Mavzu: Turizm bozorida reklama faoliyatini tashkil etish xususuyatlari


Download 428.25 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi428.25 Kb.
#1555872
Bog'liq
Turistik reklama turlari

Turistik reklama turlari

Ishning maqsadi:

  • reklama faoliyati hamda uning turizmdagi oz’iga xos tomonlarini o’rganish asosida O’zbekiston turizm bozorida reklama faoliyatini samarali olib borishning istiqbolli yo’nalishlarini aniqlashtirishdir.

Asosiy vazifalar:

  • zamonaviy iqtisodiyotda reklama faoliyatining ahamiyatini, uning turlari va vositalarini aniqlash;
  • turizm bozoridagi reklama faoliyatining o’ziga xos tomonlarinin o’rganish;
  • O’zbekiston turizm bozoridagi reklama faoliyatining SWOT-tahlilini o’tkazish;
  • turizm bozorida reklama faoliyatini yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Reklama atamasi lotincha “ Reklamare “- “’qattiq qichqirmoq yoki xabar qilmoq “so’zidan kelib chiqqan. Zamonaviy reklama ixcham, badiiy ifodalangan shaklda berilgan hissiy boýoqlarga ega bo’lgan va tovarlar va xizmatlar haqidagi eng muhim faktlar hamda ma’lumotlarni potensial xaridorlar ongi va diqqatiga yetkazadigan axborotlarni mujassamlashtiradi.

  • Reklama atamasi lotincha “ Reklamare “- “’qattiq qichqirmoq yoki xabar qilmoq “so’zidan kelib chiqqan. Zamonaviy reklama ixcham, badiiy ifodalangan shaklda berilgan hissiy boýoqlarga ega bo’lgan va tovarlar va xizmatlar haqidagi eng muhim faktlar hamda ma’lumotlarni potensial xaridorlar ongi va diqqatiga yetkazadigan axborotlarni mujassamlashtiradi.
  • Turizm sohasidagi reklamaning asosiy vazifasi turmahsulot yoki xizmat to’g’risida axborot berish ,uqtirish, eslatishdir.

Turizmda reklama usullari

  • Bosma materiallar tayyorlash va tarqatish;
  • Turagentlar uchun seminarlarda va boshqa anjumanlarda foydalanish uchun turli audiovizual materillar tayyorlash;
  • Gazeta va jurnallarda , televideniya va radioda reklama uyushtirish;
  • Turizm yarmarkalarida ishtirok etish;
  • Turistlar jo’natuvchi mamalakatlarga maxsus reklama sayohatlari uyushtirish;
  • “mega –info –turlar”tashkil qilish;
  • Umumiy ko’rinishdagi axborot materiallari va yo’l ko’rsatkichlari tayyorlash va chop ettirish;
  • Elektron pochta orqali ma’lumotlar uzatish;
  • Internetdan foydalanish , xuxusan veb-sahifalar yaratish va boshqalar.

O’zbekistonda turizm reklamasining SWOT – tahlili


S-Strengths – kuchli tomonlar

W-Weaknesses – zaif tomonlar
  • Reklama sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning aksariyat qismi yuqori professional malakaga ega ekanligi;
  • Soha bo’yicha oliy va o’rta maxsus malumotlilar soni oshayotganligi;
  • Yetarli darajada axborot texnologiyalari bilan ta’minlanganlik;
  • Ko’p miqdordagi istemolchi va sotuvchilar o’rtasidagi ayrboshlash munosabati reklama orqali amalga oshirilayotganligi (reklamaga murojaat qilinayotganligi);
  • Zamonaviy bozor talablariga javob bera oladigan reklama vositalari mavjudligi.
  • Bozorning barcha ishtirokchilari halol raqobat olib bormayotganligi. Natijada insonga moddiy zarar, ba’zida esa hatto uning salomatligiga putur yetkazilayotganligi;
  • malaka oshirish kurslari va treninglarda qatnashganlar juda ozchilikni tashkil etishi;
  • yashirin reklama yoki qonun bilan taqiqlangan reklamalarning tarqalayotganligi;
  • reklamatsiya.

O-Opportunities – imkoniyatlar

T-Threats – xavflar
  • Reklama faoliyati rivojlanishi uchun ilg’or usullardan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi;
  • Doimiy malaka oshirish va treninglar o’tkazish uchun yetarli imkoniyatlar va talab mavjudligi;
  • Xorijiy investitsiya o’zi bilan birga yangicha boshqaruv uslublarini olib kelishi;
  • Reklama faoliyatining davlat tomonidan himoyalanganligi;
  • O’zbekistondagi turistik oqimning kuchayayotganligi, tashrif buyurgan har bir sayyoh yana bir sayyoh tashrifiga sababchi bo’lishi mumkinligi, ya’ni sayyohning o’zi reklama vositasi hisoblanishi.
  • Soha xodimlari o’rtasida o’rta yoki to’liqsiz o’rta malumotlilarning hissasi oshib ketish ehtimoli;
  • Mish-mishlar yoki piarning reklama faoliyatiga salbiy ta’sir etish ehtimoli.

Turizm reklamasi sohasidagi markazlar

  • Germaniya Turizm Markazi (Deusche Zentrale für Tourismus, DZT) ;
  • Fransiyaga turistlarni jalb qilish bo’yicha marketing faoliyati bilan “Fransuz uyi” (“Maison de la France”) shug’ullanadi;
  • Ispaniya milliy turmahsuloti marketingi bilan 1996 yilda tashkil qilingan Turizm Instituti (Turespana) shug’ullanadi;
  • Italiya turizmini tashqi bozorlarda tanishtirishda markaziy rol 1919-yilda tashkil qilingan Italiya milliy turizm boshqarmasi - ENITga tegishli.

Takliflar

  • 2010 yil ma’lumotlariga ko’ra, Kamalak-TV orqali reklama qilishda eng arzon narx 1 minut efir vaqti uchun 29000 so’m edi. Demak, turizm kompaniyasi 1 oyda 60 minut efir vaqtini sotib olsa, kunning turli vaqtida reklama turlicha narxlanishidan kelib chiqqan holda, o’rta hisobda 1 oylik reklama xarajati 1,5 mln. so’mni tashkil etadi.
  • Korporativ veb-saytni yaratish uchun esa 250000 so’m atrofida xarajat qilinadi. Veb-saytni saqlab turish uchun esa yiliga 100-120 ming so’m zarur. Ya’ni 1-yil xarajati 350-370 ming so’mni tashkil etadi. Keyingi yillarda esa, faqatgina saytni saqlab turish uchungina xarajatlar qilinadi.

Download 428.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling