Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari. Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir
Quyidagilar bo'yicha soliq summasi xisobga olinmaydi
Download 20.6 Kb.
|
mustaqil ish 2
Quyidagilar bo'yicha soliq summasi xisobga olinmaydi:
a) qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan, shuningdek, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi korxonalar foydalanadigan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha; b) soliq to'lovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha; v) xarid qilingan, xisobda dastlabki qiymati bo'yicha aks ettiriladigan asosiy vositalar (shu jumladan etkazib berish va montaj qilish, o'rnatish, foydalanishga topshirish hamda undan vazifasiga ko'ra foydalanish uchun aktivni ishlash xolatiga keltirish bilan bevosita bog'langan xar qanday boshqa xizmatlar) va o'z extiyojlari uchun foydalaniladigan nomoddiy aktivlar bo'yicha; g) korxonaning ustav jamg'armasiga ulush sifatida kiritilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va moddiy resurslar bo'yicha, ular keyinchalik sotilganida, soliqqa tortiladigan va tortilmaydigan aylanmalar bo'yicha va tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan faoliyatda ishlatilishida.Bunda korxonaning ustav jamg'armasiga ulush sifatida kiritilgan import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha to'langan qo'shilgan qiymat solig'i summasi ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) keyinchalik sotilganda yoki soliqqa tortiladigan aylanmalar bo'yicha ishlatilganda umumiy belgilangan tartibda xisobga olinadi. Agar xarid qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i summasi xisobot oyida xisobga kiritilgan bo'lsa, keyingi davrlarda esa ushbu moddiy resurslar tadbirkorlik faoliyatida va soliq to'lovchining soliq solinadigan etkazib berishlari uchun xam foydalanilmagan bo'lsa, u xolda ushbu (keyingi) davrlarda soliq solinadigan aylanma ko'rsatilgan xisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalari tuzatilishi amalga oshiriladi. Ushbu qoida yagona soliq (kichik korxonalar), yagona yer solig'i, yalpi tushumdan yagona soliq to'lovchi yuridik shaxslarga xam tatbiq etiladi. Bunda aytilgan soliqlarni to'lashga o'tgunga qadar qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha manfiy salg'dosi bor, yuqorida aytilgan yuridik shaxslar, qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha oxirgi xisob-kitob 1-bandida bu summaga tuzatish qiladilar va uni ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga, savdo, ta’minot-sotish va taerlash korxonalari bo'yicha - xarid qilingan qiymatga xisobdan chiqaradilar. Korxona qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan va bunday soliqdan ozod qilingan aylanmalarga ega bo'lganida, qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan etkazib berishlarga (nol darajali stavka bo'yicha soliq solish kirgan xolda) to'g'ri keladigan bunday soliq summasi qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha xisobga olish uchun qabul qilinadi. Bunday tartibdan istisno tariqasida, kommunal xo'jalik korxonalari axoliga ko'rsatilgan kommunal xizmatlarni ko'rsatishda foydalanilgan moddiy resurslar uchun etkazib beruvchilarga to'langan qo'shilgan qiymat solig'i summasini ishlab chiqarish xarajatlariga kiritmaydi, balki xisobga olish uchun qabul qiladi. Bunda kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari qo'shilgan qiymat solig'ini faqat musbat salg'do mavjud bo'lganida, Ya’ni ko'rsatilgan xizmatlar uchun olingan qo'shilgan qiymat solig'i tushumlari umuman barcha faoliyatlar bo'yicha foydalanilgan moddiy resurslar uchun etkazib beruvchilarga to'langan qo'shilgan qiymat solig'i summasidan ortiq bo'lganida to'laydilar. Qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan va tortilmaydigan tovarlarni sotuvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalar, shuningdek, qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega korxonalar ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni oladigan shaxsga ko'rsatilgan shaklga ko'ra bajarilgan xisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart. Download 20.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling