Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari. Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir


Download 20.6 Kb.
bet1/13
Sana01.04.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1316730
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mustaqil ish 2


QO'SHILGAN QIYMAT VA AKSIZ SOLIQLARI.
Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir.

O'zbekiston Respublikasi xududiga import qilinadigan tovarlarga ishlarga, xizmatlarga qo'shilgan qiymat solig'ini xisoblab chiqarish va to'lash tartibi aloxida yo'riqnomalar bilan belgilanadi.

Soliq to'lovchilar O'zbekiston Respublikasi xududida tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan yuridik shaxslar soliq to'lovchilar bo'lib xisoblanadilar, amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortishning aloxida tartibi ko'zda tutilgan yuridik shaxslar (yagona soliqni to'lashga o'tgan kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari va yagona yer solig'ini to'lashga o'tgan qishloq xo'jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari) bundan mustasno. Asosiy faoliyati bilan bir qatorda qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanadigan qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilari - yagona yer solig'i to'lovchilar, belgilangan tartibda shu faoliyatdan qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari xisoblanadilar. Soliq solish obyektiQo'shilgan qiymat solig'i solish obyekti bo'lib tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo'yicha aylanmalar xisoblanadi, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan, o'z ishlab chiqarish extiyojlari (ishlab chiqarishning ichki aylanmasi) uchun foydalaniladiganlar bundan mustasno. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishiga doir aylanmalar deganda yuklab jo'natilgan maxsulot, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar (keyingi o'rinlarda "tovarlar (ishlar, xizmatlar)" deyiladi) tushuniladi.

Tovarlarning sotilishida o'zi ishlab chiqargan va chetdan sotib olingan barcha tovarlarning sotilishiga doir aylanmalar soliq solish obyekti xisoblanadi.Soliq solish maqsadida iste’mol chilik maqsadi va qiymatiga ega bo'lgan xamma narsa (tovar, maxsulot, ko'chmas mulk, shu jumladan, binolar va inshootlar, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasi, gaz, suv va shu kabilar) tovar xisoblanadi.

Ishlarning sotilishida bajarilgan qurilish-montaj, taxmirlash, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik, loyixa-qidiruv, restavratsiya qilish va boshqa ishlar qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi.


Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling