Umumiy o`rta ta’lim maktabida chqbt fanining o`qitilishi reja
Download 22.64 Kb.
|
CHQBT 44-maktab Oybekjon Karimov
UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABIDA CHQBT FANINING O`QITILISHI REJA:
Maktabda CHQBT fanidan dars jarayonlari. O`quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Fan xonasining qanday jihozlanishi. Yuqori tashkilotlar bilan xamkorlikda moddiy texnika vazifasini mustaxkamlash to`g`risida tushuncha. Maktabda CHQBT fanidan dars jarayonlari. Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixiga va ma’naviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg‘usini shakllantirish, Vatan himoyasiga, uning milliy xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlashga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash maqsadida CHQBT fani o`qitib boriladi. *Fuqarolar himoyasi asosini o‘zlashtirib olish va kelajakda qurolli kuchlar safiga chaqiriladigan o‘smirlar qisqa vaqt ichida zamonaviy qurollanish, harbiy texnikani egallab olishlari uchun fuqaro himoyasi asoslarini o‘zlashtirish va ommaviy qirg‘in kurolidan himoyalanish ko‘nikmalarini egallash; Mashg‘ulotlarni talabga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash uchun va nizom talablarini bajarish, talabalarga amaliy ko‘nikmalarni singdirish maqsadida har bir sinf, o‘quv guruhi guruh deb nomlangan va uch bo‘limga bo‘linadi. Talabalardan ta’lim muassasasi direktori buyrug‘i bilan ta’lim muassasasi rahbari tomonidan guruh va bo‘lim komandirlari tayinlanadi. CHQBT bo‘yicha mashg‘ulotlar komandir tomonidan guruh saflash va mashg‘ulotga tayyorgarligi haqida hisobot berish bilan boshlanadi. Talabalarni komandalarni to‘g‘ri bajarish, safda tartibni saqlash, saf tortishga o‘rgatish odatda harbiy rahbar, instruktor ishtirokida amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlarda har doim tartib va intizom saqlanishi kerak. Harbiy rahbar talaba bilan munosabatda bo‘lganida u darhol o‘rnidan turadi va «rostlan» holatini bajaradi, o‘zini tanishtiradi: «falonchi talaba». Agar mashg‘ulot rahbari talabaga familiyasini aytib murojaat qilsa, u «men» deb javob qaytaradi. O‘tirishga ruxsat olib, talaba «xo‘p bo‘ladi» deydi va tez shovqinsiz o‘z joyiga o‘tiradi. Talaba harbiy rahbarga murojaat etishida qo‘lni ko‘taradi va ruxsat olganidan keyin o‘rnidan turadi «rostlan» holatini qabul qiladi, o‘zini tanishtiradi va savol beradi. Mashg‘ulotlar asosiy qismi mashg‘ulot mavzusi va maqsadlari ma’lum qilingandan so‘ng o‘quv savollari mazmuniga qarab, yangi material bilan tanishtiriladi va mustahkamlanadi yoki usul, harakatlarga o‘qitiladi yoki baravar ikkalasi o‘tiladi. yangi materialni mustahkamlash savol-javob o‘tkazish va usul harakatlarini bajarish orqali butun materialni yoki bir qancha asosiy savollarni bayon etishdan so‘ng o‘tiladi. usul va harakatlarga, o‘qitish, odatda, belgilangan tartibda olib boriladi. 2. O`quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yo‘llari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, o‘zaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi. Ona-Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bog‘liq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional ko‘nikmalarni ilm-ma’rifat asosida yoshlarning qalbi va ongiga ilk bolalik davridan boshlab singdirib borish orqali O‘zbekistonning haqiqiy vatanparvar fuqarolarini tarbiyalash Konsepsiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bu millati, tili va kasbidan qat’i nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarining ko‘p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan aloqador bo‘lgan davlat xizmati turlarida faollik ko‘rsatish, tinch va harbiy sharoitda Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo‘lish, ularda o‘z yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish; milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon bo‘lib, u bir-biriga bog‘liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-mafkuraviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar majmuasidan iborat Davlat yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini tashkil etish, uning natijalari monitoringini yuritishni ta’minlaydigan asosiy institut hisoblanadi. Davlat yosh avlodning tarbiya jarayonini oilada, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarida, harbiy xizmat davomida, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, turli davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari doirasida tashkil etadi. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasidagi samaradorlik darajasini aniqlashning muhim sharti yoshlarda vatanparvarlik, harbiy burch, jangovar an’analarga sodiqlik kabi xislatlarning real holatda yanada rivojlanishi va takomillashuviga ijobiy ta’sir etadigan omillarni muntazam ravishda hisobga olib, tahlil etib borishdan iborat. Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim mezonlaridan biri o‘sib kelayotgan yosh avlod oldiga jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bu borada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ma’no-mazmuni, shakl va usullari bilan qay darajada mutanosib ekani bilan belgilanadi. Fan xonasining qanday jihozlanishi. CHQBT bo’yicha o’quv — moddiy bazasi va ularga qo’yiladigan talablar. YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi fani O‘zbekiston Respublikasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq kiritilgan bo‘lib harbiy ta’limni o‘qitilishini majburiy davlat shakli hisoblanadi va yoshlarni O‘R QK safidagi xizmatiga tayyorlash tizimining muhim qismini tashkil etadi.CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik samaradorligi ko‘p hollarda o‘quv tarbiyaviy jarayonni qanday tashkil qilinganligiga va amalga oshirilganligiga bog‘liq Uning asosiy tarkibiy qismlari: ilmiy asoslangan o‘quv dasturlar, mashg‘ulotlarning optimal uslublari va kerakli moddiy bazalar hisoblanadi. -Talabalarning vatanparvarlik tarbiyasi va ularni harbiy kasblarga yo‘naltirish maqsadida harbiy bilimlar va ommaviy-mudofaa tadbirlarni o‘tkazishni targ‘ibot iishlari; Harbiy xona asosiy talablardan quyidagilariga javob berishi kerak: -Mashg‘ulot uchun qulay, sanitariya-gigiena talablariga javob beradigan priborlar, o‘quv ko‘rgazmali qo‘llanma va buyumlarini saqlash uchun mo‘ljallangan laboratoriyali xonaga tutashgan; har doim darslarni va darsdan tashqari ishlarni olib borishga tayyor bo‘lish; dars jarayonida nafaqat o‘quv, balki tarbiyaviy masalalarni yechishga yordam berish; YOCHQBT xonasi keng va yorug‘ (54-80m2) bo‘lishi kerak. YOCHQBT xonasi o‘z ichiga sinf mebeli, o‘quv-uslubiy jixozlar va laboratoriya xonasi (agar joy etarli bo‘lsa), o‘quv qo‘llanmalar va texnik ta’lim vositalarini oladi. YOCHQBT xonasi o‘quv-uslubiy jixozlarining asosini ta’lim dasturidagi har bir bo‘limiga tegishli stendlar (turniklar, aylanma barabanlar) hisoblanadi. YOCHQYOT xonasida doskaning tepasida O‘zbekistan Respublikasi Qurolli kuchlarining Oliy Bosh k.umondoni, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining portreti, undan pastda esa O‘zbekistan Konstitutsiyasining 52-moddasi — «O‘zbekistan Respublikasini himoya qilish — har bir O‘zbekistan fuqarosining burchidir» — degan matn yozilgan bo‘lishi kerak. Sinf yozuv taxtasining o‘ng tomonida harbiy kasamyodning ruscha matni, chap tomonida esa o‘zbekcha matni yoziladi. O‘zbekcha va ruscha qasamyodlar matnining yuqorisiga yoziladi. O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i va gerbi joylashadi. YOCHQBT xonasida stendlar, joylar maketi, o‘qitishning texnik vositalari, ko‘rgazmali qurollar uchun joy, harbiy nizomlar, ko‘rsatkich (ukazka), rangli mellar bo‘lishi kerak. Talabalar stollarini uch kator qilib joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Devor bilan stol chetining oralig‘i kamida 60 sm. bo‘lishi kerak. Bu oraliq talaba o‘rnidan turib «Kad rost»lashi uchun imkon bo‘lishi kerak. YOCHQBT darslarida talabalar stollarga seksiyaseksiya bo‘lib o‘tirishadi. YOCHQBT xonasida talabalar bilan olib boriladigan taktik mashg‘ulot joyining maketi yoki o‘quv haritasidan olingan joy maketi o‘rnatilgan quti bo‘ladi.Bu joy maketida guruh tayanch punktining barcha elementlari va «guruh ( seksiya) xujumda» taktik vaziyati ko‘rsatiladi. Qurol-aslaha va o‘q-dorilarni saqlash xonasi o‘quv quroli, kichik kalibrli miltiqlar va ularning o‘q dorilarini olish, saqlash va hisobini yuritishni tashkil qilish Yo‘riqnomasiga muvofiq jihozlanadi. U ta’lim muassasasiga berilgan o‘quv quroli, kichik kalibrli miltiq va ularning o‘q dorilari hamda o‘quv qurol-aslahalarning but saqlanishi va ehtiyot qilinishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. YOCHQBT uchun mo‘ljallangan individual himoya vositalari, radiostansiyalar radiatsion va kimyoviy razvedka asboblari va boshqa o‘quv buyumlari laborant yoki harbiy xonalarda (alohida) saqlanishi kerak. Agar qurolni saqlash xonasi quroldan tashqari qurol aslahalar va boshqa ro‘y xatdagi buyumlarni joylashtira olsa, unda u ichki devor (temirli panjara) hamda eshik bilan ajratilishi kerak. Xonaning yaqin qismida individual himoya vositalarini, radiostansiya, radiatsion va kimyoviy razvedka asboblarini va boshqa ro‘yxatdagi buyumlarni saqlash mumkin. Ichki devor orqasida (panjara) o‘quv quroli o‘quv qurol-aslahala, kichik kalibrli miltiqlar va ularning o‘q-dorilarini, pnevmatik qurollar va ularning o‘qlari saqlanadi. 4.Yuqori tashkilotlar bilan xamkorlikda moddiy texnika vazifasini mustaxkamlash to`g`risida tushuncha. har yili ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan olib borilayotgan ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarga oid o‘quv-moddiy bazani yaratish va uni yanada takomillashtirishga doir qarorlar qabul qilish, tadbirlar rejasini ishlab chiqish; Markaz va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarga oid idoraviy hujjatlarni, tekshiruv ishlarining natijalarini, kamchilik va muammoli masalalarni o‘rganib chiqish va tegishli chora-tadbirlar belgilash; ChQBTni tashkil etish va uni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul organlar va jamoat tashkilotlari tomonidan ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarning hamkorlikda olib borilishini muvofiqlashtirib borish. ta’lim muassasalarini harbiy mavzulardagi o‘quv-uslubiy filmlar hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar (Umumharbiy nizomlar, qonunchilik hujjatlari), qo‘llanmalar, tavsiyalar va ko‘rsatmalar bilan ta’minlaydi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarini muddatli harbiy xizmatchi va kursantlarning kundalik faoliyati, ularning maishiy ta’minoti, shuningdek qurol-aslaha, harbiy texnika namunalari bilan tanishtirib borish maqsadida ta’lim muassasalari bilan harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; ChQBTga oid qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar hisobini yuritishga, ularni saqlash va topshirishga oid yo‘riqnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek sohaga doir tavsiyalar hamda ko‘rsatmalar tayyorlaydi; tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilarini saralash, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarida ta’lim muassasalariga amaliy yordam ko‘rsatadi. ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yillik tibbiy ko‘rigini hududiy o‘smirlar dispanserlari rahbarlari nazoratida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining chaqiruv komissiyalariga jalb qilinuvchi shifokor-mutaxassislar tomonidan tuman (shahar) chaqiruv punktlarida o‘tkazadi; ta’lim muassasalarida tashkil etilgan tibbiyot xonalarini o‘quv dasturida nazarda tutilgan tibbiy jihozlar va dori-darmonlar bilan Markazning hududiy boshqarmalari tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga ta’minlab boradi. ta’lim muassasalari direktorlari, ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida qayta tayyorgarlikdan o‘tishini va malaka oshirishini tashkillashtiradi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligiga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ChQBT ta’limi bilan uzviy bog‘lagan holda tayyorlanishini tashkil qiladi. Download 22.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling