Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari. Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir


sug'urta korxonalari uchun - sug'urta polisi


Download 20.6 Kb.
bet10/13
Sana01.04.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1316730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mustaqil ish 2

sug'urta korxonalari uchun - sug'urta polisi;

sug'urta agentlari uchun - sug'urta polisi va shartnoma topshirig'i (agentlik bitimi);

sug'urta brokerlari uchun - sug'urta polisi va shartnoma topshirig'i xisoblanadi.

Ishlar (qurilish, taxmirlash-qurilish, loyixa-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlar) bajarish yoki xizmatlar (transportga doir, mol-mulkni ijaraga berish, aloqa xizmatlari va boshqalar) ko'rsatish bilan shug'ullanadigan korxonalar xam xisobvaraq-faktura yozishi kerak.

Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to'g'risidagi ma’lumotnoma - xisobvaraq-fakturada yoki hujjatda xisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda qqs to'lovchilari uchun QQS summasi ko'rsatilgan yoki qqs to'lovchisi bo'lmaganlar uchun "QQSsiz" yozuvi (shtampi) qo'yilgan xolda mavjud bo'lsa, bunda mazkur hujjatlar xisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday korxonalar qo'shimcha ravishda xisobvaraq-faktura yozmasligi kerak. Soliqni to'lash va xisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari Korxonalar qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha xisob-kitoblarni tasdiqlangan shakl bo'yicha o'sib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan ro'yxatdan o'tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga xisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasiga, (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar uchun chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmasdan va yil yakunlari bo'yicha yillik moliyaviy xisobotni topshirish muddatida) taqdim etadi. Korxonalar soliqni qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha xisob-kitoblarni taqdim etish uchun belgilangan kungacha, tegishli davr (oy) uchun sotishga doir amaldagi aylanma asosida to'laydi.

Soliq to'lovchilarning javobgarligi va soliq organlarining nazoratiKorxonalar qo'shilgan qiymat solig'ining to'g'ri xisoblanishi va o'z vaqtida to'lanishi uchun O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.

Soliqlar to'g'risidagi qonunlarning to'g'ri qo'llanilishi ustidan nazorat O'zbekiston Respublikasining "Davlat soliq xizmati to'g'risida"gi Qonuniga, O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Aksiz solig'i bilvosita soliq ko'rinishida byudjetga kiritiladigan (olinadigan), narxda va qo'shilgan qiymat solig'i solish bazasida xisobga olinadigan sof daromadning bir qismidir.

Aksiz solig'i stavkalari va aksizlanadigan tovarlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda soliq to'lovchilarga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq Qo'mitasi tomonidan etkaziladi.Aksiz solig'i to'lovchilari

Aksizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shaklidan qatxi nazar, yuridik shaxslar aksiz solig'i to'lovchilari xisoblanadi. Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo'jalik yuritishida yoki tezkor bosh-qaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va xisob-kitob varag'iga ega bo'lgan aloxida korxonalar xam tushuniladi.


Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling