Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari. Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir


Aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan aylanmani aniqlashda aksizlar summasi xam unga kiritiladi


Download 20.6 Kb.
bet3/13
Sana01.04.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1316730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mustaqil ish 2

Aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan aylanmani aniqlashda aksizlar summasi xam unga kiritiladi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning tekinga berilishida, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan qurilish obyektlari (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) bundan mustasno, soliq solinadigan aylanma miqdori korxonada berish paytida vujudga kelgan narx (tarif) darajasidan kelib chiqib, ularga qo'shilgan qiymat solig'ini qo'shmasdan, biroq bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarilishi (xarid qilinishi) bo'yicha amalda vujudga kelgan xarajatlardan kamaytirmasdan aniqlanadi.

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning bepul berilishida soliq solinadigan aylanma miqdori berilishda shakllangan narx va qoldiq qiymat o'rtasidagi farq ko'rinishida aniqlanadi.

Tugallanmagan qurilish obyektlarining (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) bepul berilishida soliq solinadigan aylanma miqdori berilishda shakllangan narx va tugallanmagan qurilishning xaqiqiy tannarxi o'rtasidagi farq ko'rinishida aniqlanadi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul berilishida ularni beruvchi korxona soliq to'lovchi xisoblanadi. Maxsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi tannarxidan (yoki olingan narxi va tovar xarid qilinishiga bog'liq xarajatlardan) past narxlarda sotilishini amalga oshiradigan korxonalar uchun soliq solish maqsadida korxonada sotish paytida qaror topgan, biroq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda - tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi ishlab chiqarish tannarxidan;

savdo, ta’minot-tayyorlash faoliyatini amalga oshirganda - olingan narxi va tovar xarid qilinishiga bog'liq xarajatlardan past bo'lmagan narx qabul qilinadi.

Ish xaqini qonunlarda belgilangan tartibda tovarlar (shu jumladan, o'zi ishlab chiqargan) bilan natura shaklida to'laydigan yoki ularni o'z xodimlariga kassa orqali tannarxidan past narxlar bo'yicha sotadigan korxonalar uchun soliq solinadigan aylanma belgilangan tartibda belgilanadi.

Korxona ichida o'zi ishlab chiqargan, korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan foydalanilishda ularning ishlab chiqarishdagi tannarxi soliq solinadigan aylanmani belgilash uchun asos qilib qabul qilinadi.

Berilgan xom ashyo va materiallardan tovarlar tayyorlanganida ularni ishlash qiymati (shu jumladan, xarajatlar va foyda), aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha esa - aksizlar xisobga olingan xoldagi ishlash qiymati soliq solinadigan aylanma xisoblanadi.

Qaytariladigan idishlar, shu jumladan, garov qiymatiga ega shisha idishlar qiymati soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydi, bunday idishlarning ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotilishi bundan mustasno.

Uzoq davom etadigan ishlab chiqarish tsikliga ega korxonalar (qurilish, qurilish-montaj va taxmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyixa-qidiruv va ilmiy tashkilotlar) uchun bajarilgan va buyurtmachilar tasdiqlagan, shartnomaviy narxlardan kelib chiqib, xaq to'lash uchun xisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan ishlar (xizmatlar) qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi.

Qurilish ishlarini pudratchi yoki yordamchi pudratchi tashkilotlar bajarganida unga qo'shilgan qiymat solig'ini xisoblab yozish bilan sotilgan pudratchi (yordamchi pudratchi) materiallarining va buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilgan xolda bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi. Bunda moddiy resurslar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ining summasi belgilangan tartibda xisobga olinadi. Pudratchi tashkilotlar yordamchi pudratchi tashkilotlarga moddiy-texnika resurslarini (qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur materiallar, konstruktsiyalar, buyumlar, namunaviy asbob-uskunalar, apparaturalar, standartlashtirilmagan texnologik va energetik asbob-uskunalar, shu jumladan maxsus materiallarni) bir obyekt qurilishi doirasida sotganida, ularga qo'shilgan qiymat solig'ini kiritmasdan, qo'llanadigan narx va tariflardan kelib chiqqan xolda sotiladigan moddiy-texnika resurslarining qiymati soliq solinadigan aylanma xisoblanadi.


Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling