Mavzu: turizm geografiyasining tarixi va rivojlanishi


Dunyo okeani va dengiz qirg‘oqlari


Download 329.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi329.48 Kb.
#1339848
1   2   3
Bog'liq
Turizm geografiasining tarihi va rivozlanisi

Dunyo okeani va dengiz qirg‘oqlari xalqaro turizm sohasining rivojlanishiga katta ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar bo‘lib xizmat qiladi. Ular iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga sayyohlik, sayr-
tomoshalarni uyushtirishda, alohida o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, Fransiya va Italiyaning dengiz qirg‘oqlari, 
Ruminiya va Bolgariya sharqiy sohillari, AQShda Koliforniya va Florida dengiz bo‘ylari, Bagam va 
Bermud orollari plyajlari bilan so‘zsiz xalqaro turizm va kurotlar maskaniga aylangan. 
Daryo va ko‘llar ham turizm resursi yoki boyligi bo‘lib xizmat qiladi. Ular yer usti 
landshaftlarini yasatadi, mikroiqlim sharotini hosil qiladi, turistlar uchun baliq ovlash, suv sporti bilan 
shug‘ullanish, turistik markazlar, kurort maskanlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun xizmat 
qiladi. Hozirgi kunda Avstriya, Shvesariya, Buyukbritaniya, Vengriya, Polsha kabi mamlakatlardagi 
daryo va ko‘l suv havzalari turizmning eng rivoj topgan turlari bo‘lib hisoblanadi. Ammo, keyingi 
yillarda G‘arbiy Yevropadagi Reyn daryosi suvi haddan tashqari ekologik jihatdan ifloslanib ketish 
natijasida, u turizm va dam olishda oldingi o‘z o‘rni va mavqeini yo‘qotmoqda. 
Xalqaro turizmni rivojlantirishda o‘rmon boyliklarining roli ham anchagina. U turistlarning dam 
olishida, hissiyotini (emotsiyasini) muvozanatlantirishda, lirik shart-sharoitlarni vujudga keltirishda
«tashqi dunyo»dan ajralgan holda, qisqa vaqtlarda yashashida muhim rol o‘ynaydi. o‘rmonlar toza havoni 
ishlab chiqaruvchi asosiy man’ba, salomatlikni qayta tiklovchi maskan, kurort hududlarida shovqinni 
qaytaruvchi asosiy vositalardan hisoblanadi. 
Xorijiy sayyohlarni o‘ziga ko‘proq jalb qiluvchi omillardan biri - bu ekzotik (g‘alati, ajoyib) 
hayvonlar yashaydigan joylar qo‘riqxonalar, davlat buyurtmalari, milliy bog‘lar, ov qilish uchun 


ajratilgan maxsus hududlardir. Bunday hayvonat va o‘simlik dunyosining markazlari yuzdan ortiq bo‘lib, 
Afrika, Osiyo, Yevropa, Avstraliya, Amerika (AQSH, Kanada) ning sayyohat qilish mintaqalari va 
hududlari hisoblanadi. 

Download 329.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling