Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari. Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir


F - tayyor maxsulot tarkibidagi spirt (o'tkirligi), foizlarda (undan spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qatxi nazar)


Download 20.6 Kb.
bet12/13
Sana01.04.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1316730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mustaqil ish 2

F - tayyor maxsulot tarkibidagi spirt (o'tkirligi), foizlarda (undan spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qatxi nazar);

A - aksiz solig'ining Qat’iy stavkasi, qlchov birligiga so'mlarda.

Tayyor maxsulot birligiga aksiz solig'ining Qat’iy stavkalari belgilangan maxsulot bo'yicha (kam spirtli vino, shampan vinosi, vino materiallari, etil spirti, pivo, qsimlik (paxta) yog'i va tamaki maxsulotlari)


S x A, bunda:


S - tegishli qlchov birliklarida sotilgan maxsulotning fizik xajmi;

A - aksiz solig'ining Qat’iy stavkasi, qlchov birligiga so'mlarda.

Boshqa aksizlanadigan maxsulotlar bo'yicha


(O x A) / 100, bunda:


O - o'z ichiga aksiz solig'ini oladigan narx, QQSsiz;

A - aksiz solig'i stavkasi, foizlarda.

Aksiz markalari bilan markalangan tovarlar bo'yicha aksiz solig'i belgilangan tartibda xisoblab chiqiladi.

Bunda aksiz markalarining nominal qiymati aksiz solig'ini to'lash xisobiga kiritilmaydi. Aksiz solig'ini xisoblab chiqishning xususiyatlari Alkogolli maxsulot bo'yichaAlkogolli maxsulot bo'yicha belgilangan tartibga muvofiq byudjetga to'lanadigan aksiz solig'i summasi belgilangan stavkalar bo'yicha xisoblab yozilgan soliq summasi bilan "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XK maxsus xisobvarag'iga o'tkaziladigan soliq summasi o'rtasidagi ayirma sifatida belgilanadi.

"O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga o'tkaziladigan aksiz solig'ining miqdori, shuningdek mazkur tartib tatbiq etiladigan alkogolli maxsulotlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.

Alkogolli maxsulot ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko'rsatadigan bankda "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga o'tkaziladigan, belgilangan stavka bo'yicha xisoblab chiqilgan aksiz solig'ini to'lashga doir maxsus xisobvaraq ochadilar, bu soliq korxonaning ko'rsatilgan xisobvarag'iga xar o'n kunda, aksiz solig'ini to'lash muddatlaridan kechiktirmay o'tkaziladi.

"O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga tegishli bo'lgan aksiz solig'i summasi, basharti korxona alkogolli maxsulotga doir aksiz solig'i bo'yicha to'lovlarning belgilangan prognozlarini bajargan va unda ko'rsatilgan soliq turi bo'yicha boqimandalar mavjud bo'lmasa, kompaniyaning maxsus xisobvarag'iga yo'naltiriladi.

Maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladigan aksiz solig'ining miqdori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.Tozalangan qsimlik (paxta) yog'i ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko'rsatadigan bankda belgilangan miqdorda xisoblab chiqarilgan aksiz solig'ini to'lash bo'yicha aloxida xisobvaraq ochadilar, u korxonaning ko'rsatilgan xisobvarag'iga xar o'n kunda, aksiz solig'ini to'lash muddatlaridan kechiktirmay o'tkaziladi.Davlat soliq xizmati tuman organlarining raxbarlari korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari bilan xamkorlikda, ular bo'lmagan taqdirda esa tuman (shaxar) xokimiyatlarining moliya bo'limlari raxbarlari bilan xamkorlikda xisobot oyining yakunlari bo'yicha, xisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay, aksiz solig'i bo'yicha boqimanda yoki ortiqcha to'lov summasini aniq ko'rsatgan xolda prognoz ko'rsatkichlarining bajarilganligi to'g'risida dalolatnoma tuzadilar.

Aksiz solig'i bo'yicha prognoz ko'rsatkichlari bajarilgan va unga doir boqimanda bo'lmagan taqdirda korxonaning maxsus xisobvarag'ida to'plangan summa dalolatnoma asosida xisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi.

Belgilangan prognoz ko'rsatkichlari bajarilmagan yoki aksiz solig'i bo'yicha boqimanda bo'lmagan taqdirda etishmayotgan summa dalolatnoma asosida korxona xisobvarag'ida to'plangan summa xisobiga byudjetga undiriladi, to'plangan summaning qolgan qismi esa maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi.

O'simlik (paxta) yog'i ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxsus xisobvaraqlarida to'plangan pul mablag'lari Qat’iyan maqsadga ko'ra ishlatiladi, Ya’ni maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi.


Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling