Soliq imtiyozlari
Qo'shilgan qiymat solig'idan quyidagilar ozod qilinadi:
1) sug'urta qilish va qayta sug'urta qilishga doir operasiyalar, shu jumladan sug'urta bo'yicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan bunday operasiyalar bilan bog'liq xizmatlar;
2) ssudalar berish va o'tkazish bo'yicha operasiyalar bilan bog'liq xizmatlar;
3) pul omonatlari, joriy xisobvaraqlar, to'lovlar, o'tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qog'ozlarga tegishli operatsiyalar bilan bog'liq xizmatlar;
4) qonuniy to'lov vositalari bo'lgan pullar muomalasiga tegishli operatsiyalar bilan bog'liq xizmatlar, numizmatik maqsadlarda foydalaniladiganlaridan tashqari;
5) qimmatli qog'ozlar muomalasiga tegishli operatsiyalar bilan bog'liq xizmatlar, ularning tayyorlanishi va saqlanishiga doir operatsiyalardan tashqari;
6) maxsus vakolat berilgan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yig'imlar undiriladigan xatti-xarakatlar;
7) bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida saqlanishi, kasallar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
8) dafn qilish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari;
9) intellektual mulk obyektlarini xarid qilish huquqi uchun patent bojlari, ro'yxat yig'imlari va ruxsatnoma to'lovlari;
10) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va nogironlarga ortopedik protez qo'yish xizmatlarini ko'rsatishga ixtisoslashgan korxonalarning maxsulotlari, davolash muassasalari xuzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari maxsulotlari;
12) pochta markalari (kollektsiya qilinadiganlaridan tashqari), markalangan otkritkalar va konvertlarning sotilishi;
13) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalarni to'lash bo'yicha xizmatlari;
14) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ilmiy-texnika taraqo'iyotini muvofiqlashtirish kengashi qoshidagi Fan va texnologiyalar markazining ilmiy-texnika dasturlari doirasida davlat kontraktlari bo'yicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari;
15) shaxar yo'lovchi transportining xizmatlari (taksi, shu jumladan yo'nalishlar oralig'ida qatnaydigan taksidan tashqari), shuningdek umumiy yo'nalishdagi temir yo'l va avtomobilg' transportida (taksi, shu jumladan yo'nalishlar oralig'ida qatnaydigan taksidan tashqari) shaxar atrofiga yo'lovchilarni tashishga doir xizmatlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |