foydalaniladi.
7. Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi va ulaming ekin
maydoni hisobi bo'yicha olib boriladi.
8. Mahsulot yetishtirishga qilingan xarajatlar beriladi.
9. Xo'jalikning ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qayta tiklangan qimmati bo'yicha) beriladi.
10. Yer turlari va asosiy ekiniaiga berilgan o‘g‘itlar haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha olinadi, bu ma’lumotlar rayon qishloq xo[jalik boshqarmasiga berilgan maxsus hisobot bo‘yicha Markaziy statistika boshqarmasidan olinadi (mineral va oiganik o‘g‘itlami solish bo‘yicha hisobot).
11. Hosilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish ma’lumotlari va
xo‘jaliklarning ekin ekishga qilgan xarajatlari, davlat navlarini
ekishga, tajriba, ilmiy-tekshirish tashkilotlari uchun qilingan
xarajatlar bo‘yicha beriladi.
12. Oldin tayyorlangan yer baholash hujjatlari qo‘llanma bo‘yicha
yana bir marta tekshiruvdan o‘tkaziladi. Dala ishlarining tarkibi va hajmi dastlabki ma’lumotlar holatiga qarab aniqlanadi.

Download 79.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling