Mavzu: tuproq kadastri, bonitirovkasi tushunchasi tuproqni baholash


Tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi


Download 79.52 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi79.52 Kb.
#1614965
1   2   3   4   5
Bog'liq
XUSNIDA

Tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 82-modda), O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 165-modda) muvofiq, tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tuproq bonitirovkasi — qishloq xo‘jaligi ekinlari agrotexnikasi o‘rtacha darajada bo‘lganidagi tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beriladigan qiyosiy baho;
Oldingi tahrirga qarang.
tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi — O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Davyergeodezkadastr qo‘mitasi deb yuritiladi);
tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi — Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlar.
(1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018-yil 8-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2521-1, 18.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2521-1/1364-son)
2. Tuproq bonitirovkasi ma’lumotlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarining keyingi qiymat bahosini chiqarish, mulkiy paylarning miqdorini aniqlash, yer tuzishni amalga oshirish va yerlardan oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantirish uchun asos bo‘ladi.
3. Tuproq bonitirovkasi tegishli qishloq xo‘jaligi maydonlari uchun yuz balli shkala bo‘yicha o‘tkaziladi.
4. Tuproq bonitirovkasi ishlari huquqiy holati tegishli hujjat (vakolatli organning qarori) asosida belgilangan yoki tumanning yer kadastri daftarida tegishli yozuv bilan qayd etilgan barcha sug‘oriladigan va lalmi qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tuproq bonitirovkasi ishlarini muvofiqlashtiradi hamda uslubiy rahbarlik qiladi.



Download 79.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling