Quyidagilar soliq solinadigan aylanma miqdoriga kiritilmaydi:
a) korxonaning bir tarkibiy birliklari tomonidan ushbu korxona boshqa tarkibiy birliklarining sanoat-ishlab chiqarish extiyojlari uchun sotilgan maxsulotlar, yarim tayyor maxsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlarga doir aylanmalar (ichki ishlab chiqarish aylanmasi). Ushbu bandda korxonaning tarkibiy birliklari deganda bank muassasasida xisob-kitob varag'iga ega bo'lmagan, shuningdek asosiy korxona balansida turadigan tarkibiy birliklar tushuniladi.
b) xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari, boshqa turdagi korxonalar tugatilganida ular mol-mulkining a’zolari, muassislari o'rtasida taqsimlanishi bo'yicha aylanmalar. Mabodo tugatilgan korxona mol-mulki boshqa shaxslarga sotiladigan bo'lsa, bu qoida unga tegishli bo'lmaydi;
Ushbu me’yor moliya organlari tomonidan moliyalashtirish manbai tasdiqlangan taqdirda qo'llaniladi.
Agar yuqorida aytib o'tilgan tovarlar byudjet tashkilotlari buyurtmalari asosida, biroq byudjet mablag'lari xisobidan moliyalashtirilmagan xolatda keltiriladigan bo'lsa, shuningdek yuqorida ko'rsatib o'tilgan tovarlar buyurtmachi xisoblanmagan shaxslarga sotilsa, qo'shilgan qiymat solig'i umumiy tartibda xisoblanadi, Ya’ni soliq solish obyekti jami aylanmadan kelib chiqib xisoblanadi;
g) korxonalar o'rtasida bo'lish balansi bo'yicha va (yoki) ushbu korxonalarning mulkdori bo'lgan yuqori tashkilotning buyrug'iga ko'ra bir tizimning ichida bepul berilgan asosiy vositalar va tugallanmagan qurilish obyektlarining (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) qiymati;
d) asosiy vositalar, tugallanmagan qurilish obyektlari (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) va nomoddiy aktivlarni korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida berish bo'yicha aylanmalar.
Agar kafolatli xizmat muddati belgilangan tovarlar ushbu muddat doirasida ularni tayyorlagan korxonaga qaytarilsa, bunday tovarlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ining xisobga olinishi yoki qaytarilishi xaridorlarning xisob-kitob hujjatlariga dastlabki xaq to'lashi va soliqning byudjetga tushish muddatidan qatxi nazar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |