Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari. Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir


Xizmatlarning sotilishida quyidagilar qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi


Download 20.6 Kb.
bet2/13
Sana01.04.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1316730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mustaqil ish 2

Xizmatlarning sotilishida quyidagilar qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi:

yo'lovchilar va yuk transporti, shu jumladan, gaz, neft, neft maxsulotlari, elektr va issiqlik energiyasini tashish (uzatish)ga doir xizmatlar, tovarlarni yuklab jo'natish, yukdan tushirish, qayta yuklash, saqlashga doir xizmatlar;

mol-mulk va ko'chmas mulk obyektlarini ijaraga berish xizmatlari;

vositachilik xizmatlari;

aloqa, maishiy, uy-joy-kommunal xizmatlar;

reklama xizmatlari;

ma’lumotlarni ishlash va axborot ta’minotiga doir xizmatlar;

boshqa xizmatlar.

Shuningdek, quyidagilar xam soliq solinadigan aylanmalarga kiradi:

a) tovarlar, ishlar va xizmatlarning, shu jumladan, o'zi ishlab chiqargan tovarlarning sotilishi bo'yicha, korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan, shu jumladan, o'z xodimlariga o'z iste’mol i uchun korxona ichidagi aylanmalar.

b) tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslarga, shu jumladan, korxona xodimlariga bepul berilishi yoki xaqini qisman to'lab berilishiga doir aylanmalar;

v) garovdagi buyumlarning sotilishi, shu jumladan, ularning garovni tutib turuvchiga u garov majburiyatlarini ta’minlamaganidagi berilishiga doir aylanmalar.

Lotereya biletlarini sotish lotereya tashkilotchisi uchun soliq solish obyekti bo'lib xisoblanmaydi.

Bunda korxonalar (qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilar) tomonidan lotereyalar tashkilotchisiga ko'rsatiladigan lotereya biletlarining sotilishi (tarqatilishi)ga oid xizmatlar qo'shilgan qiymat solig'iga umumiy belgilangan tartibda tortiladi.

Soliq solinadigan aylanmani aniqlashSotish bo'yicha soliq solinadigan aylanma miqdori sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida qo'llaniladigan narxlar va tariflardan kelib chiqib, ularga qo'shilgan qiymat solig'ini qo'shmasdan aniqlanadi.


Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling