Mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash


Download 95.91 Kb.
bet12/26
Sana10.02.2023
Hajmi95.91 Kb.
#1187405
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
AMALIY MASHG kxa

Ishni bajarish tartibi:Bir gektar yerdagi paxta hosildorligini begilash uchun quyidagi ma’lumotlarni aniqlash zarur:

  1. Bir gektardagi haqiqiy g’o’za tuplari soni.

  2. Bir tupdagi ko’saklar soni.

  3. Bir dona ko’sakdagi paxtaning og’irligi.

Bir gektar maydondagi o’simliklar sonini aniqlash usullari avvaligi darslardan ma’lum bo’lib, uni o’simliklarning oziqlantirish maydoni bo’yicha hisoblangan edi. Masalan, 1 gektar maydonda 125 ming tup o’simlik bor deb faraz qilaylik. Bir tupda ko’saklar sonini aniqlash uchun paxta maydonini diagonali bo’yicha bir necha yeridagi g’o’zalarning yetilgan ko’saklari sanaladi. Bunda o’rta tolali g’o’za navlarida ko’saklarning diametri 2 sm va undan ortiq, ingichka tolali g’o’za navlarida esa 1,5 sm va undan ortiq bo’lishi lozim.
Odatda, bir tupdagi ko’saklar soni har gektardagi qatorlar umumiy uzunligining mingdan bir ulushi hisobidan olinadi. Masalan, g’o’za qator orasi 90 sm bo’lsa, bir gektardagi umumiy qatorlar uzunligi 11111 metrga teng, bunda uning mingdan bir ulushi 11,1 m bo’ladi. Qator orasi 60 sm bo’lgan paxta maydonining bir gektardagi qatorlarning umumiy uzunligi esa 16666 metrga teng, uning mingdan bir ulushi esa 16,6 m bo’ladi. Demak, g’o’za qator orasi 90 sm qilib ekilganda har gektar ekin maydonidan 11,1 m dagi, qator orasi 60 sm bo’lganda 16,6 m dagi o’simliklar ko’saklari sanaladi. Ko’sagi sanaladigan namuna o’simliklar paykal chetidan 25-50 m ichkarida va ekin maydonidagi o’simliklar rivojlanishiga o’xshash bo’lishi lozim.
Fermer xo’jaligi yerining ekin maydoni 40 gektar bo’lsa, uning 40 joyidagi namuna o’simlik ko’saklari sanaladi va uni o’simlik soniga bo’lib bir tupdagi o’rtacha ko’sak soni aniqlanadi.
Bir gektardan olinadigan hosildorlikni aniqlash uchun bitta ko’sakdagi chigitli paxtaning o’rtacha og’irligini bilish lozim. Odatda, Toshkent-1 navi g’o’zada bitta ko’sagidan chiqadigan chigitli paxta og’irligi ko’pincha 3-4 g, 108-F navida 3-5 g, ingichka tolali g’o’za navlarida esa 1,5-2,5 g keladi.
Masalan, fermer xo’jaligi dalasiga Toshkent 1 nav g’o’za ekilgan, bir gektardagi haqiqiy ko’chat qalinligi 125 ming tup, bir tup o’simlikda o’rtacha (7) 7-8 ta ko’sak bor, bitta ko’sakdan chiqadigan chigitli paxta og’irligi o’rtacha 4 g kelsa, bir tupdagi chigitli paxta og’irligi 7x4=28g, bir gektardagi paxta hosildorligi 125000x28=35 ts ga teng bo’ladi.
1-vazifa. Fermer xo’jaligiga Qizil ravot g’o’za navi ekilgan. Qator orasi 60 sm, paxta maydonining kattaligi 10, 12, 9 gektaridan, hammasi bo’lib 31 gektarni tashkil qiladi. Olingan 31 gektar namuna g’o’zadagi ko’saklar soni o’rtacha 6-7 ga teng. Bir gektar ekin maydonidagi haqiqiy ko’chat qalinligi 10 gektarlik paykalda 110 ming tup, 12 gektarlikda 120 ming tup, 9 gektarlik maydonda esa 115 ming tup. Gektaridan olinadigan hosildorlik necha sentner bo’ladi?
2-vazifa. Yuqorida olingan ma’lumotlardan foylanib 31 gektar paxta maydoynidan necha tonna hosil olinadi va uning o’rtacha hosildorligi qanday.?

Download 95.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling