Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari. Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir


) ichki ishlar organlari xuzuridagi qo'riqlash bo'linmalari xizmatlari


Download 20.6 Kb.
bet7/13
Sana01.04.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1316730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
mustaqil ish 2

31) ichki ishlar organlari xuzuridagi qo'riqlash bo'linmalari xizmatlari;

32) faoliyatning ushbu turi bilan shug'ullanish huquqiga litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan gastrolg'-kontsert faoliyati;

33) kitob maxsulotlarini, o'quvchilar o'quv qurollari va ko'rgazmali o'quv qurollarini, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji sotuvchilar;

34) mol-mulkni lizingga berishdan lizing to'lovlari;


SQQS = Say x S / 100; (1),


bunda: SQQS - iste’mol chilardan undiriladigan soliq summasi;

Say - soliqqa tortiladigan aylanma;

S - qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo'shilgan qiymat solig'ini o'z ichiga olgan narxlar va tariflar bo'yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

SQQS = Tq x S / (S + 100); (2),

bunda: Tq - qo'shilgan qiymat solig'i xam xisobga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati.

Qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan yoki qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotadigan korxonalar erkin (shartnomaviy) narx va tarifga qo'shilgan qiymat solig'i summasini qo'shmaydilar.

Shunga o'xshash tartib amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solishning aloxida tartibi ko'zda tutilgan yuridik shaxslarga nisbatan xam qo'llaniladi.

Nol darajali stavka bo'yicha soliq solish, quyidagilar nol darajali stavka bo'yicha soliqqa tortiladi:

1) erkin almashtiriladigan valyutaga tovarlar hamda O'zbekiston Respublikasi xududidan tashqarida bajariladigan (ko'rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) eksporti, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi mamlakatlariga etkazib berishlar, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqa narsa nazarda tutilmagan bo'lsa.

Bevosita O'zbekiston Respublikasi aeroportlari va xavo makonida xorijiy xavo kemalariga xizmat ko'rsatish, shu jumladan aeronavigatsiya xizmati bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlar, agar ularga erkin almashtiriladigan valyutada xaq to'lansa, eksport xizmatlariga tenglashtiriladi va ularga nol stavkasi bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi;

3) Chet el diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek, mazkur vakolatxonalarning diplomatiya va ma’muriy-texnik xodimlarining, ular bilan birga yashovchi oila a’zolarining, agar ular O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lib xisoblanmasalar va respublikada doimiy yashamasalar, chet el tarafi tomonidan o'zaro muvofiqlik tamoyilining qo'llanilishi sharti bilan shaxsiy foydalanish uchun sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).

4) bojxona xududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo'yicha erkin almashtiriladigan valyutaga bajariladigan (ko'rsatiladigan) ishlar (xizmatlar).

5) O'zbekiston Respublikasi xududi orqali chet mamlakatlarning yuklarini tashish (tranzit tashishlar) bo'yicha xizmatlar.Chet mamlakatlar yuklarini tranzit tashishlarga yuklarning tranzitini amalga oshirish uchun xorijiy shaxslar bilan bevosita shartnomalar yoki xalqaro transport bitimlari va bojxona organlarining ko'rsatilgan tranzit yuklarning amalda olib kelingani va olib chiqib ketilishi haqidagi belgilari mavjud bo'lganida O'zbekiston Respublikasi xududi orqali chet mamlakatlar tranzit yuklarining tashilishi va xizmat ko'rsatishga doir xizmatlar kiradi.

6) suv, issiqlik, gaz ta’minoti bo'yicha axoliga ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar. Korxonalar nol darajali stavka bo'yicha soliqqa tortiladigan maxsulotlarga qo'shilgan qiymat solig'ini "0" stavkasi bo'yicha xisoblaydilar va ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiy resurslar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i summasini xisobga olish uchun qabul qiladilar.Byudjetga to'lanadigan qo'shilgan qiymat solig'i summasini belgilash tartibi Ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan, sotib olinadigan moddiy resurslarga, shuningdek, chetdagi tashkilotlar bajaradigan ishlar (xizmatlar)ga qo'shilgan qiymat solig'i ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga kiritilmaydi, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bundan mustasnodir.

Byudjetga to'lanadigan qo'shilgan qiymat solig'i soliq solinadigan aylanmalar bo'yicha xisoblangan soliq summasi bilan xisobga kiritiladigan soliq summalari o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Mazkur tartib qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchi xisoblanadigan xamma korxona va tashkilotlarga tatbiq etiladi.O'z extiyojlari uchun foydalaniladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar xisobda sotib olish qiymati bo'yicha, to'langan qo'shilgan qiymat solig'i summasi xam qo'shilgan xolda aks ettiriladi. Xisobga kiritiladigan qo'shilgan qiymat solig'i summasi va xisobga olish tartibi xisobga kiritiladigan qo'shilgan qiymat solig'i summasi bo'lib, xisobot davri mobaynida xaqiqatda kelib tushgan, shu jumladan, import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun nol stavkasi bo'yicha aylanma bilan birgalikdagi soliq solinadigan aylanma uchun foydalaniladigan olingan xisobvaraq-fakturalar bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan soliq summasi xisoblanadi.


Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling