Mavzu: turizm geografiyasining tarixi va rivojlanishi


Download 329.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.04.2023
Hajmi329.48 Kb.
#1339848
  1   2   3
Bog'liq
Turizm geografiasining tarihi va rivozlanisi



MAVZU: TURIZM GEOGRAFIYASINING TARIXI VA RIVOJLANISHI 
Turizm iqtisodiy sohalar ichida daromad keltirishi bo‘yicha yetakchi sohalardan biridir. 
Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda.
Mazkur fanning paydo bo‗lishi va rivojlanish tarixini ba‘zi ilmiy adabiyotlarda (Unitsiker, 
Mariotti va h.k.) o‗ziga xos tarixiy bosqichlarga ajratgan. Jumladan, M.V.Sokolova turizm tarixini 
keng ko‗lamli tadqiq etib, uni 4 bosqichga (Qadimgi sayohat, O‗rta asr yurishlari va sayohatlar, 
Yangi davr turizmi rivojlanishi va XX asr turizmi) ajratgan (Sokolova, 2002). Ushbu mulohazalardan 
kelib chiqqan holda turizm tarixini 3 qismga ajratish maqsadga muvofiqdir: 
1. Qadimgi hamda o‗rta asr va uyg‗onish davri turizmi
2. Ikkinchi jahon urushigacha bo‗lgan davr turizmi; 
3. Hozirgi zamon turizmi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining, iqtisodiy geografiya esa iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiyaning tarkibiy qismidir. Iqtisodiy geografiya fanining boshlanish manbai turli fanlarda, ayniqsa 
tasviriy geografiya, statistika, tarix va boshqa fanlar kuzatiladi. Geografik bilimlar kartografik 
muassasalar, universitetlarda maxsus kurslar paydo bo‘lgan davrdan boshlab tashkiliy shaklga ega bo‘la 
boshladilar. Bu jarayon XIX asrda geografik jamiyatlar, universitetlarda maxsus kafedralar, fakultet 
bo‘limlari tashkil etilishi, Shu asosda professional geograflarni tayyorlash boshlangandan keyin yanada 
kuchaydi. Shundan keyin geografiya bo‘yicha millliy maktablar paydo bo‘ldi. XIX asrning oxiri XX 
asrning boshlarida iqtisodiy geografiya mustaqil fan sifatida shakllandi. XX asrning 70-yillaridan boshlab 
iqtisodiy geografiya “iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” yoki “ijtimoiy iqtisodiy geografiya” deb atala 
boshlandi. Ushbu fan rivojlanish tarixida obyektiv ravishda differensiatsiya va integratsiya ta’sirida 
ko‘plab yangi tarmoqlarpaydo bo‘ldi. Iqtisodiy geografiya fanini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘plab 
olimlar ktta hissa qo‘shganlar. 
An’anaviy “iqtisodiy geografiya”(ekonomicheskaya geografiya) atamasi rus tilidan o‘zbek tiliga 
so‘zma-so‘z tarjima qilingan bo‘lib, u ushbu shaklda fanning asl mazmun va mohiyatini to‘la ochib 
bermaydi. Terminologiya qoidalari talablariga muvofiq “ekonomicheskaya geografiya”(“ekonomist-
geograf”) atamasi “iqtisodiyot geografiyasi”(“iqtisodchi-geograf”) shaklida tarjima qilinishi to‘g‘ri 
bo‘ladi. Shu sababdan “iqtisodiyot geografiyasi” nomiga o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xorijiy adabiyotlarda iqtisodiy geografiya fanini tushuntirishda o‘ziga xos fikrlar mavjud. 
Hozirgi paytda dunyoda turizm sohasida taxminan 200 mln kishi banddir. Dunyoning 45 ta davlat 
fuqorolari har yili halqaro turist sifatida xorijda qilayotgan xarajatlari har bir davlatga 1 mlrd dollardan 
to’g’ri kelar ekan, masalan: Germaniya–58 mlrd yevro, Niderlandiya –13,6 mlrd yevro. Dunyoning 
deyarli 40% davlatlarida turizm xorijiy valyutaning kirib kelish manbai hisoblanadi. Halqaro turizmning 
rivojlanishining asosiy tushunchalari: 
O’sish 
Globallashuv 
Noziklik 
O‗zini tez holda o‗nglab olish usullari 
Xalqaro turizmni rivojlantirishda mamlakat va hududning geografik o‘rni ya’ni uning dengiz va 
okeanga yaqinligi, qirg‘oq chiziqlarining xususiyati, turli xil suv, avtomobil va temir yo‘llar bilan 
kesishish joyi, tog‘li va o‘rmon manzarali joylarga yaqinligi, ular bilan ta’minlanganlik darajasiga ham 
bog‘liq bo‘ladi. 
Jumladan, xalqaro turizmni rivojlanishda Yevropa mamlakatlari, Vest Indiya, Singapur kabi 
mintaqalar va hududlar geografik joylanish xususiyati bilan alohida ajralib turadi. 
Ko‘p minglab turistlarning kelib ketishida turistik o‘lkaning yer usti tuzilishi relefi katta rol 
o‘ynaydi. Tog‘li, xush manzarali, murakkab relef tuzilishiga ega bo‘lgan o‘lkalar turistlar oqimini o‘ziga 
ko‘proq jalb qilishadi. Murakkab tog‘ relfi landshafti estetik jihatdan tekislik, yassi hududlarga nisbatan 
turistlarni ko‘proq jalb etish imkoniyatiga ega. Tog‘li o‘lkalar o‘zining toza va sof havosi bilan ajralib, 
tog‘ sportini rivojlantirish imkonini tug‘diradi. Yevropaning Alp, Osiyoning Ximoloy, Afrikaning Atlas, 
Amerikaning Kordilera va Avstraliyaning Katta suv ayirg‘ich tog‘lari, Yangi Zellandiyaning Janubiy Alp 
tog‘lari xalqaro turizm sohasida yirik markazlarga aylanishi bejiz emas. 


Xalqaro turizmning rivojlanish jarayonlari ko‘p xollarda mamlakatlar va hududlarning tabiiy 
iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘rinda tabiiy iqlim sharoiti yetakchi o‘rinni egallaydi. Tabiiy išlim 
sharoiti turizm harakatini mavsumiy harakterga aylantiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.

Download 329.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling